Eynshteynning "Fizika solnomalari"ga bergan uchinchi, lekin eng muhim
maqolasida olimni butun olamga mashhur qilgan olamshumul maxsus
nisbiylik nazariyasi bayon qilingan edi.
Ushbu maqolada Eynshteyn,
tabiatda biror bir jism yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikka erisha
olmasligini ta'kidlovchi muhim va ajoyib ilmiy xulosani keltirib chiqaradi.
Ushbu xulosa asosida esa, Eynshteyn, jismning
massasi uning tezligiga
bog‘liq ekanini payqab qoladi. Eynshteyn, massa aslida "muzlatilgan
energiya" ekanini hammadan birinchi bo‘lib anglab yetgan va buni o‘z
maqolasida bayon qilib bergan edi. U aynan o‘sha maqolasida, o‘zining
mashhur
E=
mc
2
formulasini keltirib chiqaradi. Ya'ni, jismning energiyasi -
uning massasi bilan yorug‘lik tezligining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi!
Ushbu maqoladan so‘ng Eynshteynning ilm-fan olamidagi obro‘si
cheksiz
ortib ketadi. Uni jahonning eng nufuzli ilmiy doiralarida e'tirof etila
boshlashadi. 1909 yilda Eynshteynga Syurix universitetida nazariy fizika
professori darajasini berishadi va mazkur universitetda fizikadan dars
berishga taklif etishadi. Vanihoyat uning benazir ilmiy salohiyati munosib
baholana boshlangan edi.
1910 yilning 28 iyul sanasida Mileva va Albert Eynshteynlar oilasida
ikkinchi farzand - Eduard dunyoga keladi. Keyingi, 1911 yil boshida esa
Eynshteynni Pragadagi nemis universitetida mustaqil fizika
kafedrasiga
rahbarlikni taklif qilishadi. 1912 yilning yozida esa, Albert Eynshteyn
o‘zining talabalik yillari o‘tgan qadrdon Syurix Politexnikumiga qaytadi va u
yerda fizika professori unvoni bilan dars bera boshlaydi.
Eynshteynning birinchi xotini Mileva Marich va o'g'illari
1913-yilning yozida Albert Eynshteyn o‘g‘li Gans-Albert bilan birgalikda,
Shveytsariyaning eng xushmanzara joylaridan bo‘lmish Engadin tog‘
oromgohiga yo‘l olishadi. Bu yerda ota-o‘g‘il, o‘sha davrning yana bir buyuk
olimasi, radioaktivlik sohasining tamal toshini qo‘ygan
va kimyoviy
elementlar davriy jadvalidagi ikkita element - radiy va poloniy kashf etgan
inson - Mariya Kyuri va uning qizlari Yeva va Irenlar bilan uchrashishgan.
Dam olish maskanida uchrashib qolgan ushbu ikki buyuk olimlar oilasi
dildan suhbat qurishgan va zamona ilm-fanining dolzarb muammolari
haqida munozaralar yuritishgan. Keyinchalik Mariya Kyurining xotirlashicha,
Albert Eynshteyn
hatto dam olish paytlarida ham, o‘zini qiziqtirayotgan ilmiy
masalalar ustida muttasil bosh qotirib yurgan. Mariya Kyuri shunday
yozadi: "Bir kuni biz birgalikda oilaviy toqqa chiqishga qaror qildik va tik
qiyalikka ko‘tarila boshladik. Eynshteyn yelkasida ryukzak bilan borardi.
Qiyalikda har bir qadamni ehtiyot bo‘lib
tashlash kerak edi va biz
farzandlarimizdan nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishlarini talab etardik. Biz
yuqorilab borar ekanmiz, Albert birdan to‘xtab qoldi va menga g‘alati qiyofa
bilan yuzlanib, "
Ha! Ha Mariya, hozir meni oldimdan turgan vazifa -
jismlarning bo‘shliqda pastga tushishi qonuniyatining asl mohiyatini
ochishdir!" - deb yuborgan". U shu gaplarni aytar ekan, odatiga ko‘ra, albatta
cho‘ntagida olib yuradigan qog‘oz va qalamni chiqarib, allanimalarni
qoralay boshlagan. Shunda Mariya Kyuri Eynshteynga "
o‘sha bo‘shliqda
qulash hodisasini hozir o‘zimda sinab ko‘rishga to‘g‘ri kelib qolmasin yana..." -
degan ekan. Albert Mariyaning hushyorligi va hozirjavobligiga tan bergan
va uning so‘zlaridan xoxolab kulgancha, qog‘oz qalamini yig‘ishtirib,
ko‘tarilishda davom etgan ekan.
Yangi nazariyaning paydo bo‘lish jarayoni
Eynshteyn uchun juda qiyin
kechgan. Bu haqida u 1913 yilning 25 iyun sanasi bilan fizik Ernst Maxga
yozgan maktubida shunday qayd qiladi: "
Siz shu kunlarda mening nisbiylik
Do'stlaringiz bilan baham: