Annontatsiya:
Ushbu maqolada zaharli o’simliklar va ularning hayotiy shakli haqida so’z
boradi
Kalit so’zlar:
Bangidevona va mingdevona
BANGIDEVONA: Bangidevona bo’yi 1metr keladigan, badbo’y hidli ituzumdoshlar oilasi-
ga mansub bir yillik o’simlik. Barglari katta [20 smga yetadi] tuxumsimon, cheti esa yirik tish-
li. Guli yirik, oq voronka shaklida, barg qo’ltig’ida bittadan o’rnashgan. Mevasi tikonlar bilan
qoplangan, to’rt chanoqli ko’sakdan iborat. Bangidevona asosan go’ng va ahlat to’kiladigan yer-
larda, tashlandiq hovlilarda, mol fermalari atrofida, ekinzorlar ba’zan yo’l yoqalarida o’sadi. U
O’zbekistonning deyarli xamma viloyatlarida uchraydi. Bangidevona yer yuzida keng tarqalgan.
Uni Yevropa, Osiyo va Afrikaning issiq va mo’tadil mintaqalariga joylashgan xamma mintaqalar-
dan toppish mumkin. Bu o’simlikning ilmiy nomi-Datura stramonium. Bangidevona mayning oxi-
ri-iyundan boshlab gullaydi, lekin gullash davri sentyabrgacha davom etaveradi. Oldingi gullardan
hosil bo’lgan meva iyul oxirida pishadi. Har bir mevada 23mingga yaqin kattaligi 3mm keladigan
urug’ yetishadi. Bangidevona o’ta zaharli o’simlik. Uning barglarida 0,23-0,37% poyasida 0,06-
0,24% ildizida 0,12-0,27% gulida 0,13-1,9% va urug’ida 0,8-0,22% zaharli alkaloidlar borligi
aniqlangan. Bu o’simlikdagi asosiy alkaloidlar, giosiamin, astropin vaskopolaminlardir. Bundan
tashqari bangidevona bargida 0,14 foiz o’tkir tamaki hidiga o’xshash efir moyi, 0,1 % karotin,
1,7% oshlovchi moddalar, urug’ida esa 17% dan 25% gacha moy borligi aniqlangan. Bangide-
vonadan har qanday uy hayvoni xam zaharlanishi mumkin. Hayvonlar umuman bangidevona
aralashgan pichanni iste’mol qilishi natijasida zaharlandi, chunki uni zaharli xususiyati quriganda
xam saqlanib qoladi. Molning qattiq zaharlanishi uchun 0,8-1,2 kg bangidevona o’tini yeyish ki-
foya. Bir yarim osh qoshiq bangidevona urug’ini yegan otning qattiq zaharlanib o’lgani ma’lum.
Bangidevona bilan zaarlangan hayvonlarda qattiq asabiy bezovtalanish ro’y beradi, mol hurkovich
bo’lib qoladi, xamma vaqt o’zini muhofaza qilib turadi, tepadi, suzadi, tishlaydi. Bosh va bo’yin
muskullaridoimo qisqarib turadi, buning natijasida hayvonning burun teshiklari kengayib ketadi.
Ko’z soqasi o’ynab turadi, qorachig’I kengayadi, hayvon xuddi qutirganga o’xshab qoladi. Qattiq
zaharlangan hayvonlar 4-6 soat ichida nobud bo’ladi . Agar kasallik cho’zilsa hayvon 2-3 kunda
juda zaiflashib qoladi, yurganda oyoqlari chalishib va nihoyat u falaj bo’lib qoladi. Bangidevona
barglari qadim zamonlardan beri xalq tabobatida hozirgi davrda esa ilmiy meditsinada nafas qi-
sish, ko’ksov va ko’kyotal kasallarini davollashda muvaffaqiyat bilan qo’llaniladi. Astmanol va
astmatin deb ataladigan dori bangidevonadan tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda uning barglari
ko’ksov kasalligiga qarshi tayyorlanadigan yig’ilmalar tarkibiga xam qo’shiladi. Shuning uchun
xam hozirgi vaqtda bangidevona dorivor o’tlar qatorida Ukraina va Krasnodar o’lkasida o’stirila-
di.
MINGDEVONA. Mingdevona ituzumdoshlarga mansub ikki yillik o’t. Bo’yi 1mga yetadi, ta-
nasi yopishqoq tuklar bilan qoplangan. Barglari patsimon qirqilgan, ildiz oldidagilari uzun ban-
dli. Gullari sarg’ish novdalari uchiga to’p-to’p bo’lib o’rnashgan. Mevasi kungirali ko’vachaga
o’xshaydi. Mingdevona tashlandiq, axlat to’kiladigan yerlarda, imoratlar yonida, devorlar ostida
va yo’l yoqalarida o’sadi.Uni O’rta osiyodan tashqari Kavkazda, Sibirda, Yevropada,O’rta dengiz
atrofidagi mamlakatlarda, Kichik Osiyo, Afg’oniston va Xitoyda ham toppish mumkin. So’ngi
yillarda Amerika va Avstraliyaga ham borib qolgan. O’zbekistonning ba’zi yerlarida mingde-
vonani shaytonkosa ham deyishadi. Uni qozoqlar-qoramingduvona, qirg’izlar-baxmak, ozarbay-
jonlar-bat-bat, ruslar-belena chyornaya, arablar-bang deb atashadi,ilmiy tilda esa Xiosiamus ni-
gedir. Mingdevona ildizida 0,15-018%, bargida 0,10%, poyasida 0,02%, urug;ida esa 0,06-0,10%
alkaloidlar yig’indisi borligi aniqlangan. Alkaloidlarning miqdori ayniqsa, o’simlik gullagan va-
qtda ko’proq bo’ladi. Bu o’simlikdagi asosiy alkaloidlar; giosiamin, atropine va skopolamindir.
Alkaloidlardan tashqari mingdevonada giossiyapikrin, giosserin, gioserezin deb ataladigan glyu-
kozidlar borligi ham aniqlangan.Mingdevona o’ta zaharli osimlik bo’lsa ham, o’tloqlarda undan
zaharlanish juda kam bo’ladi. Chunki yomon ta’mi va qo’llansa hidi bo’lganligi uchun hayvonlar
12
Do'stlaringiz bilan baham: |