Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1..Karimov I.A “Yuksak manaviyat yengilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
2..G‘oziyev E. «Umumiy psixologiya». I.II.qism Toshkent 2002 yil.
3.. G‘oziyev E.. «Umumiy psixologiya» Toshkent 2010 yil.
4. Petrovskiy A.V.. «Umumiy psixologiya». 1994 yil.
5.. Ivanov P.I.. «Umumiy psixologiya» 2008 yil.
6..Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.
10..Nemov A.N. «Psixologiya» 1999 god.
11.. Nishonova Z «psixologik xizmat » 2006 y.
8-MAVZU: XOTIRA
Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga xotira, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning turlari va
xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Xotira, mexnaik xotira, mantiqiy xotira, emotsional xotira, obrazli
xotira, xotiraning fiziologik mexanizmi, xotira jarayonlari.
REJA:
1.Xotira haqida tushuncha
2. Xotira jarayonlari.
3. Xotira turlari.
4. Xotiraning fiziologik mexanizmi.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi
ta’sirotlarning aks etti-rilishidan o‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doi-mo foydalanadi va ijodiy
yondashuvi natijasida ba’zi bir o‘zga-rishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bi-lim ko‘lami
orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta
boshlaydi. Ma’-lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari,
timsollari va ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murak-kablashishi,
muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur
obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu
bilan birga, hayot va faoliyat-ning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, av-valgi holatini
boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmokda:
«Individning o‘z tajri-basida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb
ataladi».
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonla-ridan biri bo‘lib hisoblansa-da, lekin fan va
texnikaning taraq-qiyoti ko‘p jihatdan xotira muammolarining o‘rganilishiga bog‘liq-dir. Shuning uchun uning
qonuniyatlarini ochish, «aqlli» va «sun’iy intellekt»li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat daraja sini ko‘tarish
uchun xizmat qiladi.
Mnema (xotira) xotiraning o‘ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov
ta’-limotiga ko‘ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig‘ida hosil bo‘lgan muvvaqqat asab bog‘lanishlaridir.
Shuningdek, bog‘lanishlar-ning hosil bo‘lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jon-lanishi yoki
faollashuvidir.
Mnemonika — esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun’-iy ravishda maxsus chizmalari, shartli
belgilar tariqasida qo‘llani-ladigan usullar yig‘indisi. Mnemonika ko‘proq assotsiativ (o‘xshash-lik, yondoshlik va
qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo‘lib, faqat o‘zaro bog‘langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish
uchun qo‘llaniladigan yordamchi usullar yig‘indisi.
Amneziya (inkor yuklama) — xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to‘liq yo‘qolishidan iborat ru-hiy
nuqson. Amneziya (xotira nuqsoni) holatida kishi ba’zan, hatto o‘z ismi-sharifini unutib qo‘yishi ham mumkin.
Amneziya holati tur-li kasallikdir (masalan, meningit) yoki bosh miya qobig‘ining zarar-lanishi natijasida sodir
bo‘ladi.
Assotsiatsiya (birlashish, qo‘shilish) — birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan
belgilanadi-gan tasavvurlar bog‘lanishi, shu bog‘lanishlar tufayli ongimizda paydo bo‘ladigan muayyan tasavvurlar
o‘xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshi-lik belgilariga ko‘ra, shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa tasavvurlarni hosil
qiladi. Masalan, «besh karra besh» degan iborani idrok qilganimizda bosh miya qobig‘ida shunday bir vazifalar
bog‘lanishi hosil bo‘ladiki, natijada biz «yigirma besh» degan mikdorni eslaymiz. Ruhiy uyushma-lartashqi
taassurotlartufayli hosil bo‘lib, voqelikdagi narsa va hodi-salarning yaqqol bog‘lanishlarini aks ettiradi. Inson ruhiy
hayotida ularning ahamiyati katta; bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish o‘sha uyushmalarga asoslanadi.
Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig‘idagi muvaqqat asab bog‘lanishlaridir.
Induksiya (keltirib chiqarish) — induksiya; juz’iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o‘tish jarayonidir.
Asab jarayonlarining induksiyasi — oliy asab faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanish-ni keltirib
chiqaradi yoki aksincha.
Obraz xotirasi - yaqqol mazmunni, ya’ni narsa va hodisalar-ning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati
va bog‘lanishla-rini esda qoldirish, mustahkamlash, hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi
analizatorlarning (tashqi va ichki mu-hitdan keladigan taassurotlarni qabul qilib, fiziologik jarayon hisoblangan
qo‘zg‘alishni ruhiy jarayonga aylantiruvchi asab mexa-nizmlari tizimi) nomiga ko‘ra qo‘rquv, eshituv, teri sezgisi
kabi turlarga bo‘linadi. Obraz xotirasining alohida bir turi eydetizm hisoblanadi. Masalan, biz ilgari o‘zimiz ko‘rgan
qo‘shiqchining ob-razini, u ijro etgan kuyning va ashulani, uning ashula paytidagi ifodali harakatlarini va turli
qo‘zg‘atuvchilarni hosil qilgan bosh-qa taassurotlarni esimizda saqlaymiz.
Harakat xotirasi — turli harakatlarni, ularning bajarili-lish tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqa
sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat turi. Hara-katni esga tushirish shu
harakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo‘ladi. Harakat xotirasi mehnat, o‘quv, maishiy xizmat
ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib topi-shi hamda bajarilishida muhim ahamiyatga egadir. O‘z
gavdasining xatti-harakatlarini esda saklab qolish inson hayotida muhim ahami-yat kasb etadi, bunday eslab
qolishning asosida harakat shakli, tez-ligi, izchilligi, ularning ritmi va hokazolar to‘g‘risdagi muskul harakat
tasavvurlari yotadi.
Mantiq xotirasi — ma’lum g‘oyalar, fikrlar, hamda ular o‘rta-sidagi mantiqiy bog‘lanishlarni esda qoldirish,
mustahkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat bo‘lgan xotira turi. Masa-lan, falsafiy mushohadalar,
qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustahkamlash va qayta tiklash jarayonlaridir. So‘zlar (verbal)
orqali ifodalangan fikrlar so‘z mantiqxotirasi yordamida esda olib qolinadi. O‘quvchilar va talabalar o‘zlari
o‘rganadigan, o‘zlashtiradigan, hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi tushuncha-larni egallash, ular to‘g‘risida
hukm va xulosalar chiqarish jarayoni-da xotiraning xuddi mana shu turiga suyanib ish ko‘radilar. Badiiy va ilmiy
adabiyotlar matnlarini esda olib qolish va esga tushirish asosida mazkur xotira turi yotadi. Bunday fikrlar xuddi
kitobdagi-dek so‘zma-so‘z shaklda ham, shuningdek, fikrning so‘z ifodasi aniq saqlanmagan holda esda olib qolish
va esga tushirilishi mumkin.
His-tuyg‘u (emotsional) xotirasi — voqelikdagi narsa va hodisa-lardan, o‘z-o‘zimga bo‘lgan
munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushi-rishdan
iborat xotira turi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira — odamlar-ning ilgari o‘z boshidan kechirgan his-tuyg‘ularini, hissiy
holatla-rini esda olib qolishdir. Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va murakkab ishni amalga oshirgan
paytingizda yoki musobaqa g‘olibi bo‘lganingizda va shu kabi boshqa holatlarda sizda jo‘sh urgan quvonch yoxud
iftixor hissi oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ham xotirada tiklanishi mumkin. Imtihon paytida qoniqarsiz javob
qaytargan yoki noto‘g‘ri nojo‘ya xatti-harakattufayli qattiq hijolat chekib, uyal-gan bo‘lsangiz, siz uni uzoq vaqt
esdan chiqarmasligingiz mumkin.
Mexanik (ongga yo‘naltirilmagan) xotira — muayyan materialni uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy
bog‘lanishlari-ga tushunmagan holda, faqat muhim bo‘lmagan tashqi belgilariga asos-lanib esda qoldirish,
mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xo-tira turi.
Musiqa xotirasi — avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik
ularni qayta esga tu-shirishdan iborat xotira turi.
Kasbiy xotira - bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalar-ni, fikr, mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda
qoldirish, mustah-kamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Masalan, o‘qituvchi talaba hamda o‘quvchilarning
psixik xususiyatlarini, o‘z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari ko‘proq
avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi o‘z so-hasiga taalluqli xatti-harakatlar, musobaqalar ko‘rigini,
hamkasa-balarini esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
Fenomenal (noyob) xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog‘lanishi munosabatlarini
favqulodda tez hamda aniqesda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobi-liyat.
Eshitish xotirasi — tovush qo‘zg‘atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan eshitish obrazlarini
esda qoldi-rish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshi-tish xotirasi asosan ko‘zi ojiz kishilarda
va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo‘ladi.
Esda qoldirish — idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira
jarayoni.
Ixtiyorsiz esda qoldirish — idrok qilingan narsa va hodisa-larni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini,
ular haqidagi fikr hamda tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo‘ymagan holda esda qoldirishdan iborat xotira
jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobig‘ining ma’-lum darajada
tormozlangan uchastkalari orqali ro‘y beradi. Shuning uchun ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin
payqab qolamiz.
Ixtiyoriy esda qoldirish - idrok materialini maqsadga mu-vofiq, uning muhimligini anglagan holda, irodaviy
va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
Ma’nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish — muayyan materialni uning mazmuniga,
mohiyatigatushunmasdan, quruqyodlash aso-sida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti
materialning ko‘p martatakrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko‘pincha bogcha yoshidagi va kichik maktab
yoshidagi bolalarga xosdir.
Mantiqiy esda qoldirish — materialning ma’nosiga tushu-nib, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy
bog‘lanishlar hosil qilgan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning
eng tejamli hamda mahsuldor tu-ridir.
Qisqa muddatli xotira - bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta
tiklashdan iborat bo‘lib, qisqa mudsatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axbo-ratning saqlanishi 30 sekundgacha
bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddatli xotira - ko‘p martalab takrorlash va qayta tik-lashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib
qolishga mo‘ljallangan xotira turi.
Asab tizimida izlarning saqlanishi.
Qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini
taraqqiyoti jarayonida namoyon bo‘lish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada
ma’lumotlar to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lganlar.
Nerv tizimi ilgarigi kuzatuvchilarning izlarini aniq saqlay olish qobiliyatiga ega. Buning to‘laroq dalillash
maqsadida misol-larga murojaat qilamiz.
Ma’lumki, agar bir xil xususiyatga ega bo‘lgan signal qanchalik ko‘p uchrasa, sinaluvchi unga shunchalik tez
moslashadi, xuddi shu ta-riqa tezkorlikda (reaksiyaning latent vaqti juda qisqa bo‘lishiga qaramay) javob qaytaradi.
Turli metodikalar bilan atroflicha tekshirishlar shuni ko‘rsata-diki, bu qonun eng oddiy sharoitlarda ham
saqlanib qolar ekan.
Keyingi davrdagi tekshirishlarning ko‘rsatishicha, insonning asab tizimi alohida signal izlarini o‘ta aniklik
bilan uzoq muddat saq-lash imkoniyatiga egadir, bunga YE. N. Sokolov tajribalari yaqqol misol bo‘la oladi.
Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslari-ning o‘tishi o‘zidan keyin fizik iz qoldiradi deb
taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga
keladigan elektrik va mexanik o‘zga-rishlarda o‘z aksini topadi.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qat-nashishi tufayli uning namoyon bo‘lish
shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va
ularni muayyan turlarga ajratishda eng mu-him asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash,
qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog‘liqligi olinadi.
Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ra-vishda turlarga, ko‘rinishlarga
ajratiladi:
I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)
harakat yoki motor-harakat xotirasi;
b)
obrazli xotira;
v)
his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi;
g)
so‘z-mantiq xotira.
II.
Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;
a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexanik.
III.
Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra:
a)
qisqa muddatli xotira;
b)
uzoq muddatli;
v)
operativ (tezkor) xotira.
IV.
Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra: a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.
V.
Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab: a) fenomenal, b) kasbiy.
Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turiga ruhiy fa-ollikning u yoki bu ko‘rinishlari ustunlik qilishi
kuzatiladi: ma-salan, harakat, hissiyot, idrok, aqd-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu
ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z ifodasi-ni topib, harakatlarda,
hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlar-da, timsollarda fikr va mulohazalarda aks etadi.
Bularning barchasiga xizmat qiluvchi xotiraning o‘ziga xos turla-riga nisbatan psixologiya fanida ilmiy
tushunchalar tariqasida nom berilgan: harakat, hissiyot, obrazli va so‘z-mantiq xotira.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish,
mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar,
ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol maz-munni, binobarin narsa va
hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash
hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eyde-tik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan
«obraz» degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eyde-tik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya
maktabining namoyandala-ri aka-uka Yyenishlar tomonidan ta’riflab berilgan. Ba’zi odam-larda, ayniqsa, bolalik va
o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida kuza-tilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siy-mosi uzoq
vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murak-kabroq turi bo‘lib hisoblanadi va ularning
xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni
ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari subyekt-ning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushuncha-lar
talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi
psixologik tah-lil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari
bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farqtasavvur obrazlari-ning polimodallik
xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy
qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur ob-razi uning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi), mazasi,
og‘irligi, vaz-nini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shun-dan iboratki, u o‘z tarkibiga narsa haqidagi
tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi va jismlarning asosiy xususi-yatlarini ajratib, ma’lum bir
kategoriyaga birlashtiradi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha
bilan ataydi, xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
So‘z-mantiq xotirasi. So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa
chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalangan-ligi tufayli, ularni
ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izoxlash, talqin qilib berish yoki ular-ni so‘zma-
so‘z ifodalanilishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material
ma’no ji-hatdan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish bo‘lmasdan,
balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari uch-raydi, shu boisdan xotira faoliyati amalga
oshirayotgani yaqqol, fa-ollik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratila-di. Masalan, faoliyat
maqsadiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlar-ga bo‘linadi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy harakatlarga
suyangan holda amalga oshi-rishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni, odatda, ong bevosita
boshqaradi. Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish, esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotiga ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi.
Ixtiyorsiz xotira-ning turmushda va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim o‘z shax-siy tajribasidan biladi.
Ixtiyoriy xotiraningturmushda va faoli-yatda katta o‘rin egallashini har kim shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz
xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy
ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlari-ning ko‘pchilik qismini aks
ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson faoliyatiningturli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zaru-rati tug‘ilib
qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holat-larda, vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalar ixtiyoriy
ravishda esda sakdash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xo-tiraning mazkur turi katta ahamiyatga
egaligi shubhasiz.
So‘nggi paytlarda sobiq sho‘ro va chet el psixologiyasida xotira tadqiqotchilarining e’tiborini esda olib
qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan, tashqi taassurot izlarining
mustahkamlashigacha bo‘lgan jarayonlar, holat-lar mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlari
o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida material-ni uzoq muddatli xotiradan
farq qilgan holda qisqa muddatli xoti-ra bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ongdayoq
qayta tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida qisqa muddatli xotiraning quyidagi atamalari mavjud: «bir lahzalik»,
«zudlik», dastlabki, qisqa muddatli va boshqalar.
Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayot gan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun
xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi za-mon psixologiyasida
ushbu holatni namoyish qilish uchun ushbu misol keltiriladi: matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni
muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shu boisdan, oraliq natijalarini yodda saqlashga
intilamiz, niho-yasiga (oxirga, yakunlanishga) yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Esda olib qolish jarayoni deganda, sezgi, idrok, tafakkur va ichki kechinmalarni xotirada saklanish
xususiyati tushuniladi. Esda olib qolish jarayonida o‘zlashtirilayotgan materialning ma’-noga ega bo‘lishligi yoki
bo‘lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixolo-giya maktabining vakili, tanikli psixolog G. Ebbingauz jahon psi-
xologiyasida birinchi bo‘lib, 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani (1888 yilda intellektni) ilmiy tajriba
metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda turmushga tatbiq etdi.
Material va xabarlarni so‘zma-so‘z olib qolish imkoniyatining sabablari quyidagilardan iborat:
a)
materialning ta’sirchanlik darajasi;
b)
shaxsning o‘zlashtirishga munosabati;
v)
o‘zlashtiruvchining imkoniyati va qobiliyati.
Xotira jarayoni hisoblanmish unutish bu o‘ziga xos, rang-barang, izohtalab ruhiy kognitiv hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |