Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1373
w
www.oriens.uz
May
2021
foydalanuvchilar + Kichik jamoa = Ishingiz zudlik bilan millionlab odamlarga ta’sir
ko‘rsatadi”, deyiladi nashr o‘z tahririyati haqida keltirgan ma’lumotlarda
1
.
MUHOKAMA
Tahririyat boshqaruvining yutug‘i bir sohaga ixtisoslashgani, kichik tahririyat
jamoasi tarkibiga mas’uliyatli kadrlarni jamlagani va o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay
harakat qilayotganidir.
Rossiyadagi yirik yangiliklar saytidan biri “kommersant.ru”ning tijoriy,
tashkiliy va ijodiy boshqaruvi ham o‘ziga xos. Turli mavzularda aniq prognozlar va
chuqur tahlillar, ob’ektiv munosabat, vakolat va xolislik tahririyat xodimlarining ish
jarayoni asosini tashkil qiladi.
Qozog‘istonning inform.kz
2
sayti dunyo reytingida 25569-o‘rinda turadi. U
Qozog‘iston va dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarning ob’ektiv va to‘liq tasvini
onlayn rejimda yoritib boradi. Qozoq, rus va ingliz tilida uzatiladigan axborotlar,
shuningdek, mamlakat hayotiga oid yangiliklarning lotin grafikasi va arab yozuviga
tarjimasi bilan translatsiya qilinadi. Kazinformning mamlakatning barcha
mintaqalarida, Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Belgiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va
O‘zbekistonda muxbirlari faoliyat yuritadi. Sayt ilk tashkil etilganda kunlik video
yangiliklar berilmagan. So‘nggi bir necha yildan buyon saytning quyi past qismida
“Video” rukni tashkil etildi. Saytdan ma’lumotlarni oson topish mumkin. Chunki
uning sayt sahifasi pastida arxivi bor bo‘lib, yil, oy va kunlar tizimlashtirilgan..
Saytda deyarli reklamalar ulashilmaydi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida esa
reklamalar doimiy berib boriladi. Saytning o‘zbek tilidagi versiyasida 2021 yilning
21 yanvar sanasigacha eng mashhur maqolalar statistikasi bilan tanishdik:
1
* Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan
biri to‘satdan vafot etgan
2
* Shohjahon Ergashev Shahram G‘iyosovga: "Baribir urushamiz, senga
oson bo‘lmaydi"
Sarlavhalar tugal ma’noga ega va sensatsiya ko‘tarish harakterida. Yana bir
yuqori reytingdagi Tengrinews.kz
3
saytining esa reklama berish narxlari
e’tiborimizni tortdi:
Banner reklama: 300x250 o‘lchamda, bir kunga 1 800 qozoq tengesi, bu 45108
so‘m degani. Tijoriy reklama materiali bosh sahifaga 1 sutka davomida 850 000 tenge
- 21.301.000 so‘m. Bir sutka davomida longrid aylanishi 10 000 belgi, 15 tagacha
rasm bo‘lsa, 1 000 000 tenge =25.060.000 so‘m.
1
https://www.wikihow.com/wikiHow:Jobs
2
inform.kz
3
tengrinews.kz
Do'stlaringiz bilan baham: |