Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


LOGISTIKA TUSHUNCHASI. LOGISTIKANING ASOSIY USLUBIY



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

 
2.1.LOGISTIKA TUSHUNCHASI. LOGISTIKANING ASOSIY USLUBIY 
TAMOYILLARI 
O‗zbekistonda bozor munosabatlarining oyoqqa turish davrida 1990-yillarda 
yangi ilmiy-amaliy yo‗nalish – logistika paydo bo‗lgan va shiddat bilan rivojlana 
boshlagan. Unga bo‗lgan qiziqish iqtisodiyot va biznesni rivojlantirishga bo‗lgan 
ehtiyoj bilan shartlangan. Dastlab firmalarning sa‘y-harakatlari asosan mahsulotni 
ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga qaratilgan. Hamma joyda taklif talabdan 
oshiq bo‗lgan hozirgi kunda tadbirkorlar umumiy xarajatlarni kamaytirish hisobiga 
sotishni ta‘minlashning muhimligini ham e‘tirof etmoqdalar.
Tashkil qilish va boshqarishning ―Logistika‖ umumiy tushunchasi bilan 
birlashtirilgan konseptual yondashuvlar va mulohaza qilish uslubiga asoslangan 
yangi tamoyillari ko‗proq samarali faoliyat yuritayotgan firmalar, korxonalar va 
birlashmalar tomonidan amaliyotda tobora ko‗proq darajada va muvaffaqiyat bilan 
qo‗llanilmoqda.
Logistika jamiyatdagi ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyati va iqtisodiy 
faoliyatning nisbatan yangi yo‗nalishi bo‗lib hisoblanadi, shu sababli uning 
terminologiyasi O‗zbekistonda ham, xorijda ham oyoqqa turish bosqichida turibdi. 
G‗arbiy Evropa va AQSH da ―logistika‖ atamasi oqimli jarayonlarni boshqarish, 


38 
jumladan moddiy va moliyaviy oqimlarni boshqarish qiymatida o‗tgan asrning 70-
yillaridan boshlab ishlatila boshlagan.
«Logistika» so‗zi kelib chiqishi bo‗yicha yunoncha so‗z bo‗lib hisoblanadi. 
Qadimgi Yunonistonda u mulohaza yuritish san‘atini bildirgan, Vizantiyada 
armiyani ta‘minlash va uning ko‗chishlarini boshqarish sifatida, Rim imperiyasida 
esa – oziq-ovqatlarni taqsimlash qoidalari sifatida ta‘riflangan.
Logistika – fanlararo ilmiy yo‗nalish bo‗lib, bevosita moddiy oqimlarning 
samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan bog‗lanadi. 
Bu tushunchaga terminologik lug‗atda ta‘rif berilgan. ―Logistika - bu 
xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yetkazib berish, 
xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlarga korxonaning ichida ishlov berish, 
tayyor mahsulotni iste‘molchilarning manfaatlari va talablariga muvofiq ularga 
yetkazib berish, tashish, omborlarga joylashtirish, shuningdek tegishli axborotni 
uzatish, saqlash va ishlov berish jarayonida amalga oshiriladigan moddiy va 
moddiy bo‗lmagan operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish 
to‗g‗risidagi fandir‖. 
Logistika tushunchasini kengroq ma‘noda iqtisodiy faoliyat jarayonida 
vujudga keladigan oqimlarning barcha o‗zaro bog‗langan turlarini yaxlit oqim 
sifatida boshqarishning zamonaviy uslubiyati va uslubi sifatida talqin qilish 
mumkin.
Sunday qilib, logistika iqtisodiy faoliyatning maqsadga muvofiq ishlab 
chiqarish vazifalarini tanlash, ularni hal qilishning samarali uslublarini aniqlash, bu 
uslublarni qo‗llash bilan boshqarishdan tortib to mahsulotni sotish jarayonlarini 
tashkil qilish va boshqarishgacha bo‗lgan butun sikliga yaxlitlik sifatida qaraydi.
Garchi logistika iqtisodiy faoliyatni boshqarishga yaxlitlik sifatida qarasada, 
boshqariladigan moddiy va moddiy bo‗lmagan oqimlarning turlicha jismoniy 
xarakteri oqibatida logistik boshqarishning funksional bo‗limlari yoki sohalari 
ajratiladi, masalan: 

zahiralar logistikasi; 

transport logistikasi; 


39 

xarid qilishlar logistikasi; 

sotish (taqsimlash) logistikasi; 

ishlab chiqarish jarayonlari logistikasi; 

omborlarga joylashtirish logistikasi; 

axborot logistikasi. 
Iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishga nisbatan logistik 
yondashuvning asosida yotadigan asosiy g‗oya integratsiya bo‗lib hisoblanadi. Bu 
faoliyatning texnik jihatdan mustaqil bosqichlarida o‗z-o‗zidan mavjud bo‗ladigan 
material, resurs, moliya va axborot oqimlari kattagina iqtisodiy samara berishi 
mumkin bo‗lgan umumiy boshqarish tizimi vositasida o‗zaro bog‗langan bo‗lishi 
mumkinligi bilan shartlanadi.
Zamonaviy logistika amaliyoti quyidagi 6 ta shartning bajarilishida 
ifodalanadi (logistik miks): 

kerakli mahsulot; 

zaruriy sifat bilan; 

zaruriy miqdorda; 

kerakli vaqtda; 

kerakli joyda; 

minimal xarajatlar bilan (yoki konkret iste‘molchiga). 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish