36
Quyi budjetlarga berilgan budjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori
budjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Budjet
ssudalari bo‘yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi budjetlardan kelib tushgan summalar 052-
sonli hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun (qaytarish uchun)
o‘tkazilgan
summalar
-
ushbu
hisobvaraqning
debetida
ko‘rsatiladi.
053-sonli hisobvaraq “Respublika budjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy
davlatga ajratiladigan budjet ssudalar” Respublika budjetidan rezidentga – yuridik shaxsga
yoki xorijiy davlatga ajratiladigan budjet ssudalari, shuningdek ularni qaytarish bo‘yicha
operatsiyalar
hisobi
uchun
mo‘ljallangan.
Bunda, taqdim qilingan budjet ssudalaridan tushadigan foizlarni o‘tkazish daromadlar hisobi
bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
054-sonli hisobvaraq “Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning
ichki qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi uchun
mo‘ljallangan.
055-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning
tashqi qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi,
shuningdek Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga
oshirishda ijobiy yoki salbiy kurs farqlarini aniqlash va hisobot moliya yili mobaynida tegishli
hisobvaraqlarga kurs farqi summalarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi
uchun
mo‘ljallangan.
056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari
jamg‘armalarining Respublika Budjetidan olingan va berilgan Budjet ssudalari” Davlat
maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika
Budjetidan olingan va berilgan Budjet ssudalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun
mo‘ljallangan.
056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari
jamg‘armalarining Respublika budjetidan olingan va berilgan budjet ssudalari” Davlat
maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika
budjetidan olingan va berilgan budjet ssudalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun
mo‘ljallangan.
057-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari
jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari
jamg‘armalardan olingan va berilgan budjet ssudalari” Davlat maqsadli jamg‘armalari va
boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa
budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan va berilgan budjet ssudalari bilan bog‘liq
operatsiyalar
hisobi
uchun
mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: