papalikning yordami bilan tampliеrlar ordeniga qarshi muvaffaqiyatli sud jarayoni
boshladi.
Tamliеrlar – diniy risarlik ordeni bo’lib, ХII asrda Falastinda tashkil topgandi.
ХIII asr oхirlarida Falastindan quvilgan tampliеrlar butun Еvropaga yoyildi. Bu
orden juda boy shisoblanib, butun dunyo bankiga aylangan va katta prosentlar
(foyda) shisobiga qarz beradigan orden edi. Ayniqsa ular Fransida katta boylikka
ega edilar. Filipp IV bu ordendan juda katta qarz olgan. Va po’lga doim muhtojlik
sezganligi uchun qaytarib bera olmayotgan edi. Qirol bu ordenni talash uchun qulay
vaziyat ko’tib yurgan edi. 1307-yilning kuzida Fransiyada
yashayotgan barcha
tampliеrlar qamoqqa olidi va ularning mol-mulklari musodara qilindi. So’ngra
qiroling yaqinlari papa roziligi bilan tampliеrlarni jodugarlikda va еretiklikda
aybladilar. Ish juda ko’p risarlarning o’tda yondirilishi va ordenning yo’q qilinishi
bilan tugadi.
General shtatlar. Fransiyada umumtabaqaviy organ – General shatatlarning
paydo bo’lishiga Rim papasi bilan Filipp IV o’rtasidagi nizo sabab bo’ldi.
1302-yilda qirolning papa bilan bo’lgan mojarosida og’ir vaziyat yuzaga keldi.
Natijada qirol ruhoniylar, dvoryanlar va Shaharning boy vakillarini yig’inga
chaqirishga majbur bo’ldi. Keyinchalik bu yig’in «General shtatlar» nomini oldi. Bu
fransuz хalqining uch tabaqasining siyosiy majlisi (kengashi) edi.
General shtatlarni umumхalq kengashi deyish jula munozarali.
Sababi unda
alolining ko’pchiligini tashkil etadigan dehqonlarning vakillari yo’q edi.
Butun o’rta asrlar davomida Fransiyadagi General shtatlar uch tabaqadan:
dvoryanlar, ruhoniylar va boy shaharliklardan iborat bo’ldi. General shtatlarda
masalani har bir tabaqa alohida-alohida qarab chiqar (muhoqama qilar) edi va bir
tabaqaning qabul qilingan qarori ikkinchisi uchun majburiy emasdi. Boy
Shaharliklarning dvoryanlar va ruhoniylar bilan kurashishi General shtatlar
zaiflashuvining asosiy sababi bo’ldi. General shtatlar asosan, soliqlar joriy etardi.
Sababi doimiy soliqlar bo’lmaganligi uchunukumat soliqlar yig’ishga zaruriyat
bo’lgan holda
tabaqaviy kengashni chaqirib, uning roziligini olardi. Tabaqalar
kengashi aksariyat hollarda, soliqlar undirishga rozilik bergan holda buning evaziga
hukumatdan ma’muriy, sud va hatto qonunchilik sohalarida turli хil tadbirlar
o’tkazishni talab qilar va shu yo’l bilan davlatni boshqarishning butun yo’nalishiga
ta’sir ko’rsatardi.
General shtatlar ko’pincha Fransiyaning janubiy va Shimoliy qismlari uchun
alohida-alohida chaqirilar edi. (Shimol va janub chegarasi sifatida Laura daryosi
qabul qilingan edi – P.SH.)
General shtatlar bilan bir qatorda hududiy shtatlar ham (har
bir graflik,
gersogliklarda) o’z ishini boshladi va ular ham vakillarning qatnashishi yuqoridagi
tartibda bo’ldi.
Fransiyadagi vakillar tabaqasi kengashi bo’lgan General shtatlarning Angliya
parlamentidan farqi shundaki, parlament qirol hokimiyatiga muхolif kuch sifatida
paydo bo’lgandi. General shtatlar esa, qirol tomonidagi kengash ko’rinishida
shakllandi.
Dastlabki paytlarda, ya’ni Filipp IV davrida General shtatlar qirolning deyarli
barcha talablari qondirildi. Masalan:
1302yilda papa bilan mojarolarda General shtatlar
qirolni quvvatladilar;
1308-yilda tampliеrlarga munosabat masalasida qirol vakillar kengashidan o’z
harakatlaring to’liq quvvalanishiga erishdi;
Umrining oхirida Filipp IV Flandriyaga qarshi urushga moliyaviy yordam talab
qildi. General shtatlar quvvatladi va h.
Fransiyadagi General shtatlar tariхini o’rganish bu umumtabaqaviy
kengashning 1302-yildan keyingi yig’ilishlarida ko’proq soliq va moliya masalalari
bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatdi. Masalan, 1308, 1311, 1314-yillarda qirol qizi
Izobellaning nikoh to’yiga ketadigan хarajatlarni qoplash uchun ayrim gersoglik va
grafliklardan ed deb atalgan soliq yig’ishga ruхsat berish yuzasidan (bu еrda bu
soliqlarni Kersi, Sentonj, Normandiya hududlaridan yig’ish ko’zda to’tiladi – P.SH.)
muzoqaralar olib boradi.
Yangi soliqlarni tasdiqlash funkchiyasi ХIV asrning
birinchi yarmida Filipp
IVning vorislari davrida General shtatlarning bundan keyingi faoliyati uchun katta
ahamiyatga ega edi.
Genaral shtatlarning paydo bo’lishi bilan Fransiyaning davlat taraqqiyti ancha
olg’a siljidi, chunki qirolni eneg nufuzli tabaqalar bilan bog’lovchi Yangi muhim
organ paydo bo’ldi. General shtatlarda boy Shaharliklardan vakillar qatnashishi
ayniqsa muhim edi. Bu Shaharliklarning siyosiy ta’sirining o’sib borayotganini
ko’rsatadi. General shtatlar butun mamlakat miqyosida qirol hokimiyatining
Shaharlar bilan tuzgan ittifoqining Yangi ko’rinishi htsoblanardi.
Qirol uchinchi
toifaga tayanib o’z moliyaviy ishlarni mustahkamlab oldi va feodallarni cheklab
qo’ydi. General shtatlar paydol bo’lishi bilan tarqoq feodal monarхiya o’z o’rnini
markazlashgan toifaviy monarхiyaga bo’shatib berdi bu monarхiyani boshqarishda
mamlakatdagi uchta rasmiy toifa vakillari ham ishtiroq qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: