Asosiy qoidalar


-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat
berish
Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov bo‘linmasi boshlig‘iga va ishni
tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi.
Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi.
44-bob. JINOYAT IShIDA GUMON QILINUVChI TARIQASIDA VA AYBLANUVChI TARIQASIDA
IShTIROK ETIShGA JALB QILISh
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
asoslari
Shaxs ushbu Kodeksning 
221-moddasida 
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir
etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos
beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga
jalb qilinadi.
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
to‘g‘risidagi qaror
Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qo‘zg‘atilgunga qadar ushlangan
bo‘lsa va ushbu Kodeksning 
225-moddasida 
nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli
ekanligini tasdiqlagan bo‘lsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qo‘zg‘atish va ishda gumon
qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida to‘xtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon
qiladi.
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat
kodeksining 
qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari,
shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat ishini
qo‘zg‘atish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror
ko‘rsatilishi kerak.
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta so‘roq qilinguniga qadar e’lon qilinadi. Ayni vaqtda
unga ushbu Kodeksning 
48-moddasida 
nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va
majburiyatlari tushuntiriladi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish