93
5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni
rasmiylashtirish va hisobga olish
1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni
O’zbekiston Respublikasi Markaz.iy banki Davlat byudjetining
kassa ijrosini tashkil etadi. Davlat byudjeti - bu moliyaviy reja bo’lib ikki qismdan:
daromadlar va xarajatlar qismidan iborat.
Mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
Davlat byudjetiga turli xil soliq va to’lovlar o’tkaziladi.
Bundan tashqari, barcha
mulkchilik shaklidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa xujalik
yurituvchi subektlar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan ish xaqi,
rag’batlantirish hamda mukofot summalaridan va mehnat qonunchiligida belgilangan
tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan
boshqa daromadlar hisobidan
daromad solig’i va badal summalarini ushlab qoladilar .
Bular bilan birgalikda bojxona to’lovlari ham joriy
qilingan. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha daromad va tushumlar davlat byudjetining
daromadlar qismini tashkil etadi. Davlat byudjetining ikkinchi qismi bu - xarajatlar
qismidir. Davlat byudjetining xarajatlari o’z ichiga mudofaa xarajatlarini, maorif, fan,
texnika, sog’liqni saqlash, madaniy muassasalari va madaniy tadbirlar xarajatlarini
oladi. Shu bilan birga davlat byudjeti xarajatlariga davlat
apparatini ushlab turish
xarajatlari kiradi.
Demak, davlat byudjeti moliyaviy reja bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti bir yilga tuziladi va
muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Oliy Majlis sessiyasiga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjetini,
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini,
viloyat, shahar, tumanlar byudjetlarini birlashtiradi Umumlashgan
davlat byudjetini Davlat byudjeti
va byudjetdan tashqari fond
mablag’lari" tashkil etadi.
O’zbekistonRespublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri -
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat byudjetining kassa
ijrosini taminlashdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan
«O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, kassa ijrosi to’g’risida» 1009-sonli
yo’riqnoma ishlab chiqilgan. Bu yo’riqnoma Markaziy bank boshqaruvi tomonidan
2001
yil 12 yanvarda tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi
yo’riqnoma «O’zbekiston .Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 3-
moddasiga, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 27-moddasiga
asosan Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish
va uning hisobini yuritish
qonun-qoidalarni belgilaydi.
Davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalari deb barcha tijorat banklari
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika va maxalliy byudjet
foydasiga o’tkaziladigan soliqlarni, tushumlarni, byudjetdan tashqari fondlarga
94
to’lanadigan to’lovlarni
qabul qilish, kelib tushgan respublika byudjeti
mablag’laridan mahalliy byudjetga ajratma qilish, byudjet kreditlarini ochish, ularni
bankka o’tkazish, byudjet xarajatlarini amalga oshirish, yuqorida sanab o’tilgan
operatsiyalarning barchasi bo’yicha hisobini yuritish kabilar tushuniladi.
Lekin Markaziy bank davlat byudjetining kassa ijro qilish operatsiyalarini o’zi
bevosita bajara olmaydi. Bu operatsiyalar
tijorat banklariga yuklatilgan, chunki xalq
xo’jaligining turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’z hisobvarag’larini Markaziy bankda emas, balki tijorat banklarida ochganlar. Shu
sababli Markaziy bank o’zining davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha
operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi
banklarida Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarning hisobi
quyidagi balans hisobvaraqlarida yuritiladi:
Markaziy bankning Hisob-kitob markazlarida:
21502 «Xukumat boshqaruv organlarining talab qilib olinguncha depozitlari»
21506 «Boshqa vazirliklar va muassasalarninng talab qilib olinguncha
depozitlari»
21508 «Byudjetdan tashqari tashkilotlarning
talab qilib
olinguncha depozitlari»
Tijorat banklarida:
20202 «Hukumatning byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib
olinguncha depozitlari»
■
20203 «Respublika qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari»
20204 «Mahalliy byudjet qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari»
Do'stlaringiz bilan baham: