I BOB. NUTQI TО‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING YOZMA
NUTQGA TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA SHAKLLANTIRISH
YО‘LLARINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1 Muammoning maxsus adabiyotlarda yoritilish holati
Yozma
nutqni
о‘zlashtirishga
tayyorgarlikni
shakllantirish-ushbu
tayyorgarlikning tuzilishi, uning tarkibiga kiruvchi komponentlar haqidagi
masalaga javob berishni, mazkur faoliyat tо‘rini muvaffaqiyatli shakllantirishni
ta’minlovchi jarayonlar va funksiyalarni aniqlashni talab etadi.
Til – inson muloqoti, fikrlashini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi,
insonni о‘rab turgan borliqni kodlovchi (shifrlovchi) belgili tizimdir.
Nutq - esa odamlarning moddiy о‘zgarish jarayonida tarixiy vujudga kelgan,
odamlarning til orqali amalga oshiriladigan muloqot shakli.
Tadqiqotchilar turli nutq shakllarini (til vositalarini bir shaklda tashkil qilish
usullari) ajratib kо‘rsatadilar:
- psixologik mezonlari bо‘yicha (fikrlash motivatsiyasi bо‘yicha)- situativ,
kontekstli va spontan nutq;
- ijtimoiy mezoni bо‘yicha – bevosita, bilvosita, odatiy, ishga doir, kasbga doir
va b;
- maqsadi bо‘yicha – ekspressiv (fikrni ifodalash), impressiv (tushunish);
- amalga oshirish turi bо‘yicha – tashqi va ichki (bolada ichki asosda
shakllanadi va asosiy fikrlash mexanizmlaridan birini namoyon etadi) nutq
shakllariga bо‘linadi.
Nutq jarayonida qanday vositalardan foydalanishni hisobga olib, u og‘zaki
(belgili shakl), yozma (grafika shakli) va kinetik (til va jestlar yordamida muloqot
qilish) turlarga bо‘linadi.
Yozma, ya`ni “kо‘zga kо‘rinadigan” nutqni A.N.Radishev og‘zaki nutqga eng
yaqin nutq deb hisoblab, “nutqning ushbu ikki turi ham og‘zaki nutqning
turlaridir” - degan fikrni ilgari suradi.
Yozma va og‘zaki nutq bir biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib: yozma nutqning
belgisi (grafema) fonema hisoblanadi. Ya`ni, yozma nutq “og‘zaki nutq
18
belgilariga “qatlamlanadi” va ularni og‘zaki nutqga qaraganda ancha qiyin va
murakkab ikkilamchi simvolizatsiyalash tizimi hisoblanadi.
Shunga qaramay, yozma nutq shunchaki og‘zaki nutqni yozma belgilarga
о‘girish degani emas. О‘zining vujudga kelishi va rivojlanish yо‘llari hamda
о‘zining psixologik mazmuni, uning tarkibiga kiruvchi psixologik operatsiyalar
bо‘yicha yozuv jarayoni og‘zaki nutq jarayonidan ancha farq qiladi.
Yozma va og‘zaki nutq ikki signalli tizimning vaqtinchalik aloqalari
kо‘rinishida namoyon bо‘ladi, biroq og‘zaki nutqdan yozma nutqning farqi
shundaki, yozma nutq faqat maqsadga muvofiqlik tarzida bilim berish
sharoitlarida shakllanadi.
Yozma nutq jarayonida eshitiladigan, talaffuz qilinadigan va kо‘rinib turgan
sо‘z о‘rtasida yangi aloqalar о‘rnatiladi: bunda yozma nutqning murakkab shartli
reflektor aloqalariga og‘zaki nutq ikkinchi signal tizimining shakkllanib bо‘lgan
aloqalari ulanadi.
Og‘zaki va yozma nutqning til xususiyatlari ular о‘rtasidagi situativ
psixologik farqlar bilan izohlanadi. L.S.Vigotskiy yozma nutqni monolog-nutq
sifatida tavsiflab, unga quyidagicha izoh beradi: “Yozma nutq - bu og‘zaki
nutqning har qanday vaziyatda о‘z - о‘zidan, hech qanday qiyinchiliklarsiz, bola
tomonidan sо‘zlashuv vaziyati bо‘lgan vaqtda oq qog‘oz varag‘i, hayoldagi
suhbatdosh bilan bо‘lgan suhbatidir”
1
.
Og‘zaki nutq bevosita muloqot sharoitlarida sodir bо‘ladi, shuning uchun
“sur’ati bо‘yicha tez va notо‘liqroq” tarzda namoyon bо‘lib, nutq jarayonida
ma’noni ifodalash uchun nolingvistik vositalar – mimika va imo - ishoralardan
foydalaniladi. Yozma nutqda esa og‘zaki ma’lumotda qо‘shimcha axborot
beruvchi ushbu vositalar bо‘lmaydi.
Birinchi sinfga borgan bola og‘zaki nutqni yetarli darajada о‘zlashtirib,
sо‘zlarni bemalol talaffuz qiladi va muloqot jarayonida ibora ichidagi sо‘zlarni
о‘z о‘rniga qо‘yish ustida о‘ylanib о‘tirmaydi. Yozma nutqda har bir iboraning
1
Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: Лабиринт, 1996. – Б. 414.
19
tuzilishi maxsus о‘ylanish predmeti hisoblanadi va boshlang‘ich bosqichda
yozma nutqni о‘zlashtirish har bir sо‘zni yozish jarayoni kabi tushuniladi.
Yozma nutqni о‘zlashtirish uchun о‘z nutqini tushunish va uni о‘zlashtirish
birinchi darajali ahamiyatga ega bо‘lib, ushbu ikki shartlarni rivojlantirmasdan
turib yozma nutq haqida gapirish ham mumkin emas. Og‘zaki nutqdagi kabi,
yozma nutqda ham bola birinchi marta “Vatan” degan sо‘zni yozganida, bu sо‘zda
“v-a-t-a-n” harflari borligini tushunadi, ya`ni о‘z tovush faoliyatini farqlaydi va
tovush tuzulishining har bir elementini mustaqil talaffuz qiladi.
Til layoqatini, qoidalarini о‘zlashtirish jarayoni 2 bosqichda о‘tadi:
- tilni amaliy о‘zlashtirish bosqichi: ruhiy jarayonlarni rivojlantirishning
ma’lum darajasiga erishishda, bola ularni deyarli tushunmagan holda ma’lum til
qoidalarini о‘zlashtiradi. Tilni sezish yoki “tilni his qilish” ushbu qoidalarni
о‘zlashtirish mexanizmi hisoblanadi.
- tillararo faoliyat bosqichi: ya`ni birinchi bosqichni о‘zlashtirib bо‘lgandan
keyingina til qoidalarini tushunish mumkin.
Og‘zaki nutqni о‘zlashtirish uchun bola tilni rivojlantirishning birinchi
bosqichini amalga oshirishi lozim. Yozma nutqni о‘zlashtirish uchun esa tilni
rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga о‘tish zarur.
Yozish va о‘qishga о‘rgatishda til tizimining birligi sifatida sо‘z - bola ongi
uchun о‘zining moddiyligi va sezuvchanligini egallaydi va uning ong predmetiga
aylanadi.
Yozma nutqni о‘zlashtirish va amalga oshirishning murakkabligi uning
tabiatiga bog‘liq: agar og‘zaki nutq asosan sо‘zlash-eshitish va sо‘zlarni-
harakatlantirish analizatorlari faoliyati bilan amalga oshirilsa, yozma nutq kо‘rish
- eshitish va harakatlantirish analizatorlari faoliyatidan tarkib topadi. Yozma
jarayonga butun miya, uning barcha qobiq bо‘laklari aloqador bо‘lsada, biroq
unda bosh miya qobig‘ining ma’lum uchastkalari kо‘proq ishtirok etadi.
B.G.Ananyev, A.R.Luriya, L.S.Svetkova, E.S.Beyn, M.K.Burlakova va
boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, yozish va о‘qish
kо‘nikmalari funksional tizimining sensor – akustik - motorli va optik - motorli
20
rivojlanishi maxsus nutq faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari ya`ni
analizatorlararo о‘zaro ta’sirining tiklanishi bilan bog‘liqdir
1
. Bunda “Vernike”
zonasi (chap yarim sharning chakka sohasi - nutq tovushlarining differensiyasi
uchun javob beradi), “Broka” zonasi (chap yarim shar pastki peshona burma-
burma joyining orqa qismi), bosh miya ildizining (BMI) peshona bо‘limlari (nutq
faoliyatini dasturlash va fikrni saqlashni amalga oshiradi), BMI old bо‘limlari,
BMI premator zonasi (sо‘zlarni yozganda tovushlarning kerakli ketma-ketligiga
rioya qilinishiga javob beradi) ishtirok etadi.
Motor faoliyatini ta’minlovchi miya mexanizmlari esa qо‘zg‘atuvchilarni
qabul qilish va tahlil qilish, fazoviy mо‘ljal olish (teri – muskul - kinestetik his
uchun javob beradi), praksis markazi (tepa qismidagi burma - burma joyning
pastki sohasi), mexanikli yozuv elementi (maqsadli yо‘naltirilgan va
avtomatlashgan harakatlarni о‘zlashtirilishi uchun javob beradi) bilan
ta’minlanadi.
Kо‘rish - fazoviy faoliyatni ta’minlovchi mexanizmlar: BMI tepa - ensa
sohasi apparatlari (tovush tuzilishini sо‘zning grafik belgilar tizimiga о‘girish,
xotirada ushbu belgilarni ushlab turish va ularni tо‘g‘ri fazoviy tashkil etilishini
amalga oshiradi), miyaning ensa sohasi (о‘qish va yozish jarayonlarining normal
kechishi uchun javob beradi) bilan ta’minlanadi.
Kо‘rish-motor faolligi esa о‘z navbatida oftalmokinez jarayonlarining
normal kechishi (kо‘z harakatlari), mustahkamlovchi (parvotsellyulyar) va
fazolovchi (magnotsellyulyar) kanallarning normal ishlashi, barqaror binokulyar
nazorat kabi jarayonlarning yaxshiligi bilan ta’minlanadi.
Yozma nutq faoliyatini tо‘liq amalga oshirish uchun optimal yarim
sharlararo о‘zaro ta’sir zarurdir. Bilimlarni о‘zlashtirishning boshlang‘ich
bosqichida kо‘rish - fazoviy ma’lumotlariga perseptiv ishlov berish uchun javob
beradigan katta funksional og‘irlik miya tizimiga tushadi, sо‘ngra ahamiyati
1
Ананьев Б.Г. О развитии детей в процессе обучения // Советская педагогика. - 1957. - №7. - Б. 12-24;
Лурия А.Р. Язык и сознание. - Ростов-на-Дону: Феникс, 1998. – Б. 306; Цветкова Л.С. Нарушение и
восстановление зрительного предметного образа у детей с аномальным развитием // Мозг и интеллект:
Нарушение и восстановление интеллектуальной деятельности. - М.: Просвещение - АО «Учеб. лит.», 1995.
- Б. 241 - 253; Бурлакова М.К. Речь и афазия. Медицина 2007г.
21
bо‘yicha til operatsiyalari birinchi qatorga chiqadi. Barcha miya zonalari dinamik
lokalizatsiya tamoyili bо‘yicha ishlaydi. Bu esa, yozuvni ta’minlab ushbu tizim
zvenolaridan birining buzilgan faoliyatini kompensatsiyalash imkoniyatini
yaratadi.
О‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun optik, motor,
akustik kabi analizator tizimlari periferik bо‘limlarining saqlanishi va tо‘liq
ishlashi muhimdir.
D.B.Elkonin va N.S.Jukova qayd etib о‘tganlaridek: “Tovushli nutqdan
grafik nutqga о‘tishni ba’zida soddalashtirilib, shunchaki belgi-harflarni sezilarli
о‘rnini bosish uchun kirish sifatida tushuniladi. Bunday о‘tish asosida ancha
nozik psixilogik jarayonlar yotadi: harf nutq tovushlarini modellashtirmaydi,
formulalarni esa simvollar bilan ifodalaydi”
1
.
Biz esa yozilgan sо‘z talaffuz etiladigan sо‘zlarni simvollar bilan
ifodalamaydi, balki aynan modellashtiradi deb qayd etmoqdamiz, ya`ni, yozma
nutq sо‘zdagi tovushlarning vaqtinchalik munosabatlarini fazoviy munosabatlar
shaklida shakllantiradi. Shunday qilib, yozma nutq shunchaki sо‘zning tovushli
shaklini ifodalamay, balki, kо‘rib tahlil qilinadigan va eshitish analizatori
hisoblanuvchi
vaqtinchalik
aloqalarni
ham
fazoviy
munosabatlarda
modellashtiradi.
Yozuv – bola uchun muhim, yangi belgili tizimdir. Uning
о‘zlashtirilishining murakkabligi faqat ular ikkinchi tartibdagi belgilar tizimi
ekanligi bilangina bog‘liq emas. Murakkablikning boshqa tomoni yozuv
jarayonining yuqori darajali ekanligi va murakkab tashkil topgan sensomotor
bazaning mavjudligiga bog‘liq. Yozishni о‘zlashtirish imkoniga ega bо‘lish
uchun bola til va kognetiv qobiliyatning ma’lum bir minimal yetuklik darajasiga
erishishi zarur.
Yuqorida bayon etilganlarga xulosa yasar ekanmiz, L.S. Vigotskiyning
quyidagi fikrini qayd etib о‘tish joiz: “Algebrani о‘zlashtirish arifmetikani
1
Эльконин Д. Б. Развитие устной и письменной речи учащихся. - М., 1998. - Б. 100-111.; Жукова Н.С.
Преодоление недоразвития речи у детей: Уч.-метод. пособие. - М.: Соц.- полит, журн., 1994. – Б. 96.
22
о‘rganishni takrorlamasdan, balki avval yuzaga kelgan arifmetik fikrlarni yuqori
darajaga kо‘tarib, abstrakt matematik fikrni rivojlantirishning yangi va yuqori
rejasini namoyon etganidek, nutq algebrasi yoki yozma nutqni egallash ham
bolani og‘zaki nutqning avvalroq yuzaga kelgan psixologik tizimini yangidan
tuzib, nutqning eng yuqori abstrakt qismiga olib kirishidan boshlanadi.
Yozma nutq - yozish va о‘qish operatsiyalarining komponentlar sifatida
birikadigan makrotuzilmasi hisoblanadi: fikrni yozib olish uchun muallif uni
tugallangan shaklda bо‘laklab olishi, uni leksemalarga ajratib, sо‘ngra ularning
har birini yozuv orqali ifodalashi (yozish) kerak. Shu bilan bir vaqtda muallif
yozayotgan о‘z yozuvlarini avval nima yozilgan bо‘lsa о‘shani о‘qish jarayonida
asoslash imkoniga ega bо‘ladi. Yozma nutq jarayonining yakunlovchi
operatsiyasi negizida esa nazorat bilan о‘qish amalga oshiriladi.
A.R.Luriya о‘qishni – impressiv nutqning maxsus shakli, yozuvni esa -
ekspressiv yozma nutqning maxsus shakli sifatida belgilaydi.
Yozuv – grafik elementlar yordamida ma’lumotni ma’lum masofaga
uzatish va uni ma’lum vaqtda mustahkamlash imkonini beruvchi, nutqni qayd
etishning belgili tizimidir.
Yozuvni lingvistik pozitsiyalardan (til fenomeni sifatida), aynan og‘zaki
tilni yozma tilga qayta kodlash usuli kabi, ya`ni belgilarning bir tizimdan
boshqasiga о‘tish qoidalari tо‘plami sifatida kо‘rib chiqamiz.
Qayta kodlash qoidalari tizimi yozuvning bir turini ikkinchi turidan:
piktografik, ideografik, sillabik va alfabetik farqlarini aniqlab beradi: piktografik
yozuvda sо‘z rasm – piktogramma bilan ifodalansa, ideografik yozuvda –
iyeroglif bilan (xitoy tilida), sillabik yozuvda belgi bо‘g‘in, alfabetli yozuvda
belgi bir ba’zan ikki tovushni bildiradi. Masalan, rus yozuvi alfabetik tizimda
tovushli nutqni yozma nutqga qayta kodlash qoidalarining bir necha tamoyillarga
asoslanadi. Mualliflar tо‘rttadan sakkiztacha bо‘lgan turli xil tamoyillarni ajratib
kо‘rsatadilar. Ular orasida eng yetakchisi va umum qabul qilinganlari: fonematik,
an’anaviy va morfologik tamoyillar bо‘lib hisoblanadi (Gvozdev A.N.,
Gorbacheva K.S., Shaxmatov A.A.)
23
Ularning har birini о‘zlashtirish avvalambor yozishni о‘rganishdan oldin
egallangan shart-sharoitlar (bilim va kо‘nikmalar)ning mavjudligini kо‘zda
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |