Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


III BOB. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana29.05.2022
Hajmi0,97 Mb.
#617430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Maxmudova Sarvinoz

III BOB. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
 
Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) 
egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi. Otlar nutqda doimo grammatik son va 
kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi 
ot. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida har doim ham 
ishlatilmaydi.
3.1. Son kategoriyasi 
Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar 
son kategoriyasini tashkil etadi. Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning
bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan:
kitob, olma, qalam
kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik 
(kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z 
grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.
Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va 
bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi 
–lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini 
ifodalashning bu usuli 
morfologik usul
deb yuritiladi. Masalan: 
kitob - kitoblar, 
qalam - qalamlar
. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, 
sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son 
kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, 
kuch-qudrat, 
savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat
kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan 
otlardir. Juft turdosh otlarning 
yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz
kabi turlari ko‘plikda 
qo‘llaniladigan otlardir. 
Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-
ma’shuq, oshna-og‘ayni 
kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida 
ishlatilishi mumkin. 
O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga 
mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan 
otlar, atoqli otlar, jamlovchi(
xalq, o‘rmon
) va jamlik (
soch, kiprik
) otlari kiradi. 
Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( 
matematika, adabiyot, dehqonchilik, 



o‘qituvchilik
) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi. Bunday otlarga -lar affiksi qo‘shilganda 
ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos 
modal ma’no
deb 
yuritiladi. Grammatik son affiksi asosida ifodalanadigan modal ma’nolar 
quyidagilardan iborat: 
1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi 
ifodalanadi: 
Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, 
Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq
. Atoqli otlarning
bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning 
barcha qismi anglashiladi:
Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha 
qilmoq kabi.
2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: 
uyqularim 
qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi
kabi. Xuddi shunday modal 
ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik 
tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: 
ko‘zlarim 
achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi.
3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi 
anglashiladi: 
unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar 
(qora, sariq ).
4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –
lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: 
bobomlar, akamlar, amakimlar 
kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, 
shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. Qiyoslang: 
akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim
. Shuningdek, hurmat 
ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida birikkan ba’zi narsa-
buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat 
ma’nosi anglashiladi: 
Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, 
amakimlarning uylari.
5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan 
piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: 
Tojixon 
o‘zlaridan
ibrat olsa, kamina 
kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. Qahhor) 


10 
Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan tashqari quyidagi 
unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:
1) leksik- semantik usul.
Grammatik 
jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: 
xalq, 
armiya, to‘da, poda;
2) leksik-sintaktik usul.
Son va ot turkumiga oid so‘zlarni 
biriktirish hamda takroriy otlar orqali: 
o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta 
- dasta gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla 
kabilar. Narsaning birdan ortiqligini 
qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, otning morfologik 
ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) qarama-qarshi 
bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi.

Otdan boshqa so‘zlarda son. Grammatik son kategoriyasi otdan boshqa so‘z 


turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro 
farqlanadi. Ayni paytda son kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida 
ishlatilishi va otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi. 
1. Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb 
nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning 
harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha 
o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub 
Men, hech kim, hech nima 
va
 o‘z
olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, 
asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va 
ko‘plikda ishlatilishi mumkin: 
Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, kim-kimlar, 
har nima-har nimalar
kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –lar affiksi qo‘shilganda 
ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen olmoshiga –lar qo‘shilganda 
tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki tinglovchini kamsitish, mensimaslik 
ma’nosi yuzaga keladi: 
Senlarga gapirayapman!
O‘zlik olmoshiga –lar 
qo‘shilganda esa piching, kesatiq ma’nosi anglashiladi: 
O‘zlari qadam ranjida 
qilibdilar-da. 
2. Ism guruhiga mansub sifat, sifat o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, ba’zi 
ravishlar va fe’lning sifatdosh shakli kabi so‘zlarga –lar affiksi qo‘shilganda 
otlashish asosida grammatik son tushunchasi yuzaga keladi: 
yaxshilar, kattalar, 
kichiklar, o‘shalar, shular, avvallari, ilgrilari, ko‘plar, o‘qiganlar, boradiganlar


11 
kabi. Miqdor sonlarga –lar qo‘shilgan-da taxmin-chama ma’nosi hosil bo‘ladi: 
Soat 
ikkilarda uchrashamiz. 
Ko‘plik affiksi fe’llarga qo‘shilganda birgalik nisbati hosil 
qiluvchi –sh\-ish affiksi bilan sinonim bo‘ladi: 
bordilar-borishdi, o‘qidilar-o‘qishdi
.
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish