kutubxonasidan, ikkinchisining she’riy ijodidan bahramand bo’lgan.
Shoirning ilk she’riy to’plami 1968 yili «Karvon yo’li» nomi bilan
chop etilgan. Ijodiy izlanishlari natijasida 1970 yili «Aks sado», 1973 yili
«Tasvir», 1975 yili «Xotirot» to’plamlari kitobxonlarga taqdim etildi.
Shundan boshlab, shoir uslubiga xos she’riyat chashmasidan o’quvchilar
bahramand bo’lib kelishmoqda.
Rauf Parfi o’zbek she’riyatiga boshqa ijodkorlarga o’xshamagan,
o’ziga xos lirik uslub bilan kirib keldi. Uning lirikasida inson ruhining nafis
va teran istioraviy tahlilini ko’rishimiz mumkin.
Rauf Parfining o’zbek she’riyatiga kirib kelishi ajoyib bir hodisadir.
Buni 1986 yilda chop etilgan «Sabr daraxti» to’plamiga kirgan she’rlari
Do'stlaringiz bilan baham: |