Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
A) -(a)yotgan B) -gan (-kan, -qan) C) -ydigan, -adigan D) A va B
129. Endigina ko‘tarilib kelayotgan oy sarg‘ish nurlar sochib tun qo‘ynida mudrayotgan pastqam
uylarning tomlarini, daraxtlarning yalang‘och novdalarini yoritib turardi. Ushbu gapda
sifatdoshning qaysi zamon shakli qo‘llangan?
A) o‘tgan zamon B) kelasi zamon C) hozirgi zamon D) hozirgi va kelasi zamon
130.
Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. Ushbu gapda sifatdoshning qaysi zamon shakli
qo‘llangan? A) o‘tgan zamon B) kelasi zamon C) hozirgi zamon D) hozirgi va kelasi zamon
131.
Bu ovoz hali mag‘zi ilimagan dalalarga, osmondagi oqimtir yulduzlarga tegib aks sado
berayotgandek tuyuldi. Ushbu gapda sifatdosh qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) kesim, aniqlovchi D) aniqlovchi va hol
132. Sifatdoshning bo‘lishsizlik shakli qaysi qo‘shimcha orqali hosil qilinadi?
A) -maslik
B) -ma C) emas
D) yo‘q
133.
Sifatdoshning qaysi shakli bo‘lishsizlik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik
o‘zgarishga uchraydi? A) -(a)yotgan B) -gan (-kan, -qan) C) -ydigan, -adigan D) -(a)r
134.
Sifatdoshning kelasi zamon shakliga bo‘lishsizlik qo‘shimchasi qo‘shilganida qanday
o‘zgarish sodir bo‘ladi?A) a unlisi o ga o‘zgaradi B) i unlisi u ga o‘zgaradi C) s undoshi r ga
o‘zgaradi D) r undoshi s ga o‘zgaradi
135.
Keng fe’l, ketmas davlat bersin. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z nechta?
A) 2 ta B) 1 ta C) mavjud emas D) 3 ta
136. Keng fe’l, ketmas davlat bersin. Ushbu gapda sifatdosh qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) to‘ldiruvchi
137. Fe’lning ravishga xoslangan shakli qanday nomlanadi?
A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l shakli
138. Ravishdoshlar qaysi xususiyati bilan ravishlarga
o‘xshaydi?
A) ravish shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, ravishdoshlar o‘zgarish,
harakat belgisini ifodalaydi B) harakatning beligisini bildirishi bilan
C) shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan D) A va C
139. -(i)b, -a(y) ravishdosh shakllari qanday ma’no anglatadi?
A) payt, holat, sabab B) payt C) maqsad D) B va C
140. Maqsad ma’nosini bidiruvchi ravishdosh qo‘shimchasi qaysi?
A) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) B) -gani (-kani, -qani)
C) -gach (-kach, -qach) D) -(i)b, -a(y)
141. -gancha (-kancha, -qancha) ravishdosh shakli qanday ma’noni anglatadi?
A) payt, holat, sabab B) payt C) maqsad D) holat 142.
Payt ma’nosini bildiruvchi ravishdosh shakllari qaysilar?
A) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) B) -gani (-kani, -qani) C) –ar D) -(i)b, -
a(y) 143. Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak. Ushbu gapda ravishdoshning qaysi shakli
qo‘llangan?
A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
Do'stlaringiz bilan baham: |