Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bulishning obyektiv usullaridan biri –
eksperiment metodidir. Kuzatishdan
farki, eksperiment utkazuvchi sinalayotgan faoiyatga faol aralashuvi, sun’iy
vaziyat paydo kilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chukur, anik tadkik kilishda eng muximi xisoblanadi.
Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, favkulodda xolatdan chikish, muammoli
vaziyatni xal kilish jarayonlari, shaxsning xis–tuygulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari urganiladi. Inson
psixikasining nozik ichki boglanishlari, munosabatlari, konuniyatlari, konunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari
tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farklanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya
eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik–psixologik
masalalarni xal kilishda kullaniladi. (Sinfda sun’iy,
odatdagidan boshkacha vaziyat va muxit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey
Fedorovich Lazurskiy (1874–1917) ishlab chikkan. Bu metoddan ishlab chikarish jamoalari a’zolarining, ilmiy
muassasa xodimlarining, ukituvchilarning,keksaygan kishilarning psixologik uzgarishlarini, uzaro munosabatlar, ish
kobiliyatlari, mutaxassislikka yarokli–liklari muammolarini xal kilishda kuprok foydalanish mumkin. Tabiiy
sharoitda inson psixikasini urganishda sinaluvchilarning uzlari bexabar bulishi, kundalik mexnat tarzi doirasida
amalga oshirilishi, zavod va fabrikada moddiy maxsulot ishlab chikarish samaradorligini oshirishga karatilgan
xolatlarda kullanilishi mumkin.
Laboratoriya (klinika) metodi kupincha
individual (goxo guruxiy) shaklda sinaluvchilardan yashirmay,
maxsus psixologik asbob–uskunalar, yul–yuriklar, tavsiyalar,kursatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson
psixikasidagi uzgarishlarni aniklaydigan detektorlar, elektron va radio ulchagichlar, sekundomer, refleksometr,
anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma, elektroense-falogramma kabilardan xam
foydalaniladi. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi fakat uning laboratoriya sharoitida maxsus
psixologik asboblar yordamida utkazishlarida va sinaluvchining xatti–xarakatlari yul-yurikka binoan sodir bulishi
bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning
moxiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maksadda tadkik kilishayotganligini bilmasa xam) kishining
munosabati bilan xam belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida dikkatning xossalarini, idrok, xotira va
boshkalarning uziga xos xususiyatlarini tadkik kilish mumkin.
Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishining (uchuvchi, xaydovchi, operator singarilarning) kutilmagan,
tasodifiy (ekstremal) vaziyatdagi modellari yaratiladi.
Tajriba aniklovchi, tarkib toptiruvchi va tekshirish kismlariga bulinadi. Tajribaning aniklovchi kismida psixik
xususiyat, jarayon yoki xolat, uyin, mexnat, ukish kabi faoliyat turlarida tadkik kilinadi. Tarkib toptiruvchi tajribada
sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish shuning dek ularga maksadga mofik muayyan malakani yul–yurik va
usulni urgatish rejalashtiriladi. Tekshirish kismida tarkib toptiruvchi boskichda shakllantirilgan usul, vosita, yul–
yurik, malaka va shaxs fazilatlarini darajasini, barkarorligini aniklash, ta’sirchanligiga ishonch xosil kilish uchun
moxiyati xar xil mustakil topshiriklar beriladi. Tekshirish tajribasi orkali tarkib toptiruvchi eksperimentning
samarasi ulchanadi.Yigilgan ma’lumotlar mikdor–statistik usulda kayta ishlanib, turmushga tatbik kilinadi. Inson
psixikasi xususiyatlarini tadkik kilish orkali muxandis psixologlar eng zamonaviy elektron kurilmalar, robotlar
yaratish ustida ish olib bormokdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |