11.2. Geokimyo fani maqsadi va vazifalari, tarixi.
Fanning tarixi
Geokimyo - fan sifatida XX asrda yuzaga
keldi. U Yerning kimyosini o ‘rganadi. Geokimyoning yuzaga
kelishida,
rivojlanishida
va
takomillashishida
mineralogiya,
petrografiya va kimyo larning hissalari o ‘Ikan, chunki
ular
o ‘zlarining tarixiy rivojlanishida geokimyo uchun ko‘p miqdordan
dallillar to‘pladi.
Mineral va tog‘ jinslarining tarkibi kimyoviy elementlardan
tashkil topganligi sababli geokimyo uchun dastlabki m a’lumotlar
bo‘lib xizmat qildi. Ushbu dallillaming to 4planishida katta xissa
qo‘shganlarga - Demokrit (370-460 eramizdan oldin), Aristotel
133
(322-384 eramizgacha), Abu Ali Ibn Sino (985-1057), A1 Beruniy
(975-1048), Agrikola-Baura (1494-1555), Robert Boyl (1 6 2 7 -
1691), Leklerka de Byuffon (1707-1787), E.M itcherlix (1794—
1863), X.F.Shenbeyn (1799-1868) va boshqa ko'plab olimlar kiradi.
Geokimyo atamasini birinchi bo'lib 1838-yili Shveysariya
kimyochisi X.F.Shenbeyn ishlatdi.
Geokimyoning mustaqil fan darajasiga ko ‘tarilishidagi asosiy
omillarga qo'yidagilam i ko‘rsatish mumkin:
1. Rus kimyochi D.l.Mendeleyev tomonidan elementlaming
davriy qonunining yaratilishi;
2. XX asming boshlariga kelib dunyoda 70-80 kimyo
elementlaming topilishi;
3. Laboratoriya sharoitida sun’iy minerallarning olinishi va
ularning tabiatdagi hosil bo'lish xolatini yuzaga keltirish, hamda
jaxon fiziklari tomonidan mineral va jinslardagi kimyoviy
elementlaming
miqdorini
aniqlaydigan
asbob-uskunalarning
yaratilishi va nixoyat dunyo mineraloglari tomonidan nazariy
mineralogiyaning yuzaga kelishi va boshqalar.
Geokimyoning rivojlanishida va yuzaga kelishida ingliz
kimyochisi Robert Boyl (1627-1691) okeanlar (gidrosfera) va
atmosfera kimyosiga doir masalalami ko‘tardi. U birinchi bo‘lib
okean suvlar tarkibidagi elementlaming miqdorini
aniqladi.
Dj.Pristli (1733-1804) va V.Lavuaze (1743-1754) atmosfera
tarkibidagi kimyo elementlaming miqdorini berdi. G.Devi (1778—
1829) vulqondan chiqayotgan gaz va parlaming tarkibini aniqladi.
1815 yili ingliz mineralogi V.Fillips (1773-1828) Yer po‘stida
tarqalgan ayrim elementlaming miqdorini maqolalarida chop etdi.
Shved kimyochisi I.Ya.Berselius (1779-1849) selen, seriy, toriy va
kremniy elementlarini kashf etdi.
Amerika olimi F.Klark (1839-1931) tog* jinslarining tarkibi
qismini o ‘rgandi va 1924-yili G.Vashington bilan birgalikda 6000
dan ortiq tog' jinslarini taxlil qilib Yer po‘sti jinslarining tarkibidagi
petrogen elementlarining o ‘rtacha miqdorini aniqladi. F.U.Klarkning
geokimyoga
qo'shgan
hissasini
inobatga
olib,
jaxon
geokimyochilari, kimyoviy elementlaming mineral va jinslardagi
miqdorini “klark” soni deb atadi. R.Boyl (1627-1691) shu davrda
mavjud kimyoviy elementlami tartibga solish uchun geokimyoviy
134
tasnifi e ’lon qildi. Yetarli darajada kamchiliklar boMishiga
qaramasdan, dastlabki ilg‘or tasnif hisoblangan. M a’lumki XVII asr
o ‘rtalarida faqat 13 element m a’lum edi. B u la r- Au, Ag, Cu, Sn, Fe,
Hg, S, Sb, Zn, As, Pb, Bi. 1815-yili ingliz kimyochisi U.Praut
(1785-1850) va nemis kimyochisi I.Dyobereyner (1780-1849) litiy,
natriy, kaliy, kalsiy, stronsiy, bariy, xlor, yod,selen, tellur,
marganets, xrom va boshqa elementlaming kimyoviy xususiyatlarini
o ‘rganib, ulami m a’lum tartib bilan joylashtirdi.
XIX asrning oxirlariga kelib, tabiatda 100 ga yaqin kimyoviy
elementlaming mavjudligi isbotlandi. XIX asrda kimyo fanining
rivojlanishi va juda ko‘p tajriba m a’lumotlari to ‘planganligi sababli
kimyoviy
elementlarni
tartibga
solish
ixtiyoji
tug‘ildi.
Elementlaming
xossalaridagi
o‘xshashlikka
asoslanib
ulami
muayyan guruhlar tarzida birlashtirilishiga urinib ko'rildi. Lekin
mutaxassislar guruhlar orasida bog'lanishni topa olmadilar. Shunday
boMsada bu sohadagi urinishlar bexuda ketmadi. D.I.Mendeleyev
1869-yilda kimyoviy elementlaming davriy sistemasini yaratdi.
Mendeleyev elementlarni tartibga solishda ularning atom og‘irligini
va kimyoviy xossalamini asos qilib oldi. Demak, elementlaming
muayyan xossalari davriy ravishda takrorlanadi. XIX asrning oxirida
fransuz petrograflari F.Fuke va O.Mishel-Levi laboratoriya usulida
(lab. “Ekol de Frans”) suvsiz silikat moddasidan — oligoklaz,
labrador, nefelin, leysit va boshqa jins hosil qiluvchi minerallami
oldi. Shu davrda nemis mineralogi K.Dyolter sulfid minerallaridan
pirit, galenit, kovellin, bomit minerallami yaratdi.
Rossiya olimi K.D.Xrushev kvars, tridimit, magniyli slyuda va
rogovaya obmanka laboratoriya usulida oladi. A.Morozovich
(Polsha) su’niy kristall - korund, sillimanit, avgit va boshqalarni
oladi.
P.A.Zemyatchinskiy
(Peterburg
universiteti)
1896-yili
kaolinga xlorli kaliy ta ’sir ettirib muskovit oladi. Albatta, bunday
misollaming soni dunyo miqyosida juda ko‘p, ulami takrorlash
matnda ko‘p joy egallashi mumkin. Shunday qilib XX asrda
eksperimental mineralogiyaning (sun’iy minerallar olish hisobida)
jadal suratlar bilan rivojlanishi tufayli, laboratoriya usulida tabiiy
geokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirish oqibatida geokimyo fan
sifatida namoyon bo‘lishiga zamin tayyorlandi.
135
Shunday qilib, geokimyo fani nimani o ‘rganadi? Ushbu
savolga javob berish uchun jahon geokimyochiiar fikrlari bilan
o ‘rtoqlashamiz.
F.Klark (1924) - mavjud har bir mineral va tog4 jinslari
kimyoviy sistema (tizim) bo‘lib, muayyan fizik-kimyoviy sharoitda
yuzaga keladi.
V .l.Vemadskiy (1927): geokimyo - nazariy va amaliy
jihatdan elementlaming yer p o ‘stida tarqalishi, miqdori va harakatini
o ‘rganuvchi fan.
E.A.Fersman (1932) fikri bo‘yicha geokimyo - kimyoviy
elementlaming tarixiy taraqqiyotida tutgan o ‘mi va fizik -kim yoviy
sharoitlar tufayli turli xil birikmalar berish sabablarini o ‘rganadi.
V.M.Goldshmidt (1924) bo‘yicha geokimyo - mineral, tog4 jinslari,
suv, havo va tuproqlarda elementlaming miqdori va ulaming ion va
atom bog‘lanish moxiyatlarini o ‘rganadi. Polyak geokimyochilari
A.PoIanskiy
va
K.Smuklikovskiylar
b o‘yicha
geokimyo
-
elementlaming tabiatdagi tarixi va rivojlanishini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |