Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

 O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI 
РЕЖА:
1.
O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari. 
2.
Yaqin masofali va uzoq masofali oqim yo‘nalishlari. 
3.
Fotosintetik organ bo‘lgan xloroplastlarda oddiy organik moddaarning hosil bo‘lishi va o‘zgarishi. 
4.
Organik moddalarning transport jarayonlari. 
5.
Moddalarning harakatlanish tezligiga tashqi va ichki omillarning ta’siri. 
Tayanch atama va iboralar: 
moddalar transporti, floema, ksilema, oqimlar, yo‘nalishlar, yaqin masofali, uzoq masofali, 
simplast, apoplast, vakuolalar, plazmodesma, sitoplazma, FGA,FGK, FDA, glyukoza, saxaroza, 
xloroplast, membrana, asosiy osqichlar, meristematik to‘qimalar, poya, ildiz, generativ organlar, zaxira. 
O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri 
moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning 
boshqa organlarga siljishi o‘tishi va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro 
birligi ta’minlanadi.Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi,rivojlanishi va hosildorlik 
darajasini xarakterlaydi. 
O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Pastdan yuqoriga va yuqoridan 
pastga yo‘naladilan oqimlar mavjud. O‘simliklar ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral 
moddalarning pastdan yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi (2.2 va 5.5 
bo‘limlarga qarang). Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari 
bo‘ylab pastga yo‘naladi.
Oqim yo‘nalishlaishlari ikki xil yaqin va uzoq masofali xarakterga ega. Yaqin masofali transport 
hujayra va to‘qimalarda bo‘lib, asosan o‘ch yo‘l orqali amalga oshadi. Simplast oqim sitoplazma va 
plazmodesmalar vositasida harakatlanadi. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi va 
uchinchi yo‘l-vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport juda qisqa hatto 
millimetrlar bilan o‘lchanib, moddalarning barg mezofilidagi ildiz va poyadagi radial transportini o‘z 
ichiga oladi.Uzoq masofali oqim ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Odatda bu naylar 
o‘simlik tanasidagi hamma qismlarni tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o‘nlab 
santimetrdan to o‘nlab metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa daraxtlarda). Yaqin va uzoq masofali 
transportlarda vaqt energiya sarflanadi. 


86 
A.L.Kursanovning (1976) ko‘rsatishicha organik moddalarning harakat-lanishi bir necha 
bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan 
organik moddalar - sodda birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), 
fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan shakarlar xloroplast membranasi orqali sitoplazmaga 
o‘tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan sitoplazmaga o‘tishi hujayra ichidagi yo‘l 
bo‘lib,yaqin masofali harakatdir (87-rasm). 
Ikkinchi bosqichda -sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza-difosfat va fruktozafosfat-
glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi hujayra metabolizmi (nafas olish va boshqa 
jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan aososiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va 
yonma-yon joylashgan hujayralarga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar oraliq 
hujayralargacha yetib boradi. Oraliq hujayralar mezofil hujayralari bilan elaksimon hujayralar o‘rtasida 
joylashgan. 
Uchinchi bosqich -oraliq hujayralar organik moddalarni qabul qilib,ularni floema naylariga 
o‘tkazadi. Bu jarayonda oraliq hujayralar nasos funksiyasini bajaradi va ATF molekulasining energisi 
sarflanadi. 
Yakuniy bosqichda (to‘rtinchi bosqich) -floema elementlariga o‘tgan organik moddalar uzoq 
masofali transport vositasida, o‘simlikning hamma tirik to‘qimalari va organlariga yo‘naladi. Elaksimon 
naylarning atrofida joylashgan, oraliq hujayralargacha glyukoza holatida yetib kelgan moddalar 
saxarozaga o‘zgaradi. Elaksimon naylarda organik moddalar asosan saxaroza holatida harakat qiladi. 
Assimilyator talab qilinadigan yoki zaxira sifatida to‘planadigan joylarga yetib kelgandan keyin 
elaksimon naylardan chiqib yana glyukoza ko‘rinishida, simplast yo‘li bilan, konkret joylarga yetkaziladi. 
O‘simlikning faol o‘suvchi to‘qima va organlari -barglar, ildiz va poyalarning meristematik 
to‘qimalari, yosh generativ organlar organik moddalarni faol ravishda o‘ziga tortadi. Bu organlar 
zaxiradagi va voyaga yetgan, o‘sishdan to‘xtagan barglardan ham assimilyatorlarni so‘rib oladi. 
Moddalarning harakatlanish tezligi harorat, suv rejimi, mineral oziqlanish, fotosintez, nafas olish va 
boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Haroratning pasayishi, to‘qimalarda suv defitsitligining ro‘yobga 
kelishi,nafas olish jadalligining (kislorod yetmaslik, zaharli moddalar ta’sirida) pasayishi natijasida 
energiyaning kamayishi,fotosintez jadalligi past bo‘lishi natijasida organik moddalarning kam hosil 
bo‘lishi kabilarning ta’siridan organik moddalarning harakatlanishi ham sustlashadi. O‘z 
navbatida,o‘simlik funksiyalarining integratsiyasida va fiziologik jarayonlarning faolligini belgilashda 
moddalar transportining ham roli katta. 
73-rasm.

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish