Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
axloqiy qadriyatlar maktabgacha yoshda ham ijtimoiylashish va moslashish jarayonida olinadi
zamonaviy jamiyatda. Biroq, ko'plab kuzatuvlar ko'rsatib turibdiki, hamma bolalar ham ushbu
xatti-harakatlar normalarini etarlicha to'g'ri qabul qilmaydi. Tabiiyki, bu ta'limdagi noto'g'ri yon-
dashuvlar, jamiyatning buzg'unchi ta'siri, tajovuzkorlikni kuchayishi va juda og'ir sharoitlarda ya-
shash uchun kurash bilan bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Platonov, Yu. P. Etnik psixologiya asoslari.2003 yil.
2. Shaxsiyat bag'rikengligining psixodiagnostikasi. G.U.Soldatova, L.A.Saigerova. 2008 yil
3.Jacobs, G. (2007). Gumanitar psixologiyaning rivojlanishi va kamol topishi.
4. Drujinin V.M “Eksperimentalnaya psixologiya”. Piter. 2001y
77
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI
SHAKLLANTIRISH.
G.S.Muminova
Nizomiy nomidagi TDPU
“Uzluksiz ta’lim menejmenti va pedagogikasi”
kafedrasi o’qituvchisi
A.Qarshiyev
“Pedagogika va psixologiya” fakulteti
PP 2-OTM 2-bosqich talabasi
Annatatsiya:
Mazkur maqolada bugungi kunning ekologik dolzarb muammolari va ta’lim ja-
rayonida o’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning maqsadi va shakllantirish yo’llari
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, ekologiya, o’quvchi, shakllantirish, ekologik madaniyat.
Inson qadim zamonlardan buyon tabiat bilan uzviy aloqada, uning barcha ne’matlaridan bemin-
nat foydalanib kelmoqda. Barchamizga ma’lumki, odamning dastlabki ajdodlari tabiatga unchalik
katta ta’sir ko’rsatishmagan.Ammo ularning ongi rivojlangani sari tabiatga ayovsiz munosabatda
bo’lib, uni talay boshladilar. Oddiygina misolda, sobiq sho’ro davri mavjud bo’lgan vayronkor:
“tabiatni o’zimizga bo’ysundiramiz, tabiatdagi hamma narsa faqat inson uchun” g’oyasi oqibatla-
rining o’zi ham bizga yetarlicha saboq bo’lmoqda desak ham bo’laveradi. Bu vayronkor g’oyadan
qolgan eng daxshatli asorat, hozirgi kunda global muammo darajasiga ko’tarilgan orol muammo-
sidir.
Markaziy Osiyo yagona ekotizm hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o’rtasida hamkorlikdagi
maqsadga yo’naltirilgan ekologik siyosat va o’zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moli-
yaviy va texnologik bazasini rivojlantirish evazigagina -ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab
qolish mumkin.
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, insoniyat sivili-
zatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilma-
gan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari
kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan
aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
Xoʻsh, bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi dunyoning global
ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa? Biz oʻzimidan keyingi avlodga qanday kela-
jakni meros qilib qoldirmoqdamiz? Har safar bunday ogʻriqli savollar bizni qachongacha qiynab
keladi? Nahotki dunyoning hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib boraveradiyu,
biz insonlar shunchaki bir oddiy hodisadek qarab turaveramiz? Mamlakat rahbarlariniyu, hukumat
vakillarini, butun insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy oʻsish, siyosiy hukmronlik, mamlakatlar
oʻrtasida ulkan obroʻga ega boʻlishdan boshqa hech narsa qiziqtirmasa?! Ha, albatta biz bunga
koʻnikib, yashab kelmoqdamiz!
Tabiatni qo’riqlash qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, har yili atmosferaga 15-75 mln tonnaga-
cha chang va tuz uchib chiqib dunyo bo’ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday
bo’ronli kunlarni, bir necha hafta mobaynida to’xtovsiz havoda chang va qum bo’ronlariga aylan-
ganini ko’rish mumkin .
Osmonga ko’tarilayotgan chang va tuzli bo’ronlar yaqin va uzoqdagi yerlarga yog’ilib ularni
ifloslantirib yubormoqda. O’zbekistonda o’simlik o’stirish mumkin bo’lgan yer yuzasi juda kam,
ammo Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha yerlar sho’rlanib bo’ldi.
Markaziy Osiyodagi yagona katta suv havzasining qurib borishi unda yashayotgan odamlar uchun
katta falokatdir .Shuni aytish lozimki Markaziy Osiyo aholisidan 31.5 millioni Respublikamiz
hududida yashab umr kechiradi. Orolning qurib borishidan Markaziy Osiyo respublikalari ichi-
da hech qaysi respublika biz kabi asorat ko’rmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi
prezidenti I.A.Karimov 1997-yil BMT Bosh Assembleyasining 48-50-sessiyalarida hamda Marka-
ziy Osiyo davlatlarining Almati deklaratsiyasida Orol dengizi xavfi bugun xalqaro ahamiyatga ega
bo’lgan ijtimoiy–iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi.
Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun tartibga rioya qilish zarur. Kuzatishlar bir
78
Do'stlaringiz bilan baham: |