institutida davom ettirgan.
Oybekning ilk she’ri Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida
o’qib yurgan kezlarida «Tong yulduzi» devoriy gazetasida chiqqan va 1922
yili «Armu²on» to’plamida «Chol²u tovushi» nomi bilan bosilgan. Shu
paytda yaratgan she’rlarining birini «Nay kuylari» deb atagan va uni
Cho’lponga ba²ishlagan.
Oybekning qator she’riy to’plamlarining yuzaga kelishi uni
kitobxonlar o’rtasida tanitib qo’ydi. 1926 yilda «Tuy²ular», 1929 yilda
«Ko’ngil naylari», 1932 yilda «Mash’ala», 1933 yilda «Baxtigul va So²indiq»
nomli she’riy to’plamlari chop etildi.
Uning ijtimoiy mavzudagi she’rlari, sof lirik she’rlari ham hozirgi
kunda o’z qimmatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |