14
budjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan
daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek
budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda
ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan
ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya
hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar.
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan
tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va
bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika budjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy budjet ijrosi
bo’yicha, jamg’armalar budjeti, budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa
mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari
barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari
tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari
ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni
o’zida ifodalaydi
Budjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga
olish registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari;
b) budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari
kassa xarajatlari kitobi, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va
sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va
sarflanishi hisobi kitobi, budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa budjetdan tashqari
mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi; Bunda, budjetlarning g’azna ijrosi
buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat budjeti,
jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’
oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari
to’g’risidagi ma’lumot Davlat budjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va
hisobot oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va
tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank kunidan
kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari ma’lumotlari asosida aks
ettiriladi.
Hisobga olinadigan
ob’ektlarning iqtisodiy
mazmuni bo’yicha
Passiv
schyotlar
Aktiv
schyotlar
Hisobga olinadigan
ob’ektlarning nomlanishi
bo’yicha
Davlat byudjeti, DMJ,
boshqa byudjetdan
tashqari
jamg’armalar,
boshqa mablag’lari
Xarajatlar
Pul mablag’lari
Ob’ektlarni hisobda
aks ettirish usuli
bo’yicha
Analitik
schyotlar
Sintetik
schyotlar
Buxgalteriya schyotlarining
tasnifi