Shartli belgilar


-§. Fransiyada Uchinchi Respublika va



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

4-§.
Fransiyada Uchinchi Respublika va
1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi
Mag‘lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij
aholisi 3-sentabr kuni qo‘zg‘olon ko‘tardi.
Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab
qildilar. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning qonun
chiqaruvchi Korpusi imperator ag‘darilganligini e’lon qilishga majbur
4-sentabr inqilobi





•
Urushdagi asosiy janglar nomi
Urushlarning oqibatlari
T/r
1.
2.
3.
~
~
~
~
~


19
bo‘ldi. Ayni paytda, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu
mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi. (Fransiyada 1- va 2-
Respublikalar qachon bo‘lganligini eslang.)
Qonun chiqaruvchi Korpus general Òroshyu boshchiligida
Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.
Prussiya Fransiyani iloji boricha ko‘proq holdan toydirishni
xohlar edi. U Fransiyadan katta tovon undirishga hamda uning
foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo‘lmish Elzas va Lotaringiyani
tortib olishga intildi. Endi urush Prussiya uchun bosqinchilik uru-
shiga aylandi.
19-sentabr kuni Parij Prussiya qo‘shini tomonidan qurshab
olindi. Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo‘ldi.
Urushdagi g‘alaba  Prussiyaga o‘z qo‘l ostida butun Germani-
yani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-
yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya,
Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e’lon qilindi.
Otto fon Bismark imperiya kansleri lavozimini egalladi.
1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch
saylov o‘tkazildi va Òyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu
hukumat Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasini imzoladi.
Prussiyaga qarshi urushdagi mag‘lubiyat va
ayanchli shartlar asosida imzolangan yarash
shartnomasi parijliklarning hukumatga qar-
shi qahr-g‘azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muh-
tojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib
ketishi yuz berdi. Hatto o‘rta tabaqa vakillari ham xonavayron bo‘la
boshladi.
Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Bunga
qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashga
majbur bo‘la boshlaganligi hamda hukumat qarorgohi etib Versal
shahri tanlanganligi sabab bo‘ldi.
Ayni paytda Bosh vazir Òyer Milliy gvardiyani qurolsizlan-
tirishni buyurdi. 18-mart kuni kechasi hukumat qo‘shini Milliy
gvardiyaga hujum qildi. Bu hodisa Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi.
Ular hukumat qo‘shinini chekinishga majbur etdilar. Òyer huku-
matni Versalga ko‘chirish haqida ko‘rsatma berdi. Bunga javoban
Parij mehnatkashlari qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ular Milliy gvardiya
bilan birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan joylarini qo‘lga kiritdilar.
Ko‘p o‘tmay hukumat binosi, harbiy kazarmalar va barcha davlat
muassasalarini  ham qo‘zg‘olonchilar qo‘lga oldi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish