08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
157/232
Surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining
jiddiy buzilishlari jinoyat ishini ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan bartaraf etiladi.
Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni og‘irrog‘i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki
ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda
ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun
asoslar aniqlangan taqdirda, sud
surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining
jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning
416
va
417-moddalariga
muvofiq bartaraf etadi.
(415 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun
asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir
etganligini ko‘rsatuvchi
holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish
to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga
xabar qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va ularni alohida-alohida ko‘rish
imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish
asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining,
uning vakilining yoxud sudlanuvchining,
uning himoyachisining, qonuniy vakilining
iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(416-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Iltimosnomada ayblovni to‘ldirish bilan bog‘liq protsessual harakatlarning o‘tkazilishi zarurati
asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud berilgan iltimosnoma bo‘yicha uni qanoatlantirish to‘g‘risida yoki qanoatlantirmasdan
qoldirish haqida ajrim chiqaradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni to‘ldirish to‘g‘risidagi
masalani
hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi va uning ijrosini ayblov
dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada
ko‘rsatgan holda topshiradi.
(416-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qo‘shimcha protsessual harakatlar natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi
prokuror sudga yig‘ilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi
yoki ayblov xulosasiga
qo‘shimchani o‘qib eshittiradi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning
himoyachisiga topshiradi.
(416-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va
ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi bo‘yicha
ularning prokuror
tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga
qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga e’tirozlar taqdim etishga
bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.
(416-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Sud ushbu moddaning
sakkizinchi qismida
ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi
va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon
1
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
158/232
qiladi.
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni o‘zgartirish yoki
to‘ldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud
bo‘lgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.
Sudning ajrimini ijro etish natijalari bo‘yicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan
yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining
ikkinchi qismida
belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
To‘plangan qo‘shimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror og‘irroq ayblovga
o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy
farq qiladigan ayblov asosida qarorning ta’rifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi.
(416-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi — o‘n ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(416-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: