Asosiy qoidalar


 -modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

405 -modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy
yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish
uchun asoslar
Sudya jinoyat ishining sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga doir to‘sqinliklarni bartaraf etish
uchun uni taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda
prokurorga yuboradi, agar:
1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda
tuzilgan bo‘lsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan
hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa;
2) tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan birga sudga
yuborilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati bo‘lsa;
3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 
332-moddasida
nazarda tutilgan
asoslar mavjud bo‘lsa;
4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chog‘ida unga ushbu Kodeksning 
375
 va
381 -moddalarida
nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan bo‘lsa;
5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yo‘sindagi majburlov
chorasini qo‘llash uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar
ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish
yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida
malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki
eshituv jarayonida aniqlangan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining 
5-bandida
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishini
prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini
qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli
qilmish sifatida tavsiflash uchun asos bo‘lgan holatlarni ko‘rsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki
ijtimoiy xavfli qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi
bilan tavsiflash lozimligini ko‘rsatishga, shuningdek dalillarni baholash to‘g‘risida, ayblanuvchining
aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas.
Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi
to‘g‘risidagi masalani hal etadi. Zarur bo‘lgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash
muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu
Kodeksning 
245-moddasida
nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish