164
hisobini yuritish va hisobotlar tuzish uchun vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash (sotib olish) tegishli moddiy-texnika bazasi
mavjud bo‘lgan hollarda tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar
to‘ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud
emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda
(satr, ustun) ustidan chizib qo‘yiladi. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan
tashqari) “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
-“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
-“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifining vazifaviy va
tashkiliy jihatdan bo‘linishi (belgilanishi) keltiriladi;
-“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy)
ko‘rsatiladi;
-“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag‘ning
manbasi O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbasi va budjetlar
darajasi tasnifining kodlari keltiriladi;
-“O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to‘liq saqlanishi lozim:
-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy
boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to‘liq aks ettirilishi;
-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob
yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo‘lishi, shuningdek
moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;
-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo‘lib xizmat qilishi.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto‘g‘ri
tuzilgan deb hisoblanadi.
Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o‘zlari ko‘rib chiqqan tasarrufdagi quyi
tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o‘zining moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar.
Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o‘sib boruvchi tartibda bitta o‘n xonali sonda ming
so‘m hisobida tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda
moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo‘lsa),
u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” ishora bilan aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e’tibor
beradigan bo‘lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o‘rinni egallaydi va budjet
tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettiradi.
Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko‘rsatkichlarni
ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa,
tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o‘zaro muvofiqligini
va
tizimliligini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: