Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar).
Besh yillik
milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya
sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning
asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali
yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada
bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi:
innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan
sanoat tarmoqlariga ko‘chirish;
sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni
sanoat tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchaytirish;
ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash;
Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim
o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy
universitetlarin shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining
davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat,
shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida
tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi”
dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni
yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi
daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi
professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi.
Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar).
2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga
mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni
qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan va texnologiyalarni
rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni
yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy
infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada
375
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish
strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini
oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib
borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini
boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan qonunlar
va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib,
ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011
yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash
maqsadida “1000 ta iqtidorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi.
2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi
bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga
2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi.
2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 -
majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili
strategik ahamiyatga ega deb belgilandi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan
oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innovatsion
faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan
2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy
fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik ishlanmalarga
yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar,
mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik
sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va
texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning
1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy
texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami
investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu
ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar
bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global
innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda
birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va
malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida
o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va
universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini keskin oshishiga zamin
376
yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 2002 yilda 1
mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti
millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining
ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni
yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor”
dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa
qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga
erishdi.
Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usullari
mavjud. Masalan, R.Norman innovatsion jarayonni ikki qismdan
tashabbus va ijrodan iborat deb hisoblagan. J.Xeydj va
M.Eykenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib o‘rganishni
tavsiya etgan, bular:
baholash;
tashabbus;
joriy etish;
rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish).
Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda
tahlil qilishadi. Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib
ko‘rsatadi:[7.7]
konseptualizatsiya;
taklif kiritish;
qabul qilish va joriy etish.
Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish;
haqiqiy vaziyat;
rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash.
Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli
jihatlarini yoritib beradi. Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu
tushunchaga yagona universal ta’rif berish imkonini bermaydi.
Bundan tashqari vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi va xususiyatlar
o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada qiyinlashtiradi.
377
Do'stlaringiz bilan baham: |