Tadqiqotning amaliy ahamiyati - nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning
og‘zaki nutqi, lug‘at boyligi kabi til xususiyatlari bо‘yicha ma’lumotlar
о‘rganildi, jamlandi va yozma nutqga tayyorgarligi aniqlanib, uni shakllantirish
yо‘llari ishlab chiqildi hamda amaliyotga tatbiq etildi. Dissertatsiyaning
natijalaridan maxsus bolalar nutq bog‘chalarining logopedlari korreksion ish
rejalarini tuzish jarayonida, korreksion-pedagogik ishlarda hamda defektologiya
fakulteti talabalariga dars berishda, Respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan
pedagog xodimlar malakasini oshirish institutlaridagi logopedlar malakasini
oshirish kurslarida, ota-onalar uchun metodik yordamni tashkil qilishda
qо‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |