22
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
Bu fanini o`qitishda ko`rgazmali qurollarning ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Avvalo,
ko`rgazmali qurollar o`quvchilarning bilim olishida muhim manba hisoblanadi.
Ko`rsatmalilik -
deganda, avvalo o`qitish va o`rganishning ko`rgazmali usuli, o`qituvchi bayonining ko`rgazmali
bo`lishi, uning o`quvchilardagi tayyor obrazlarga suyana bilishi, o`quv materialini bayon qilish
vaqtida ko`rgazmali qurollardan foydalanishning va ko`rgazmali qurollar vositasida o`quvchilarn-
ing bilish faoliyatini faolashtirish hamda ularning o`rganilayotgan tarixiy faktlarini voqea va hod-
isalarni aynan o`zini yoki ularning tasvirlarini ko`rish yordamida o`rganishlari tushuniladi.
O`qituvchining bayoni har qancha to`liq bo`lganda ham o`quvchilarning voqealar to`g`risidagi
tasavvurlari to`la bo`lmaydi. Masalan, 6- sinf o’quvchlari Mil.avv.490-yil Marafon jangida fors
harbiy flotining Egey dengizni kesib o'tgan kemalarini hamda, Mil.avv.480-yil Salamin jangidagi
yunonlarning "triyera"larini tasviri yoki modellarini ko`rmay turib u kemalarni, o`sha vaqtdagi
dengiz jangi manzarasini ham to`la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo`lmaydi.
Mavzuga oid tasvirlar, video lavxalar tarixiy fakt va hodisalarning ma`nosini osonroq tushunib
olishlariga yordam beradi. Shu tariqa ko`rgazmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni
ko`rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan che-
garalanmaydi. Murakkab tarixiy hodisalarni, tushunmaganlarini tushunib olishini ham osonlashti-
radi, tarixni to`g`ri real tushunishga yordam beradi.
Shunday qilib ko`rgazmalilik metodi - o`qituvchi bayonining aniq, obrazli bo`lishiga yordam
beradi. O`quvchilarning mavzularni o`rganishga qiziqishni oshiradi va ularning bilish faoliyatini
faollashtiradi, o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa usullari o`quvchilarning
tushunib olishini osonlashtiradi, o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi.
Har bir o'qituvchi tarix darslarini o'tish davomida ko`rgazmalilikka e'tibor berish bilan bir-
galikda innovatsion metodlardan ham o'z o'rida foydalanib, o'quvchilarni bilimlarini
tеkshirishmiz mumkin. Masalan:
1.“Мuammli vaziyat”
metodi – ta’lim oluvchning muammoli vaziyatlarning sabab va oqi-
batlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan metoddir.
2. ‘‘Tushunchalar taxlili’’ metodi - bunda bir nechta tushunchalar beriladi, ularni to’g’ri yoki
noto’g’ri ekanligini og’zaki nutq orqali isbotlaniladi.
3.“Кlaster” metodi - tа’lim oluvchlarda berilgan mavzu xususida erkin fikrlash vа turli javoblar
o'rtasida bog'liklik o'rnatish va guruhlash imkoniyatini yaratuvchi metoddir.
Bulardan tashqari yana ko'plab innovatsion metodlardan foydalanish mumkin.
Xullas, zamonaviy ta'limning vazifalari bilimlar dunyosini ijodiy zabt etish vositasi faqat bili-
mini ma'lum qilishgina emas, balki o'zgartirish hamdir. Endigi vazifa mana shu bunyodkor tizimni
mustahkamlash, uning zaiflashishiga yo'l qo'ymaslik. Shundagina oliy maqsadimizga erishamiz
- buyuk xalq bo'lamiz, buyuk davlat barpo etib, o'zligimizni yana bir karra namoyon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: