Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman"


Tafakkur vokelikni umumlashtirilgan xolda, konuniy boglanishlarni suz va tajriba vositasida aks



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/97
Sana26.05.2022
Hajmi2,44 Mb.
#610332
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Bog'liq
fayl 2584 20220225

Tafakkur vokelikni umumlashtirilgan xolda, konuniy boglanishlarni suz va tajriba vositasida aks 
ettirishdir
. Narsa va xodisalar rivojlanish konuniyatlarini aniklash bilan odam, tabiat va kishilik jamiyati 
tarakkiyotini boshkarish imkoniyatiga ega buladi. 
Odam tafakkuri til bilan chambarchas boglikdir. Tafakkur, barcha psixik jarayonlardek, miya faoliyatining 
natijasidir. Odam fikr yuritayotganda miyada murakkab jarayonlar sodir buladi, miya pustlogida markazlar urtasida 
boglanishlar yuzaga keladi. Xilma-xil muvakkat nerv boglanishlari (assotsiatsiyalar) ni xosil kilish miya 
pustlogining murakkab sintetik faoliyatidir. Fikrlar muvakkat nerv boglanishlari differensirovka kilinishi, ya’ni 
ayrim nerv boglanishlarini mustaxkamlashi, boshkalarining tarmoklanishi natijasida mukammallashadi va aniklanib 
boradi. Miya pustinig bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi.
Tafakkur turlari va aklning muxim sifatlari. Tafakkurning konkret-amaliy, konkret obrazli, abstrakt turlari 
bor.
Konkret–amaliy tafakkur narsalar bilan ish bajarish jarayonida ularni bevosita idrok etishga suyanuvchi 
tafakkur. Masalan, bola uyinchok ichini kurib, usta priyomnikning uyok–buyogini burab kurib sung fikrlaydi.
Konkret obrazli tafakkur tasavvurga tayanadi. Tafakkurning bu turi kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 
xosdir. Lekin katta yoshdagilarda xam uchrab turadi. Masalan, ukituvchi darsga tayyorlanishda uz ukuvchilarini kuz 
oldiga keltirib, materialni kanday kabul kilishlarini, dars jarayonida kanday shaklni, kachon chizib kursatishni, kaysi 
kurgazmali kuroldan kachon, kanday foydalanishni uylaydi.
Abstrakt (mavxum) tafakkur – narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va suzda ifodalovchi tushunchalarga 
tayanib fikr yuritishdir. Tafakkurning bu turi dastavval xar xil nazariy masalalarni yechish bilan boglikdir. Lekin u 
kundalik xayotda xam keng kullaniladi. Usmirlik va katta maktab yoshida abstrakt tafakkur tez shakllanadi. 
(Krugozor – bilim saviyasi). 
Xozirgi zamon mutaxassisining ijodiy mexnat kilishi uchun tafakkurning bu turlaridan unumli, mustakil, 
tankidiy foydalanish talab kilinadi.
Shuningdek, ijodiy ishlash uchun fikrning ildamligi, ya’ni vazifalarni konkret sharoitga karab yecha olish, 
vazifani xal kilishning yangicha yulini topa bilish talab kilinadi.
Tafakkurning bu turlari va xussiyatlari turli odamlarda turlicha bulib, akl sifatlari deb ataladi.
Fikrlash operatsiyalari. Tafakkur faoliyati analiz, sintez, takkoslash, umumlashtirish, abstraksiyalash va 
konkretlashtirish kabi fikrlash operatsiyalari yordpamida amalga oshiriladi.
Analiz – masalani fikran kismlarga ajratish, masala shartini tasavvur kilishdir.
Sintez – buning aksi, kismlarni birlashtirish.
Takkoslash – uxshash va farklarini aniklash. Masalan, biror texnikani dvigatel kuchiga, yonilgi turiga, 
bajaradigan ishiga karab takkoslash, afzalligini aniklash mumkin.
Умумлаштириш – umumiy va muxim belgilariga karab fikran birlashtirish.


Abstraksiyalash – mazkur vaziyatdagi eng muxim bulmagan xususiyatlarini e’tiborga olmay, eng asosiy 
vazifani nazarda tutib fikr yuritish. 
Konkretlashtirish – fakat aynan shu narsa va xodisaga taallukli sifatlarni topa olish, yukoridagi operatsiya 
turlarini yakuniy kismi, kurinishi va boshkalarni oydinlashtirish.
Bulardan tashkari odam fikr yuritishi tushunish, izoxlay olish, muximini ajrata olish singari mantikiy 
operatsiyalarga xam suyanadi.
Tafakkur jarayoni tushuncha, xukm, xulosa chikarish shaklida xam davom etadi.
Tushuncha – umumiy, yakka, tur, juz’iy buladi. 
Xukm – umumiy, juz’iy, yakka buladi. 
Muxokama yuritish natijasida bir necha xukmdan yangi xukmni keltirib chikarish xulosa chikarish deyiladi. 
Bu ikki usulda induktiv va deduktiv xulosa chikarish shakliga ega.
Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish ope-ratsiyasi juda muhim rol o‘ynaydi. Insonga 
savod o‘rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So‘ng bu holat matnni gaplar-ga, gaplarni so‘zlarga, 
so‘zlarni o‘z navbatida bo‘g‘inlarga, fonemalar-ga, ularni esa tovushlarga bo‘lish singari aqliy faoliyat bilan asta-
sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonomet-riya, fizika, yoinki O‘zbekiston tarixi, falsafa, 
iqgisod, polito-logiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o‘rganish muammoli top-shiriqlarni, masalalarni yechish 
ham analiz qilishdan boshlanadi. 
Sintez — shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan 
ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda bir-lashtirib, butun holiga keltiramiz. 
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shish-dan iborat aqliy 
faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko‘rinib turib-di. Analiz amaliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona ja-rayonning ikki tomonidir. Agar narsa va 
hodisalar analiz qilin-magan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz pred-metlarni, narsalarni bir butun 
holda bilish asosida amalga oshi-rilishi lozim. 
Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o‘zlashtirilishida, voqelikni to‘laroq aks ettirishida 
bir-biriga o‘xshash jihatlar tafovutini, shuningdek, bir-biridan farq qiladi-gan tomonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni 
topishdan iborat fikr yuri-tish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash — shunday bir tafakkur 
operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va 
bir-bi-ridan farqi aniqlanadi. 
Bilish obyekti hisoblangan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash-likni yoki farqni, tenglik yoki 
tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddi-yatlarni aniklashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi bi-lishning dastlabki 
va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodla-rimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlar-ni 
bildirgan edi: Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir.
Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran 
ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan ibo-rat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida 
muhim ahami-yatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim inson-larga xos bo‘lgan «go‘zallik» 
belgisini ayirib olib, ularning go‘zal-ligi to‘g‘risida emas, balki umuman go‘zallik, ya’ni estetik kategoriya 
mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi. 
Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo‘yicha yagona yunalishdagi nazariya yo‘q. Shuning uchun 
psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo‘lib o‘rganadilar.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hissiy-
konkret umumlashtirish yuza-sidan ko‘proq fikr yuritiladi.
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va 
shu umumiylik asosida ular-ni birlashtirish tushuniladi. 
Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg‘iz obyektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr 
yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol) shaklda 
ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi.
Insonning bilish faoliyatida muhim rol o‘ynovchi fikr yuritish operatsiyalaridan biri klassifikatsiyalash 
hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan 
farqqilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimi klassifikatsiya deb atala-di. Fan olamida buyuk hissa 
bo‘lib qo‘shilgan D. I. Mendeleyevning «Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin 
misoldir. Bunda olim elementlarni atom og‘irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarining bir tipligiga va boshqa belgi 
va alomatla-riga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. 
Fikr obyektiv hisoblangan narsa va hodi-salarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’luM 
tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni tartibga 
solishda muhim rol o‘ynaydi. Odatda, sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va 
obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‘rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. 
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Odatda, tushunchalar 
mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador 
tushuncha konkret tushuncha deb ataladi.
Tushunchalar ko‘lami jihatidan uch turga bo‘linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma 
tushunchalar.


Abstrakt tushunchalarning yuqorida qayd qilib o‘tilgan tushuncha-lardan farqi shuki, ular idrok yoki 
tasavvurga bevosita asoslanmay-di. Abstrakt tushunchaga misol tariqasida «qiymat» tushunchasini kel-tirib o‘tadi: 
siz har bir ayrim tovarni ushlab va qo‘lingizda aylan-tirib ko‘rishingiz, uni xohpaganingizcha ishlatishingiz mumkin, 
ammo shu tovarni qiymat tariqasida olib qaraganimizda uni aslo ushlab bo‘lmaydi. 
Tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil 
qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, 
kashf etish, ixtiro qilishda da-vom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, terminlar bunyod qili-naveradi, 
iste’moldagilari esa yangi sifat va yangi mazmun kasb etadi.
Psixologiya fanida tafakkur shakliga, topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga 
qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. 
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur. Tarixiy taraqqiyot bosqichida odamlar ijtimoiy turmushda voqe bo‘lgan 
muammolarning aksariyati amaliy yo‘l bilan hal qilingan, shuningdek, ularga nisbatan munosabat ham amaliy 
faoliyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Qadimgi avlod va ajdodlarimizda yer maydonini qadam bilan 
o‘lchash, ko‘z bilan chamalash bo‘yicha amaliy bilimlarning to‘planishi natijasida geometriya fani kashf qilingan.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish