310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga
joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy
qamog‘iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod
qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati
bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga)
tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa
asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga
avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
(310-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda
saqlangan yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti, jazo o‘tagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi
tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va
ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi.
(310-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy
qamog‘iga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli o‘quv
yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga ko‘ra o‘qishga tiklanishi shart.
(310-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgani
tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy
qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, o‘sha aholi punktining o‘zida
avvalgisiga teng qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joy beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok
etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi
to‘xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo‘li bilan pasportning
(harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.
(310-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-
son)
Do'stlaringiz bilan baham: |