Asosiy qoidalar


 -modda. Ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsni qayta so‘roq qilish



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

121 -modda. Ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsni qayta so‘roq qilish
uchun asoslar
Ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy
da’vogarlarni) qayta so‘roq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud
muhokamasi davomida ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsga berilishi kerak
bo‘lgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tug‘ilganda yo‘l qo‘yiladi.
(12 -bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
13-bob. YuZLAShTIRISh
122-modda. Yuzlashtirish uchun asoslar
Yuzlashtirish ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar
bo‘lganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
4
5
1


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
43/232
Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq
qilinishi mumkin.
123-modda. Yuzlashtirish o‘tkazishning tartibi
Yuzlashtirish o‘tkazish chog‘ida ushbu Kodeksning 
96 — 108-moddalarida 
nazarda tutilgan
so‘roq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya
qilinadi.
Yuzlashtirib so‘roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har
bir so‘roq qilinuvchidan navbat bilan ularning o‘zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o‘zaro
munosabatlari qanday ekanligini so‘raydi va javoblarini tinglaydi. Shundan so‘ng har bir so‘roq
qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‘g‘risidagi savollarga javob
berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli
bo‘lsa, yuzlashtirishda har ikki so‘roq qilinuvchi bir masala yoki bir holat bo‘yicha ko‘rsatuv bergach,
ularga keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berilishi mumkin.
Yuzlashtirish chog‘ida so‘roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida
raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so‘roq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida
so‘roq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari
mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega
bo‘lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo‘lmagan
savollarni chetlatishga haqlidir.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish