O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

2. 
Gipofiz
«bosh» endokrin bez shaklida kalla suyagi asosidagi turk egarida 
joylashgan, ko‘pincha cho‘zilgan, ayrim hollarda sharsimon shaklga ega. Uning 
o‘lchamlari oldin-orqa yo‘nalishda 10 mm atrofida, ko*ndalang yo‘nalishda 12 -
15 mm, gipofizning vertikal oMchami 5-6 mm ni tashkil qiladi. Katta odam 
gipofizi og‘irligi 0,7 g atrofida (ayollarda erkaklarga qaraganda ozgina kattaroq). 
Gipotalamik soha bilan gipofiz o‘zining oyoqchasi orqali bogianadi, u esa miya 
asosida gipofizning orqa bo‘lagiga keladigan asab tolalaridan tuzilgan.
Morfofunksional jihatidan gipofiz ikki qismga bo‘linadi: 1) adenogipofiz- 
gipofizning bez qismi (oldingi va o‘rta bo‘laklari) - bu yerda trop gormonlar 
ishlab chiqariladi; 2) neyrogipofiz (uning tarkibiga gipofizning orqa bo‘lagi, 
voronka va kulrang bo‘rtmacha oraliq tepaligi kiradi). Bu yerda gormonlar 
sintezlanmaydi, ammo gipotalamo - gipofizar trakt bo‘yicha oqib keluvchi 
gipotalamus yirik hujayrali yadrolari gormonlari - vazopressin (ADG) va 
oksifotsmlar depolanishi ro‘y beradi. Adenogipofiz gipofizning 75% ni tashkil 
qiladi (Potemkin V. V., 1986).
Gipofiz gortnon hosil qiluvchi hujayralari xromofob va xromofil hujayralarga 
bo‘Iinadi (Aleshin В. V., 1971). Xromofil hujayralar o‘znavbatidanordonbo‘yoq 
bilan bo‘yaluvchi eozinofil (oksifil, atsidofil) va asosiy bo‘yoq bilan bo‘yaluvchi 
bazofil hujayralarga bo‘linib, ular lotin hamda yunon harflari bilan belgilanadi. 
Adenogipofiz bez hujayralarining umumiy sonining 30 - 35% eozinofil hujayralar, 
4 - 10% ni bazofil hujayralar tashkil qiladi. Xromofob (asosiy) hujayralarda 
donadorlik xususiyati bo‘lmaydi va o‘rtacha holatda ularda sekretor faoliyat 
belgilari aniqlanmaydi. Ular gipofiz old qismi hamma hujayralarining 50 - 60% 
ni tashkil qiladi (Potemkin V. V., 1986).
Xromofil hujayralarida (tropotsitlar) qalqonsimon bez, organizm o‘sishi va 
rivojlanishi, buyrak usti bezi, jinsiy funksiya va b. ga ta’sir ko‘rsatuvchi tirotropin, 
somatotropin, kortikotropin, follitropin, laktotropin va b. gormonlar sintezlanadi. 
Bundan tashqari teri pigmentatsiyasiga ta’sir qiluvchi melanotropin ham hosil 
bo‘ladi. 0 ‘zining kimyoviy tarkibi bo‘yicha bu gormonlar oqsil tabiatli 
(somatotropin, laktotropin) yoki glikoproteidlardan iborat (tirotropin, follitropin, 
lutropin) gormonlar hisoblanadi.
Neyrogipofiz hujayra shoxlari, biriktiruvchi to‘qima stromasi va to‘plovchi 
neyrosekretor tanachalarni (Gerring tanachalari) o‘z ichiga oladigan pituitsitlardan 
tashkil topgan neyrogliyalardan iborat. Pituitsitlar asosan tomir kapillarlarida 
tugaydigan asab tolalari bo‘ylab to‘planadi.
Adenogipofiz gormonlari. Somatotropin (STG). Molekular og'irligi 21.500, 
191 ta aminokislota qoldig‘idan iborat (Li, 1972; Sinitsina A. L. va b., 1977). 
Gormon oqsil almashinuvida anabolik jarayonlami stimullaydi, karbonsuvlar 
almashinuviga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, yog* mobilizatsiyalovchi xususiyatga ega, 
yog‘lar oksidlanishining faollashishiga olib keladi, kalsiy-fosfor almashinuviga 
ta’sir qiladi. STG ta’siri somatomedin orqali amalga oshiriladi degan ma’lumotlar 
bor (Vasilyeva I. V., 1977, 1981). U molekular og*irligi 7.000 - 9.000 ga ega 
polipeptid. Somatomedin hosil bo‘ladigan joy jigar hisoblanadi. A. L. Sinitsina


va b. (1977) odam somatortopinini sintez qilishga muvofiq bo‘ldilar, bu gipofizar 
nanizim bilan kasallanganlami davolashga imkoniyat tug‘dirdi.
Kortikotropin (AKTG). Molekular og‘irligi 4.500, 39 ta aminokislota 
qoldig'idan iborat. Buyrak usti beziga ta’sir qilib, glukokortikoidiar va 
androgenlar sintezlanishiga imkoniyat tug‘diradi. Buyrak usti bezi dan tashqari 
uning ta’siri depolardan yog* mobilizatsiyasini chaqirish va yog‘larning 
oksidlanishining kucbayishini ta’minlashdan iborat. AKTG moiekulasining 
ma’lum qismi melanoform effekt ham ko‘rsatadi.
Tirotropin (TTG) - tireoid gormonlar (tiroksin, uchyodtironin) biosintezini, 
ularning qonga tushishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezining bez qismi to‘qimasi 
giperplastik jarayonlariga imkon tug‘diradi.
Follitropin (FSG) va lutropin (LG) jinsiy bezlar faoliyatini stimullaydi va 
shuning uchun ham gonadotropinlar deb nom olgan. Gipofizda FSG va LG 
konsentratsiyasi nisbati katta odamlarda taxminan 3:1, ayollarda bu nisbat 1:1 
gacha siljishi mumkin. FSG ayollarda tuxumdon follikulalari, erkaklarda urug‘ 
kanalchalari epiteliysi o‘sishini faollashtiradi. LG ayollarda ovulatsiyaga va 
tuxumdonda sariq tana rivojlanishiga imkon tug‘diradi, erkaklarda bu gormon 
(IHHG - interstitsial hujayralami stimullovchi gormon) umg‘donda interstitsial 
hujayralar (Leydig hujayralari) o‘sishi va funksiyasini stimullaydi.
Laktotropin (prolaktin - PRL) ham gonadotropinlar guruhiga kiradi, chunki 
sariq tana (luteotrop gormon) funksiyasini stimullaydi. Ammo PRL ning asosiy 
fiziologik effekti uning sut bezi sekretsiyasini unga bevosita ta’sir ko'rsatish 
orqali, faollashtirish xususiyatidan iborat.
Neyrogipofiz gormonUri. Antidiuretik gormon (ADG, vazopressin) buyrak 
kanalchalari distal qismlarida suv reabsorbsiyasini kuchaytiradi, bu diurezning 
oshishiga olib keladi. Vazopressinning (ADG) ortiqcha sekretsiyasi (fiziologik 
miqdordan ko‘payishi) bir tomondan tomir silliq mushaklari qisqarishini stimullab 
arterial bosimni oshiradi. Ikkinchi tomondan ichak siiliq mushaklarining 
qisqarishini ham stimullaydi. Vazopressin (ADG) ajralishi qon osmotik bosimiga: 
uning hajmi hamda markaziy va vegetativ asab tizimi holatiga bog‘liq. Bu gormon 
sekretsiyasi qon plazmasi hajmi kamayganda va uning osmotik bosimi oshganda 
kuchayadi. Teskari o‘zgarishlarda gormon sekretsiyasi kamayadi.
Oksitotsin bachadon qisqarishini stimullaydi, laktatsiyani kuchaytiradi. 
Laktatsiya kuchayishi oksitotsin ta'sirida asosan sut naychalari qisqarishining 
oshishi bilan bog‘liq.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish