Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishda mustaqil ishlarning o’rni


Mustaqil ish turlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni



Download 371,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana07.03.2021
Hajmi371,29 Kb.
#61087
1   2   3
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarini ijodiy fikrlashga orgatishda mustaqil ishlarning orni.

Mustaqil ish turlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni 

Barcha  o‘quv  predmetlarida  bo‘lgani  kabi  boshlang‘ich  sinf  ona  tili  darslarida  ham  o‘quvchilarni    mustaqil  fikrlashga  o‘rgatishda 

mustaqil ishlar muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi xususiyatlariga ko‘ra xarakterlanadi: 

- mustaqil ishlarda bajarish so‘ralgan shartlar o‘quvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi; 

- o‘quvchilarni mustaqil holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yo‘naltirishi; 

- mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj tug‘ilishi. 

Reproduktiv  mustaqil  ishlar.  Reproduktiv  mustaqil  ishlar  o‘quvchilarning  avval  olgan  bilimlarini  amalda  qo‘llashni  nazarda  tutadi. 

Bunday  mustaqil  ishlarga  namuna  asosidagi  mustaqil  ishlar,  sharhlab  yozish,  grammatik  topshiriqli  diktantlar  kiradi.  Bu  xildagi  mashqlar 




o‘quvchilarning  mustaqil  fikr  yuritish  jarayoniga  qisman  ta’sir  ko‘rsatadi  va  u  ko‘pincha  darslik  mashqlari  asosida  o‘tkaziladi.  Quyida 

darslikdan tashqari bo‘lgan  namuna asosidagi mustaqil ishlarning ayrim variantlarini keltiramiz. 

«Poyezd». Bunday mustaqil ishlardan 1-sinf ona tili darsida «Gap» mavzusini o‘tayotganda foydalanish mumkin. 

Poyezd  vagonlari  ko‘rinishidagi  alohida  qog‘ozlarga  bitta  gapning  har  bir  so‘zi  alohida-alohida  yoziladi  va  aralashtirib  yuboriladi. 

O‘quvchilarning vazifasi vagonlarni shunday terishi kerakki, natijada to‘g‘ri gap hosil bo‘lsin. 

Masalan: Birinchi, Malika, sinfga, bordi. 

To‘g‘ri javob: Malika birinchi sinfga bordi. 

«Bo‘g‘inlarga  bo‘ling».  Bu  mustaqil  ish  davomida  o‘quvchilar  «G‘uncha»  jurnali  yoki  turli  suratli  kitobchalardan  ma’lum  bir  matnni 

bo‘g‘inlarga  bo‘lgan  holda  ko‘chirib  yozadilar.  Shu  orqali  o‘quvchilarning  bo‘g‘inlarga  ajratish  yoki  bo‘g‘in  ko‘chirish  qoidasiga  doir 

bilimlari  mustahkamlanadi.  Shu  bilan  birga,  bosma  harflarni  yozma  harflarga  to‘g‘ri  o‘girish,  kitobdan  to‘g‘ri  ko‘chirish  ko‘nikmalari 

rivojlanib boradi. 

Sharhlab  yozish.    Sharhlab  yozish  mashqlaridan  darslik  yoki  darslikdan  tashqari  mashqlar  asosida  darsning  o‘tgan  mavzularini 

mustahkamlash  yoki yangi bilimlarni  mustahkamlash  jarayonida  foydalanish  mumkin. Buning uchun o‘quvchilardan biri  berilgan  so‘z  yoki 

gapni  mustaqil  ravishda  sharhlab  (baland  ovozda)  yozadi.  Qolgan  o‘quvchilar  ham  «boshlovchi»  o‘quvchining  so‘zlarini  tinglab  yozib 

boradilar. 

Masalan, birinchi sinfda ona tilidan gap tuzish va tinish belgilarining qo‘llanishini tushuntirishga oid darsda o‘quvchilardan biri shunday 

gap tuzishi va uni sharhlab yozdirishi mumkin: 

«Boshlovchi» o‘quvchi: Men shunday gap tuzdim: «Nigora nega  kelmadi?» Yozamiz. Xat boshidan, bosh harf bilan (bo‘g‘inlab, cho‘zib 

aytadi): «Ni-go-ra ne-ga kel-ma-di?». Gap tugadi. Gap oxirida so‘roq belgisi qo‘yiladi. Chunki gap so‘roq ma’nosini bildiryapti. Boshidan 

o‘qiyman, tekshiring: «Nigora nega kelmadi?». 

Grammatik  topshiriqli  diktantlar.  Grammatik  topshiriqli  diktantlar  reja  asosida  bir  soatlik  dars  davomida  yoki  o‘tilgan  mavzuni 

mustahkamlash jarayonida qo‘llanishi mumkin. Buning uchun kichik hajmdagi diktantlar yozdiriladi va o‘quvchilarga grammatik topshiriqlar 

ham beriladi. 1-sinfda grammatik topshiriqli diktantlarda topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 



Fonetik topshiriqlar (unli yoki undosh tovushlar tagiga chizing). Masalan: olma, anor. 

So‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga muvofiq bo‘lib yozing. Masalan: bo-la-lar. 

Nuqtalar yoki pauza o‘rniga gap ma’nosiga mos harakat (nom, belgi) bildirgan so‘zlarning mosini qo‘ying. Masalan: Ariqlarda suvlar ... 

oqadi (jildirab). 

Nom bildirgan so‘zlar tagiga bir chiziq, harakat bildirgan so‘zlar tagiga ikki chiziq chizing. Masalan: Ot kishnadi. 

Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar tagiga chizing. Masalan: Duradgor taxtani arraladi. 

      Rekonstruktiv  mustaqil  ishlar.  Rekonstruktiv    mustaqil  ishlarni  o‘tkazish  jarayonida  o‘quvchilar  muammoni  hal  etish  uchun  avval 

olgan bilimlarini faqat xayolda qayta tiklabgina qolmay, balki muammoni hal etish yo‘llarining mavjud umumiy tushunchalardan qaysi biriga 

mos  kelishini  o‘rganadilar.  Bu  tipdagi  mustaqil  ishlarga  bayon,  shaxsni  o‘zgartirib  hikoya  qilish,  tahlil  qilish,  test  topshiriqlari,  tarqatma 

materiallar asosidagi mustaqil ishlar misol bo‘la oladi. 

Bayon. Bayon o‘quvchilarning yozma mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng qayta yozish 

jarayonida o‘quvchilarning nutqi boyiydi, savodxonlik darajasi o‘sadi, mustaqil fikrlashga o‘rganadi. 

Boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida bayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi: 

 1. O‘qituvchi matnni ifodali o‘qib eshittiradi va qayta hikoya qiladi. 

   2.  1-2-sinflarda  o‘quvchilar  tayyor  reja  bilan  tanishtiriladi.  3-sinfda  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  hamkorlikda  reja  tuzadilar,  4-sinfda 

o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil reja tuzadilar. 

 3. O‘quvchilar reja asosida matnni 1-2 marta qayta hikoya qiladilar. 

O‘qituvchi o‘quvchilar tushunmagan so‘z va jumlalarning ma’nosini tushuntirib beradi, yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni xattaxtaga yozib 

ko‘rsatadi. O‘quvchilar bayon yozishga kirishadilar. 

Bayonlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: 

Savollar asosida yoziladigan bayon 



Darak gaplardan iborat reja asosidagi bayon 

Sarlavha qo‘yib bayon yozish 

Rasmli reja asosidagi bayon 

Ijodiy bayon 

Bu bayonlarning barchasidan ham  ta’lim jarayonida keng foydalanish mumkin. Ammo ularning faqat 2 turi, ya’ni rasmli reja asosidagi 

bayon va ijodiy bayonlar o‘quvchilarni mustaqil  fikrlashga o‘rgatish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi.  

Rasmli reja asosidagi bayon. Bunday bayon biror bir voqeani yoki ertakni aks ettiruvchi suratlar asosida  o‘tkaziladi. O‘qituvchi voqealar 

ketma-ketligi aks etgan suratlarni tartib bilan terib qo‘yadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikda hikoya tuzadilar. Yozilishi qiyin bo‘lgan 

so‘zlarni o‘qituvchi yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar reja asosida bayon yozishga kirishadilar.  

Rasmli  reja  asosidagi  bayon  ertaklar  asosida  yoki  yil  fasllarida  bo‘ladigan  tabiiy  o‘zgarishlar  haqida  yozilishi  mumkin.  Bunday 

bayonlarni yozishda o‘quvchilarga mustaqil fikrlash uchun imkoniyatlar juda keng. 

Ijodiy  bayon.  Bunday  bayonlarni  yozishda  o‘qituvchi  matnning  ma’lum  bir  qismini  o‘qib  hikoya  qilib  beradi.  Shundan  so‘ng 

o‘quvchilarning  bir  nechtasi  og‘zaki  hikoya  qiladilar  va  voqealar  rivoji  qanday  bo‘lishi  haqida  fikrlashadilar.  Reja  tuziladi.  O‘qituvchi 

yozilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozib ko‘rsatadi va o‘quvchilar bayon yozishga kirishadilar. 

Bunday bayonni o‘tkazish jarayonida o‘quvchiga mustaqil ravishda hikoyani davom ettirishga imkon beriladi. 

Masalan, «Musicha» matni asosida quyidagicha bayon yozish mumkin: 

   

 

 



 

Musicha 


  Abdulla hovlida qanoti singan musichani ko‘rib qoldi. U musichani olib . . . 

Reja: 


Abdulla hovlida nimani ko‘rib qoldi? 


U qanday yo‘l tutdi?  

Shaxsni  o‘zgartirib  hikoya  qilish.  Bunday  mustaqil  ishlar  darslikdagi  matnlar  yoki  darslikdan  tashqari  bo‘lgan  matnlar  asosida 

o‘tkaziladi. O‘quvchilarga birinchi shaxs nomidan hikoya qilingan matnlarni ism qo‘yib uchinchi shaxs nomidan hikoya qilish yoki uchinchi 

shaxs  nomidan  hikoya  qilingan  matnni  birinchi  shaxs  nomidan  hikoya  qilish  topshiriladi.  Bu  xildagi  mustaqil  ishlarni  bajarish  jarayonida 

o‘quvchilarning og‘zaki nutqi va mustaqil fikrlash darajasi oshib boradi. Misol: 

«Men bu yil 1-sinfga bordim. O‘qituvchimiz bizni yaxshi kutib oldilar. Sinfdoshlarim bilan tezda do‘stlashib ketdik. Biz yaxshi o‘qishga 

harakat qilamiz». 

3-shaxs tomonidan hikoya qilinishi: 

«Laylo  bu  yil  1-sinfga  bordi.  Uni  o‘qituvchi  yaxshi  kutib  oldi.  Laylo  sinfdoshlari  bilan  tezda  do‘stlashib  ketdi.  Ular  yaxshi  o‘qishga 

harakat qiladilar». 

Tahlil qilish. Boshlang‘ich sinflarda fonetik va morfologik tahlil turlaridan foydalaniladi. Tahlil jarayonida obekt sifatida so‘z yoki gap 

olinishi mumkin. Fonetik tahlil jarayonida so‘zda nechta unli va nechta undosh tovush qatnashganligi, yonma-yon kelgan bir xil undoshlar 

bo‘lsa ularni ko‘rsatish, talaffuzda tushirib qoldiriladigan yoki o‘zgaradigan undosh tovushlar bo‘lsa ko‘rsatish talab etiladi. 

Morfologik  tahlil  jarayonida  esa  gapdagi  so‘zlar  qanday  savollarga  javob  bo‘lishi,  qanday  ma’no  anglatishi,  gapda  qanday  vazifada 

kelishi kabilarni ko‘rsatish talab etiladi. 

Fonetik tahlil. Tovushlar talaffuzi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, «Oppoq 

qand» iborasi quyidagicha tahlil qilinadi. 

Oppoq  -  so‘zida  ikkita  unli  tovush  bor.  Bular  «o»  tovushi,  talaffuz  qilinayotganda  og‘iz  bo‘shlig‘ida  to‘siqqa  uchramaydi.  Ikkita  «p» 

undosh tovushi yonma-yon kelgan. «q» tovushi ham undosh tovush. «p» va «q» tovushlari talaffuz qilinayotganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa 

uchraydi. 

Qand - so‘zidagi «q» tovushi undosh tovush, talaffuz qilinganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi. «a» tovushi unli tovush, talaffuz 

qilinganda  og‘iz  bo‘shlig‘ida  to‘siqqa  uchramaydi.  Qolgan  «n»  va  «d»  tovushlari  undosh  tovushlar  bo‘lib,  talaffuz  qilinganda  og‘iz 

bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi, «d» tovushi «t» tovushi kabi talaffuz qilinadi. 



Morfologik tahlil. Morfologik tahlil  o‘quvchilarning nazariy  bilimlarini  mustahkamlashga xizmat  qiladi.  Masalan, «Malika  Farg‘onada 

yashaydi» quyidagicha tahlil qilinadi. 

Malika - kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Insonlarga qo‘yiladigan ism. Shuning uchun bosh harf bilan yoziladi. Tagiga bir chiziq chizamiz. 

Farg‘onada - qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Shahar nomi bo‘lgani uchun bosh harf bilan yoziladi. Tagiga to‘lqinli chiziq chizamiz. 

Yashaydi - nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Harakat bildirgan so‘z. Shuning uchun ikki chiziq chizamiz.  

Test.  Boshlang‘ich  sinfdanoq  o‘quvchilarda  test  topshiriqlarini  yechish  ko‘nikmasini  shakllantirish  mustaqil  fikrlash  malakalarini 

shakllantirishga  yordam  beradi.  Test  haqidagi  dastlabki  tushunchalarni  shakllantirishda  o‘quvchilarning  yosh  va  psixologik  xususiyatlarini 

hisobga olgan holda testning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Alifbe davrida tovush va harf haqidagi dastlabki 

ma’lumotlar berish jarayonidayoq testning rasmli, sodda ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin. Masalan:                               

     Bu  test  «q»  tovushiga  taalluqli  bo‘lib,  o‘quvchilar  rasmlarga  qarab  u  yerda  ko‘rsatilgan  narsalarning  nomlarini  aytishlari  va  bu 

so‘zlardagi «q» tovushining o‘rnini ko‘rsatishlari lozim bo‘ladi.  

  Keyingi darslarda bu test murakkablashtirib boriladi. Endi o‘quvchilardan nafaqat rasmlarga qarab javob topish, balki bo‘sh o‘rinlarga 

mos so‘zlarni qo‘yish talab etiladi. Bu jarayonda o‘quvchilar fikrlashga, egallagan nazariy bilimlarini amalda qo‘lllashga o‘rganadilar. 

  Rasmli  testlar  vositasida  o‘rganilayotgan  tovushni  faqat  so‘zboshida  emas,  so‘zning  boshqa  o‘rinlarida  keladigan  holatlarda  ham 

foydalanish  mumkin.  Masalan,  «u»  tovushi  bilan  tanishayotganda  mushuk,  uzum,  tulki  rasmlaridan  foydalanish  mumkin.  O‘quvchilar 

suratlarda nimalar tasvirlanganini topish bilan birgalikda «u» tovushi so‘zning qaysi qismida joylashganligini topishlari lozim bo‘ladi. Buning 

uchun o‘quvchilar tovush sxemasini chizadilar yoki ikki xil rangdagi to‘rtburchak qog‘ozchalarni oladilar va «u» tovushining o‘rnini bir xil 

rangdagi qog‘ozcha bilan, qolgan tovushlarni boshqa bir xildagi qog‘ozcha bilan ko‘rsatadilar. 

   

1-sinf  o‘quvchilari  alifbedan  keyingi  davrda  o‘qish  malakasiga  ega  bo‘lganlaridan  so‘ng  ikki  xil  variantda  javoblari  berilgan 



yopiq  testlardan  foydalanish  mumkin.  Bunday  testlar  metodik  qo‘llanmada  ham  berilgan.  Testlar  haqida  umumiy  ma’lumotga  va  nazariy 

bilimlarga  ega  bo‘lgan  o‘quvchilarga  nisbatan  murakkab  hisoblangan  shu  xildagi  testlarning  javoblarini  topish  ham  u  qadar  qiyinchilik 

tug‘dirmaydi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 

  1.So‘zlar qaysi qatorda alifbo tartibida to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 




  A) sabzi, parta, metro, oila. 

  B) lavlagi, matn, nihol, oila. 

  2.Sanoq bildirgan so‘zlar yozilgan qatorni toping. 

  A) birgalikda, barchamiz. 

  B) birinchi, bitta, yigirma. 

O‘yin-testlar. Testning bu shakli o‘yin tarzida o‘tkaziladi va o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchilarning qiziqishlarini  oshirishga qaratiladi. 

Buning uchun bir tarafi toza, ikkinchi tarafida esa suratlari bo‘lgan qog‘ozlardan foydalaniladi. Yoki toza oq qog‘ozning bir tarafiga ertak 

qahramonlarining  suratlari  chiziladi.  Qog‘ozning  toza  tomonining  bir  qismiga  savol,  ikkinchi  qismiga  savolning  javobi  yoziladi.  Shundan 

so‘ng qog‘oz to‘lqinli yoki arrasimon chiziq bo‘ylab ikki qismga ajratiladi. Bunday qog‘ozlarning bir nechtasi tayyorlanib o‘quvchilarga bitta 

savol yozilgan qog‘oz qismi va bir nechta javoblar yozilgan qismi beriladi. O‘quvchi savolni o‘qib shu savolning javobi yozilgan qog‘ozni 

topishi va ikkala bo‘lakni birlashtirishi lozim. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa ikkala bo‘lak bir-biriga mos keladi va qog‘ozning orqa tomonida ham 

bir butun surat hosil bo‘ladi. 

  Bunday  testlar  o‘quvchilarga  topshiriq  berishda  bir  xillikdan  qochishga  imkon  beradi.  Bir  nechta  javob  variantlari  orasidan  to‘g‘ri 

javobni  tanlash  o‘quvchilarda  mustaqil  fikrlash,  erkin  mulohaza  yuritish,  mustaqil  holda  to‘g‘ri  xulosa  chiqara  olish  ko‘nikmasini 

rivojlantirishga yordam beradi. 

Tarqatma  materiallar.  Boshlang‘ich  sinflarning  ona  tili  darslarida  foydalaniladigan  tarqatma  materiallar  kartochkalar  yoki  buyumlar 

ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

  1.Buyumlar  ko‘rinishidagi  tarqatma  materiallar.  Bunday  tarqatma  materiallar  o‘quvchilar  nutqini  o‘stirish,  ularda  sinchkovlik, 

kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Buyumlar ko‘rinishidagi tarqatma materiallarda quyidagicha savollardan foydalanish 

mumkin: 


  1. Buning nomi nima? 

  2. Uning ko‘rinishi qanday? 




  3. U nima maqsadda ishlatiladi? 

  2.Tarqatma kartochkalar. Tarqatma  kartochkalar  o‘tilgan  mavzularni  takrorlash,  mustahkamlash,  o‘zlashtirilgan  bilimlarni 

sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval o‘quvchilar o‘qituvchilar rahbarligida darslikda berilgan mashqlarni 

bajarib, mashqlar shartini o‘rganadilar. 

  Tarqatma materiallar bilan ishlashning afzalligi shundaki, o‘qituvchi har bir o‘quvchining mavzu yuzasidan individual bilim darajasini 

alohida tarzda qayd qilib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan alohida ishlash, o‘quvchilarning mustaqil 

ishlarini izchil ravishda murakkablashtirib borishni taqozo qiladi. 

  Tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida va to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchiga  qisqa muddat davomida yuksak natijalarga erishishga yordam 

beradi.  O‘quvchilarda  bilim  olish  bilan  birgalikda  mustaqillik,  ijodkorlik,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish,  o‘z  kuchiga  ishonch,  topshiriqlarni  hal 

etishga mas’ullik va ijodkorlik bilan ongli yondashish, izlanish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish kabi xislatlarni shakllantiradi. 

  Modomiki,  o’rta  umumta’lim  maktablarida  ona  tilini  o’qitishdan  asosiy  maqsad  bolalarda  ijodiylik,  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  fikr 

mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekan, 

demak,  ularni  ijodiy  yozma  ish  ustida  ishlash  usullariga  ham  o’rgatish  lozim.  Bu  ish  ona  tili  mashg’ulotlarida  ikki  yo’nalishda  amalga 

oshiriladi:  

til hodisalarini o’rganish jarayonida;  

ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratilgan maxsus soatlarda. 

  Birinchi  yo’nalish  deyarli  barcha  ona  tili  mashg’ulotlarida  amalga  oshiriladi.  O’quvchi  o’rganilayotgan  til  hodisasini  amalga  tatbiq 

etgan  holda  ijodiy  matnlar  yaratar  ekan,  mavzuni  yoritish  uchun  zarur  materialni  tanlash,  yozish,  ishning  rejasini  tuzish,  «xat  boshi» 

tushunchasi, yozma ish matni ustida qayta ishlash, insho turlari (ilmiy insho, badiiy insho, erkin mavzuda yozilgan insho,ramziy insho) kabi 

masalalarga duch keladi va ayni vaqtda o’qituvchidan bu haqida zarur ma’lumotlarni ham bilib olish lozim bo’ladi.  

Ikkinchi  yo’nalish ijodiy  yozma  ish ustida  ishlash uchun ajratiladigan  maxsus  soatlardir. Biz  ijodiy  yozma  ish  ustida ishlash  usullarini 

morfologiya  o’rganilgandan  keyin  kiritishni  maqsadga  muvofiq  deb  bilamiz.  Chunki,  birinchidan,  bu  davrga  (7-sinfning)oxiriga  kelib, 

O’quvchilar  matn  ustida  ishlash  yuzasidan  anchagina  malakaga  ega  bo’ladilar  va  ikkinchidan.  Bu  usullarni  o’rganish  sintaksisni  o’rganish 

uchun keng yo’l ochib beradi.  




 Ijodiy yozma ish usullari bo’limida o’quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq 

deb bilamiz:  

 -«Ijodiy  yozma  ish»  tushunchasi:rasm  asosida  hikoya  manzara  tasvirni,  shaxs,  xayvon,  narsa-buyum,  voqea-hodisa  tasviri: 

O’quvchi(muallif) va borliq: yozma ishning maqsadi: yozma ish o’quvchining(muallifning) o’zligi:  

 -yozma  ishga  mavzu  tanlash,  uni  tayyorlash:  ayni  bir  narsa  manzara,  voqea,  hodisalar  asosida  turlicha  mavzuda  yozma  ish  yozish: 

yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan bog’lanishi:  



 

Download 371,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish