Тошкент-2021 3 Июнь 2021 10-қисм Тошкент июнь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/86
Sana29.05.2022
Hajmi2,29 Mb.
#618944
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA 
UNDAYDIGAN INTERFAOL METODLAR
Sotivoldiyeva Nasibaxon
Andijon viloyati Andijon shahri
47-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Telefon: +998905285056
Annotatsiya
: Mazkur maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini dars jarayonida jadal-
lashtirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Pedagogik-psixologik, interfaol, metod, ta’lim mazmuni, o‘quvchilar, dars ja-
rayoni. 
So‘nggi yillarda umumta’lim maktab tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik 
texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlar-
ni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o‘zgar-
tirib yuboradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas, 
aksincha “rejissyor” bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. U o‘z o‘quvchilarini fanga ijodkorli 
nuqtai nazari bilan qarshlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi 
va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak 
bo‘ladi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat 
yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini 
nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi. Yuqoridagi 
fikrlardan kelib chiqgan holda o‘quvchilarning aqliy salohiyatini yuqori, mustaqil va erkin fikrlov-
chi shaxs sifatidagi qiyofani shakllantiradigan interfaol metodlarni ko‘rib chiqamiz. “Nuqtai naza-
ring bo‘lsin” metodi - ushbu uslubning maqsadi quyidagilar: 1.O‘quvchilar muayyan muammoga 
o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab himoya qilishga o‘rganadilar; 2.O‘qituvchi barcha o‘quvchilarni 
munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga 
keltirishi mumkin. Nuqtai nazaring bo‘lsin metodi uslubi o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga 
kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgar-
tirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini 
berish maqsadida qo‘llanadi. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Mazkur 
metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar alohi-
da – alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik 
guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajra-
tiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, 
har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda 
topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf 
o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tka-
zilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyati-
ning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar 
sinf jamoasining har bir o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, 
umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi 
kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanib, yangi bilimlarning o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. “Zig-zag 
strategiyasi” metodi – sinf o‘quvchilari 7 guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda 
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan 
tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar 
va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd 
etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi 
mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so‘zlab 
berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga 
bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib 
chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro 
mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab 
chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilim asosida o‘quvchilarning o‘zlariga shunday sxemalarni ish-
lab chiqish vazifasi topshiriladi. Yuqorida keltirilgan barcha metodik texnologiyalardan xulosa 


34

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish