Ключевые слова:
хирургические заболевания, кожные воспаления, служебные
собаки, лекарственные растения, наборы, фитотерапия, антикоагулянты.
№1 | 2022
67
Baxriddinov Qaxramon Muxiddin o’g’li.
Tashtemirov Ravshanbek Matlyubovich
Samarkand Institute of Veterinary Medicine
AN HERBAL REMEDY FOR SKIN DISEASES DESCRIPTION OF THE MEANS.
(BASED ON THE LITERATURE)
SUMMARY
Among the existing pathologies in dogs after internal non-infectious diseases, one of the
leading places is occupied by surgical diseases. The search for optimal treatment of skin
inflammation, prescribing treatment based on pathogenesis, and reducing the volume of drug therapy,
leading to the development of toxic-allergic conditions, remains an urgent problem in veterinary
medicine. Such tasks were performed by medicinal plants that have long been used in medicine and
veterinary medicine. This article provides a brief literature review on the description of herbal
medicine used in the treatment of skin diseases.
Keywords:
Surgical diseases, skin inflammation, service dogs, medicinal plants, kits,
phytotherapy, blood thinners.
A.V. Sapojnikov (2006) bo‘yicha, oxirgi yillarda teri – muskul shikastlanishlarida
yallig‘lanish jarayonlarning og‘ir kechishiga moyillik kuzatiladi. Optimal davolash yo‘llarini topish,
patogenetik asoslangan davolashni belgilash, toksik – allergik holatlarni rivojlanishiga olib keladigan
medikametozli terapiya xajmini qisqartirish veterinariyaning aktual muammosi bo‘lib qolmoqda.
Umumiy va mahalliy intoksikasiyasini pasaytiruvchi usullarini qo‘llash, organizm ximoya kuchlarini
oshirish va organizmning adaptasion – moslashuvchi qobiliyatini kuchaytirish lozim.
O.I. Yeliseyeva, (2004) bo‘yicha, amaliy chorvachilik sharoitida mikrobli (pirogenal,
prodigiozan, bio–stim, ribav, bronxomunal), hayvonot (timalin, T–aktivin, xitozan, plasenta
preparati, neogestol, biostimulgin), o‘simlik (estifan, bioinfuzin, erakond, spirustim), sintetik
(levomizol, timogen, immunofan, poludan) vositalar qo‘llanadi.
Sintetik preparatlar ko‘proq toksik bo‘lib, qiyin boshqariladigan autoimmun patologiyalar
rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ayrim lipopolisaxaridlar, ad’yuvantlar, mediatorlar infeksion
patologiyani og‘irlashtiradi va hatto hayvon o‘limiga olib keladi (N.A. Zolotareva, 2003).
Jarrohlik patologiyada yallig‘lanish reaksiya ingibitorlarini kiritilganda kasallik belgilari
yo‘qotiladi ammo qo‘zg‘atuvchining tarqalishiga to‘sqinlik qilinmaydi. O‘simlik ashyolaridan
olinadigan vositalar kuchsizroq ta’sir qiladi, ammo ular organizmga yumshoqroq ta’sir qilib,
asoratlarni chaqirmaydi, bu esa yangi tug‘ilgan hayvonlarning hali yetilmagan T va V – limfotsitlari
uchun juda muhim (B.M. Avakayans, 2001).
R.A. Xasanova (2005) ta’kidlashicha, uy hayvonlarini nafaqat dorilar bilan, balki dorivor
o‘tlar bilan ham davolash mumkin. Hammaga ma’lum choylar va yig‘malar ham odamlarga ham
itlarga yordam beradi. Ularni ishlab chiqish texnologiyasi oddiy. O‘simlik yig‘malari ichki va tashqi
qo‘llanish uchun ishlatiladi. Qo‘llanish usuliga qarab, yig‘malar bir nechta turlarga bo‘linadi.
Fitoterapiya eng qadimiy tibbiyot tizimi bo‘lib hisoblanadi. U nafaqat og‘riqlardan halos
etadi, balki butun organizmning funksiyalarni tiklaydi va natijada tabiiy tuzalishga olib keladi.
Xozirgi vaqtda tibbiyotda juda qadimdan ma’lum bo‘lgan 2000 yaqin dorivor o‘simliklar
qo‘llanadi. Zamonaviy dorilar o‘simliklar ekstrakti yoki ularning sintetik analoglardan tashkil topadi.
Aspirin (tol po‘stidan) va digitalis (naperstyanka o‘simligidan) lar o‘simliklardan olinib, xozir ham
ishlatiladi. Ammo ekstraktlar ham sintetik analoglar ham ko‘p hollarda pobochnqy effektga ega
bo‘lgani uchun, ularning dorivor xususiyatlari bevosita o‘simliknikidan pastroq.
http://www.travolekar.ru/articles/pract/wund.htm; A.N. Alefirov (2002) ta’kidlashicha,
fitoterapiyani teri kasalligini davolashda quyidagi maqsadlarda qo‘llaydilar:
1. Qonni to‘xtatish.
2. Yallig‘lanishni qo‘zg‘atadigan mikroblarni yo‘qotish.
3. Jarayon bitishini tezlashtirish.
№1 | 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |