1.5. Microsoft Office Excel dasturi yordamida elektrоn jadvallar yaratish, fоrmulalar bilan
ishlash, elektrоn jadvallarni saralash, fоizlar bilan ishlash, elektrоn jadvallardan fоydalangan
hоlda diagrammalar tashkil etish.
16
Ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilish
Excel kataklaridagi ma’lumotlar odatda quyidagi 3 turda bo‘lishi mumkin: sonli qiymat, matn,
formula. Bundan tashqari Ishchi varaqlarda rasmlar, diagrammalar, tugmalar va boshqa ob’yektlar
joylashishi mumkin.
Sonli qiymat, matn, formula va funksiyalarni kiritish uchun avvalo sichqonchaning chap
tugmasi ma’lumot kiritilishi lozim bo‘lgan katakda 1 marta bosiladi. Ma’lumot kiritilib, Enter
tugmasi bosiladi.
Sonli qiymatlar
Excelda kiritilayotgan sonlar quyidagi raqam va belgilardan tashkil topishi mumkin: 0, 1, 2, 3,
4, 5, 6, 7, 8, 9, Q, -, (), G’, ,, $, %, ., E, e.
Kiritilgan sonlar odatda katakning o‘ng tomoniga tekislanadi.
Sonli formatlarni qo‘llash.
Excelda turli tuman masalalarni yechish imkoniyati mavjud. Bu
masalalarda sonlar har xil ko‘rinishda ishlatilishi mumkin. Masalan, foiz, pullik, vaqt, sana, matn,
moliyaviy, eksponensial, kasr, umumiy va boshqa formatlar ko‘rinishida. Bunday formatlarni
qo‘llash uchun katak yoki kataklar guruhi belgilanib, “Формат” menyusining “Ячейки” yoki
kontekst menyuning “Формат ячеек” buyrug‘i tanlanadi. Natijada quyidagi muloqot oynasi
ochiladi:
“Формат ячеек” oynasi
Bu oynaning “Число” panelidagi “Числовые форматы” bo‘limidan kerakli format
tanlanganda o‘ng tomondagi “Образец” sohasida son formatining umumiy ko‘rinishi hosil bo‘lib,
uning pastki qismida tanlangan format to‘g‘risida qisqacha tushuntirma paydo bo‘ladi. Biror turdagi
format tanlanib, OK tugmasi bosiladi.
Matnlar va ularni kiritish
Ko‘pgina hollarda Ishchi varaqlarga matn yozishga ham to‘g‘ri keladi. Misol uchun, satr va
ustun sarlavhalari, sonli ma’lumotlarga tushuntirma, jadval mavzusi matnlar yordamida ifodalanadi.
Matnlar sonlar, harflar, belgilar ketma-ketligidan tashkil topishi mumkin. Masalan, biror katakka
17
128-qator deb kiritilsa, Excel bu ma’lumotni matn sifatida tushunadi. Matnlar ham xuddi sonlar
kabi kiritiladi va odatda chap tomonga tekislanadi.
Ma’lumotlarni tahrirlash
Excel kataklaridagi ma’lumotlar ustida har qanday amalni bajarish uchun kerakli katak yoki
maydon belgilab olinishi lozim.
Katakni belgilash.
Har qanday katak ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish
natijasida katak belgilanadi. Belgilangan katak
faol katak
(faol yacheyka) yoki
joriy katak
deyiladi.
Maydon tanlash.
Maydon ustida har qanday amalni bajarish uchun avvalo maydon
belgilanishi (tanlanishi) lozim. Buning uchun sichqonchaning chap tugmasi kerakli maydonning
yuqori chap katagi ustida bosilib, qo‘yib yuborilmasdan quyi o‘ng katagigacha surib boriladi. Bu
ishni Shift tugmasi va kursorni boshqarish tugmalaridan foydalanib ham bajarish mumkin. Bu
amallar yonma-yon joylashgan kataklar uchun o‘rinlidir. Yonma-yon joylashmagan kataklar uchun
esa, Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqoncha yordamida kerakli maydonlar tanlanadi.
Bu ishni Shift tugmasi va kursorni boshqarish tugmalaridan foydalanib ham bajarish mumkin.
Bu amallar yonma-yon joylashgan kataklar uchun o‘rinlidir. Yonma-yon joylashmagan kataklar
uchun esa, Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqoncha yordamida kerakli maydonlar tanlanadi.
Excelda kiritilgan ma’lumotlarni tahrirlash amallari mavjud. Ularning ayrimlari quyida
keltirilgan:
kiritilgan ma’lumotni o‘chrish.
Buning uchun ma’lumot turgan yacheyka faollashtiriladi
va klaviaturadagi Delete tugmasi bosiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |