26
Affikslar juft otning keyingi qismiga qo‘shiladi:
ota-onada΄n, osh-nonni΄ng, aka-
ukala΄r, arz-dodimizni
.
Juft otlar tarkiban har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zlardan, bir qismi
mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan va har ikkala
qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi:
1. Har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘z bo‘ladi. Bunda juft so‘zlar o‘zaro
ikki xil bog‘lanadi: a) bog‘lovchilarsiz:
ota-ona, qozon-tovoq;
b) –u, -yu
yuklamalari yordamida:
tog‘-u tosh, olma-yu o‘rik
.
Juft otlarning har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zdan tuzilganda uning
qismlari quyidagicha farqlanishi mumkin: 1) har ikkala qismi hozirgi tilimizda
ishlatiladigan mustaqil so‘z bo‘ladi:
o‘yin-kulgu, tog‘-tosh, sigir-buzoq, qo‘y-qo‘zi;
2) mustaqil so‘zlarning ikkinchi qismi tarixiy yoki eskirgan so‘z bo‘ladi:
ko‘cha-
kuy, el-ulus, idish-oyoq
; 3) mustaqil so‘zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi
o‘zlashma so‘z bo‘ladi:
kuch-quvvat, o‘y-xayol
(o‘zbekcha+arabcha),
tuz+namak
(o‘zbekcha+ tojikcha),
savdo-sotiq, gap-so‘z
(tojikcha+o‘zbekcha); 4) mustaqil
so‘zlarning har ikkalasi o‘zlashma so‘z bo‘ladi:
hol-ahvol, hisob-kitob, sir-asror
(arabcha).
Juft otlarning tuzilshida so‘zlar ma’no jihatdan quyidagicha munosabatda
bo‘ladi: a) mazmunan bir-biriga yaqin, umumiy bir guruhga mansub bo‘lgan
uyadosh so‘zlardan:
oyoq-qo‘l, yuz-ko‘z, , idish-tovoq, sigir-buzoq;
b) ma’nodosh
so‘zlardan:
o‘y-xayol, kuch-quvvat, or-nomus, baxt-saodat, qo‘ydi-chiqdi;
v)
qismlari zid ma’noli so‘zlardan:
yer-ko‘k, er-xotin, o‘g‘il-qiz, keldi-kitdi, oldi-berdi;
g) butun-bo‘lak munsabatga ega bo‘lgan so‘zlardan:
gap-so‘z, tog‘-tosh.
2. Bir qismi mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan
so‘zlardan tuzilgan juft otlar:
kiyim-kechak, bozor-o‘char, temir-tersak, maza-
matra, qand-qurs.
3. Har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar:
g‘ala-g‘ovur, lash-lush, ikr-chikir, g‘idi-bidi
.
27
Juft otlar vositasida ifodalangan ma’no har xil bo‘ladi: a) ma’no umumlashadi
va kengayadi:
qovun-tarvuz, qozon-tovoq, qo‘y-echki
; b) ma’no umumlashadi va
jamlanadi:
o‘g‘il-qiz, ota-ona, aka-uka.
Bundan tashqari, boshqa turkumga mansub so‘zlar juftlashib, otga ko‘chishi
ham mumkin. Bunday juft so‘zlar quyidagi turkumlarga doir so‘zlarning ma’no
ko‘chishi asosida yuzaga keladi:
issiq-sovuq, oq-qora, kam-ko‘st
sifatdan;
kam-
ko‘st, kam-ko‘p
ravishdan;
yurish-turish, yeyish-ichish, yozuv-chizuv, keldi-ketdi,
bordi-keldi, ur-yiqit fe’ldan; adi-badi, qiy-chuv
kabi taqlid so‘zlardan.
Do'stlaringiz bilan baham: