“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

Интернет сайтлари: 
 
www.lex.uz
 
www.mf.uz 
www.soliq.uz 
www.gov.uz 
www.oecd.org/gov/budget/database
 
 
 
4-MAVZU: 
DAVLAT 
 
BUDJETI 
 
VA 
 
DAVLAT 
 
MAQSADLI 
JAMG‘ARMALARI BUDJETLARI XARAJATLARI KASSA IJROSI HISOBI
 
 
REJA: 
1.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari xarajatlarini kassa ijrosini tashkil 
etish 
tartibi.
2.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalar budjetlari xarajatlarining kassa ijrosi 


26 
hisobini 
hujjatlashtirish. 
3. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti xarajatlarining analitik va sintetik 
hisobi.
 
4.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari xarajatlari hisobini yuritishda 
xorij tajribasi. 
1.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari xarajatlarini kassa 
ijrosini tashkil etish tartibi.
“Budjet kodeksi”ga asosan Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ 
ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi: 
1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 
2) joriy budjet transfertlari shaklida; 
3) kapital xarajatlar shaklida: 
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga 
kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; 
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; 
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; 
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari 
shaklida; 
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari 
shaklida; 
6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari 
shaklida; 
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida; 
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. 
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga 
bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha); 
2) ijtimoiy ta’minot; 
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; 
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; 
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; 
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; 
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi 
diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; 
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini 
saqlash; 
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-
tadbirlarini amalga oshirish; 
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; 
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari; 
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi: 
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet 
tashkilotlari bo‘yicha); 
2) ijtimoiy ta’minot; 


27 
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda 
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; 
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash; 
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli 
dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari 
Davlat budjeti, jamg‘armalar budjeti, bojxona organlari depozit schyoti, shuningdek 
budjetdan moliyalanadigan tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari kassa xarajatlari 
ijrosini ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari ularning O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan 
shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldiqlari doirasida to‘lov 
topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. G‘azna hisobvarag‘idan to‘lanadigan 
budjetlarning kassa xarajatlari hisobi har bir budjetdan mablag‘ oluvchi yoki xarajatlar 
yo‘nalishi bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalarida bank ko‘chirmalari va unga ilova qilingan 
to‘lov hujjatlar asosida budjet tasnifining bo‘limlari, boblari, paragraflari va moddalari 
(xarajat turlari, ob’ekt va kichik ob’ekti) bo‘yicha ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda 
yuritiladi. 
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan 
asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Ya’ni xarajatlarning vazifa 
jihatidan tasnifi yordamida Davlat budjetidan amalga oshirilayotgan xarajatlar Davlatning 
aynan qaysi vazifasini bajarish uchun amalga oshirilayotganligini aniq belgilab olishimiz 
mumkin. 
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni 
bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va 
tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. 
Xarajatlarni iqtisodiy tasnifi O‘zbekiston Respublikasi barcha darajadagi budjetlari 
xarajatlarini xo‘jalik belgilariga, ishlab chiqarish elementlariga ko‘ra farqlashni nazarda 
tutadi, davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib 
chiqib budjet xarajatlari yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish