2. Moliyaviy tahlil etish orqali xo‘jalik sub’ektining samarali
faoliyatini yo‘lga qo‘yish
Bugungi
kun
iqtisodiyoti
xo‘jalik
sub’ektlari
oldiga
texnik-texnologik taraqqiyotga, ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotni
yshlga qo‘yishga unamoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqaruvchilardan
samarali
faoliyat
shakllarini
yo‘lga
qo‘yishni,
tadbirkorlikni
faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab
etadi.
Bu vazifalarning birontasini iqtisodiy,
moliyaviy tahlilsiz amalga
oshirib bo‘lmaydi. Bu borada avvalo boshqaruvning o‘zini ham
takomillashtirish
masalasiga
alohida
ahamiyat
qaratish
lozim.Boshqaruv tizimi takomillashtirilmas ekan, uning muhim
dastaklari takomillashtirilmaydi. Bugungi kunda boshqaruvning
takomillashgan shakli sifatida uning korporativ shakliga o‘tish
yuzasidan dunyo amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd
etish lozim. An’anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida
boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‘u beriladi.
Boshqaruvning kompleks tahlil konsepsiyasi –
boshqaruv qarorlarini
qabul qilishda barcha jihatlarini hisobga olishni, ko‘plab soha
mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur
konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi
mezonlar faqat miqdor ko‘rsatkich (Quantitative indicators) bilan emas,
balki sifat ko‘rsatkichlari (qualitate va indicators) bilan ham baholanadi.
Bet 37 dan 10
Moliyaviy natijalar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum
hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli
mablag‘larning pirovard oshishi yoki kamayishidir.
Ular axborotdan
foydalanuvchilarga korxona faoliyati samaradorligi, aktivlarning
boshqarilishi darajasini, korxonaning potensial imkoniyatlari va
ularning o‘zgarish sur’atlarini, boshqaruv jamoasining imkoniyatlarini
baholashga va korxona istiqbollarini taxmin qilishga yordam beradi.
Buxgalteriya hisobida faoliyat natijasi hisobot davridagi foyda (yoki
zarar)larni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shuningdek, moliyaviy
natijalarni shakllantirish bilan bog‘liq ob’ektlar soliq munosabatlari
bilan ham chambarchas bog‘lanib ketadi. Shu sababdan ham
moliyaviy natijalarning shakllanish jarayoni moliyaviy hisobni
yuritishda muhim o‘rinni egallaydi. Moliyaviy natija ko‘rsatkichlari,
ularni hisoblash tartibi, daromadlar va xarajatlarning tasniflanishi
davlat tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Tahlilning
boshqaruvidagi
roli-boshqaruv
sub’ektlariga
boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik
jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi
va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish
yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Tahlilning
boshqaruvdagi
roli-boshqaruv
sub’ektlariga
boshqaruv ob’ektini (xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi
va natijalari yuzasidan boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish
yuzasidan zaruriy axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
xo‘jalik tijorat-moliya faoliyatining joriy
holatiga baho berish va uni
Bet 37 dan 11
kelgusida yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni
boshqarish sub’ektlariga yetkazib berishdan iborat.
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini-xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy,
moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va
chiqimidagi ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini
oshirishdagi kompleks
o‘rganishlarning zaruriyligi xarakterlaydi.
Raqobatdosh
iqtisodiyotga
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
boshqaruvini tubdan takomillashtirish samaradorlikni o‘z-o‘zidan
ta’minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlarni
yaratishorqali raqobatdoshlikni ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni talab
etadi. Bu jarayonlar albatta
ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi
ijobiylikni ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va
samara,
natijaviylikda
ijobiy
o‘zgarishlar
xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlarning faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy
o‘rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati, uni yo‘lga qo‘yishdagi
kafolatlangan erkinliklari hamda ma’lum bir dastaklar asosida
tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy
yechimlar asosida boshqarib
boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, maydadan
yirikka, sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi iqtisodiy, moliyaviy tahlilni
yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
Bet 37 dan 12