Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
A) ot
B) sifat С) ravish D) olmosh
350. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni
sanang.
1. -li. 2. -dor. 3. -cha. 4. -lab. 5. ser-. 6. ba-. 7. be-. 8. -siz. 9. no- . 10. -chan. 11. -ona. 12. -ma. 13.
-ch.
14. -iy. 15. -simon. 16. -an. 17. -gi. 18. -mand. 19. -q. 20.-in.
A) barchasi B) 1, 3, 4, 6, 8, 9, 12, 13, 15, 17, 19, 20
С) 1, 2, 5, 6, 7, 10, 11, 14, 19, 20 D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 17, 18,
19 351. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari belgiga ega ekanlikni
bildiradi?
A) -li, -dor, -mand, ser-, ba- B) be-, ser-, siz, no-, -gi
С) -li, -dor, -be, -siz, -gi D) no-, -siz, be-, -mand, -dor
352. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari belgiga ega emaslikni bildiradi?
A) -li, -dor, -siz B) -mand, -li, be- С) no-, -siz, be- D) -gi, -li, -dor
353.
Qaysi qo‘shimcha belgiga ega emaslikni bildiruvchi qo‘shimchalar bilan zid ma’noli bo‘la
olmaydi? A) -simon B) –dor С) -siz D) -mand
354.
Belgiga ega ekanlikni bildiruvchi -li, -dor, ser-, ba- kabi qo‘shimchalar qaysi shakllar bilan
zid
ma’noli bo‘ladi? A) no-, -siz, be- B) -dor, -li, -kor С) -siz, no-, -ba D) -li, -siz, -ki
355.
Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh
nuridan marvariddek tovlanadi. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? A) 3 ta B) 4 ta С)
2 ta D) 5 ta
356.
Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini
aks ettirib turardi. Ushbu gapda sifat so‘z turkumiga oid nechta so‘z bor?
A) 2 ta B) 3 ta С) 5 ta D) 4 ta
357. Payt ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
358. O‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
359. Xoslik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi?
A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor
360. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. Ushbu gapda qanday ma’no hosil
qiluvchi sifat yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) payt ma’nosini bildiruvchi B) xoslik ma’nosini bildiruvchi
C) o‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi D) zidlik ma’nosini bildiruvchi
361. Sifat va ot yasovchi qo‘shimcha omonimlik hosil qilgan so‘zlarga misol keltiring.
A) sayroqi – tutatqi, oqshomgi – sezgi B) kechki – tepki, erinchoq – o‘yinchoq, chizg‘ich –
yulg‘ich
C) qishlik – yoshlik, yashirin – bo‘g‘in, yasama – bostirma D) barchasi
362. Sifat tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |