383-modda. Ko‘p voqeali jinoyat ishlari bo‘yicha prokurorning vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. Prokuror yoki uning o‘rinbosari ko‘p voqeali jinoyat ishlari bo‘yicha ayblovning ayrim voqealari
yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan to‘plangan dalillarni ayblov xulosasi yoki ayblov
dalolatnomasini tuzish uchun yetarli deb e’tirof etsa, shu voqealar bo‘yicha tergovni tamomlash va
ishni sudga yuborish haqida yozma ko‘rsatma berishga haqli.
(383-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda) Oldingi tahrirga qarang. 384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo‘lgan masalalar Prokuror yoki uning o‘rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov
dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini o‘rganib chiqishi va:
1) ayblanuvchi zimmasiga qo‘yilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu
qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo‘qligini;
2) qo‘yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini;
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-
kiritilmaganligini;
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb
qilingan-qilinmaganligini;
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo‘ladigan holatlar bor-yo‘qligini;
6) ayblanuvchining qilmishlariga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tavsif berilganligini;
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini;
8) ehtiyot chorasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini;
9) fuqaroviy da’voni va boshqa mulkiy undirishlarni ta’minlash choralari ko‘rilgan-
ko‘rilmaganligini;
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-
aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini;
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilgan-o‘tkazilmaganligini,
barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko‘rib chiqilganligini;
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning
332-moddasi
talablariga rioya
etilgan-etilmaganligini;
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning
379
,
380
va
381 -moddalarida
nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-
qilmaganligini tekshirishi shart.
(384-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda) Oldingi tahrirga qarang.