II BOB. NUTQI TО‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING YOZMA
NUTQGA TAYYORGARLIK HOLATINI TADQIQ QILISH
2.1 Tasdiqlovchi eksperimentni о‘tkazishning maqsadi, vazifalari
Eksperimental о‘rganishning maqsadi - 5-6 yoshdagi nutqi tо‘liq
rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda ularning sog‘lom tengdoshlariga
nisbatan yozma nutqni о‘zlashtirishga tayyorgarligini belgilovchi mezon
xususiyatlarini aniqlash.
Eksperimental о‘rganish maqsadiga erishish - quyidagi vazifaning hal
etilishini talab etadi:
-yozma nutqni о‘zlashtirish mezoni bо‘lgan nutqiy va nonutqiy funksiyalar
va jarayonlarni tekshirish uchun muayyan vazifalar majmuini tanlash;
-nutqida buzilishlar bо‘lgan katta maktabgacha yoshdagi bolalarda yozma
nutqni о‘zlashtirishga tayyorgarlik mezonalarini о‘rganish;
- nutqida buzilishlar bо‘lgan katta maktabgacha yoshdagi bolalarda yozma
nutqni о‘zlashtirishga tayyorgarlik mezonalarini о‘rganish natijalarini tahlil
qilish;
-tahlil natijalari asosida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda yozma nutqni
о‘zlashtirish mezonlarining holat- xususiyatlarini aniqlash;
- nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning eshitish, kо‘rish-fazoviy va harakat
funksiyalari parametrlari о‘rtasidagi korrelyatsion aloqa (bog‘liqlik) lar, og‘zaki
nutqi va til kо‘nikmalari, fikrlash faoliyatini о‘rganish;
- nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqni о‘zlashtirishga
tayyorgarlik omillari tarkibining о‘ziga xos xususiyatlari, uning tarkibiy
qismlarini aniqlash.
Tadqiqotlarda о‘zaro bog‘liq va bir birini tо‘ldiruvchi uslublar majmuasi
qо‘llaniladi:
-empirik uslub: tibbiy va pedagogik hujjatlar tahlili, tarbiyachilar,
logopedlar, ota-onalar va bolalar bilan suhbatlar; kuzatish, olingan natijalarni
keyinchalik tahlil qilish, ishlov berish va umumlashtirish;
46
-matematik-statistik: farqlarning tо‘g‘riligini tahlil qilish, korrelyatsion,
omilli tahlil, klaster tahlil uslubi.
Bolalar bilan diagnostik ishlarni asoslab berish uchun tizimlilik,
majmuaviylik, faoliyatli yondashish, dinamik о‘rganish tamoyili, ma’lumotlarni
tahlil qilishga miqdor va sifat jihatdan yondashish uzviyligining zarurligi hamda
bolani tekshirish ma’lumotlarini faqat har xil usullardan foydalanish jarayonida
olingan natijalarni qiyoslash yо‘li bilan aniq, tо‘g‘ri baholash mumkinligi
tо‘g‘risidagi nizom eng muhim metodologik tamoyillar hisoblanadi.
Bu nizom bolalarda kechadigan funksiyalar, kо‘nikmalar va jarayonlarni
majmuaviy о‘ragnish yо‘nalishlarini, tasdiqlovchi eksperiment tuzilishi va
mazmun-mohiyatini hamda har biri muayyan vazifalarni belgilovchi bir qator
boshqa diagnostik uslublardan foydalanish zarurligini belgilab beradi.
Tasdiqlovchi eksperiment uslubini ishlab chiqish psixologiyaning
fundamental nizomlari, о‘qish va yozishning me`yorda shakllanishi tо‘g‘risidagi
psixofiziologiya, yozma nutq buzilishini о‘rganishning klinik, psixologik,
psixolingvistik va lingvistik jihatlariga oid ma’lumotlar, nutqi buzilgan bolalar
tо‘g‘risidagi korreksion pedagogika ma’lumotlarini xisobga olgan holda amalga
oshirilgan.
Tadqiqot uslubi о‘zaro bog‘liq bо‘lgan usullar, vazifalarning yig‘indisi
tariqasida shakllangan, ulardan foydalanish bolalar tomonidan yozma nutqni
о‘zlashtirish uchun ahamiyatli psixik funksiyalar va kо‘nikmalar holatining
xususiyatini aniqlashga imkon berdi. Ana’aviy uslublar sinalayotgan bolalar
yoshi va ularda nutq rivojlanishi munosabati bilan bog‘liq ravishda muvofiq
modifikatsiyalangan (modifikatsiya-turlanmoq, о‘zgarmoq, boshqa kо‘rinishga,
shaklga kelmoq, kirmoq)
Eksperimental tekshirishlar usullarini tanlash jarayonida biz A.R.Luriya,
R.I.Lalayeva, D.B.Elkonin, L.AVenger, N.S.Jukov, V.P.Gluxova, A.N.Kornev,
L.S.Volkova, G.V.Chirkina, L.F.Spirova, A.V.Yastrebova, N.V.Serebryakova,
M.A.Povolyayeva, T.Fotekova, T.Axutina, Ye.N.Rossiyskaya va boshqa
mualliflarning ishlariga tayandik.
47
Qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun biz uch bosqichdan iborat
eksperimental tekshirish о‘tkazdik:
Do'stlaringiz bilan baham: |