08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
93/232
chiqiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi
sudga chaqirilishi mumkin.
(247-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga
joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda
ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.
Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida.
Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish haqidagi yoki
qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib
eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro
uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi
ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalarga binoan
yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
(247-moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini
uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirishga
haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan
qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan
qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi kerak.
(247-moddaning to‘qqizinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: