Asosiy qoidalar


-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi
hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin.
Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud
bo‘lgan, biroq sudga ma’lum bo‘lmagan holatlardir.
Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat:
1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv yoxud ekspertning bila turib
yolg‘on xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy dalillar, tergov va sud harakatlari
bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib noto‘g‘ri tarjima
qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim
chiqarilishiga sabab bo‘lganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz
hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yo‘l
qo‘yganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
3) muayyan jinoyat ishini ko‘rish chog‘ida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
4) o‘z holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud
u hukm etilganiga nisbatan og‘irligi darajasi bo‘yicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud
oqlangan shaxsning yoki o‘ziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan
boshqa holatlar.
523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari
Mahkumning foydasini ko‘zlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta ko‘rib
chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.
Mahkumning o‘limi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar
tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi.
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning
yengilligi yoki og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi munosabati bilan qayta ko‘rishga
faqat Jinoyat kodeksining 
64-moddasida
belgilangan javobgarlikka tortishning o‘tish muddatlari
davomida va yangi holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yo‘l
qo‘yiladi.
Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 
1 — 3-bandlarida
 nazarda tutilgan hollarda
— soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov
yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan
chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 
4-bandida
nazarda tutilgan hollarda —
yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida sudga
prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan
shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish