8.Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yichahisobotni tuzish tartibi Mazkur hisobot tashkilotlarning quyidagi budjetdan tashqari mablag‘larining harakati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun mo‘ljallangan:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining
ijtimoiy
nafaqalarni
to‘lash
uchun
mablag‘lari;
- o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar
(musiqa va san’at maktablari);
- xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan
tushadigan tushumlar;
- maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
- ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari
jamg‘armalari;
- umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan budjetdan tashqari
mablag‘lar;
- kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar;
- turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish
uchun undiriladigan to‘lovlar;
- boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi;
- budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari;
- grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari;
kreditlar.
Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur budjetdan tashqari mablag‘larining
shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to‘liqligini;
- hisob raqamlardan olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini
tekshirib chiqadilar.
“Yil boshiga mablag‘ qoldig‘i” ustuni bo‘yicha tashkilotlar hisobot shaklida keltirilgan
barcha budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan
mavjud qoldiq mablag‘larni aks ettiradilar.
“Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) – jami” ustuni bo‘yicha hisobot
shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda
hisobot davrida tashkilotning hisobvaraqlariga kelib tushgan tushumlarni aks ettiradilar.
“Xarajatlar yoyilmasi” bo‘limi bo‘yicha mazkur budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan
hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining
xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo‘yicha har bir budjetdan tashqari
mablag‘larning
turlari
bo‘yicha
alohida
holda
aks
ettiradilar.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning
10-sanasiga qadar topshiriladi.