“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Pul mablag‘lari hisobi yuritilishi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

Pul mablag‘lari hisobi yuritilishi 
G‘aznachilik organlarida
ochilgan shahsiy 
hisobvaraqlarda
 
Banklarda ochilgan 
hisobvaraqlarda


115 
yuritishni amalga oshiradigan budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun ularning shaxsiy 
xarajatlarini (shaxsiy xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy 
hisobvaraq ochiladi va xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun 
(umumiy xarajatlar smetalari asosida) alohida har bir budjet tasnifining paragrafi bo‘yicha 
shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi; 
v) kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning 
manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi, qurilishlarning titul 
ro‘yxati nusxasi (kapital qurilish buyurtmachilari uchun);
g) bir nusxada yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial tasdiqlangan moliyaviy 
hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo 
namunalari va shaxsiy hisobvaraqlar bilan muomalalarni amalga oshirishdagi tashkilotning 
muhr izi tushirilgan kartochkasi. 
Shahsiy hisobvaraq ochilgandan keyin G‘aznachilik bo‘limlariga belgilangan tartibda 
naqt pul va boshqa buxgalteriya xujjatlarini olish uchun moddiy javobgar shaxs nomiga 
ishonchnoma rasmiylashtirilib taqdim etiladi. Bu ishonchnoma berilgan shaxs nomiga 
g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan naqt pul olish uchun chek rasmiylashtirilib beriladi yoki 
g‘aznachilik bo‘limlaridan shahsiy hisobvaraqdan ko‘chirma va unga ilova qilingan 
xujjatlarni olishiga ruxsat beriladi. 
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 
414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, budjetdan mablag‘ oluvchilarni Davlat budjetidan 
xarajatlarning to‘rt guruhi bo‘yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan: 
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam 
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); 
II. Ish haqiga qo‘shimchalar; 
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli 
ro‘yxatlarga muvofiq); 
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa 
xarajatlar). 
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi 
navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga 
oshirish taqiqlanadi. 
Tegishli budjet bo‘yicha I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun g‘azna hisobvaraqlarida 
zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq 
amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi o‘rnatilgan limitlar 
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: 
- ovqatlantirish; 
- dori-darmonlar; 
- kommunal xizmatlar; 
- boshqa xarajatlar. 
Budjet hisobvaraqlardan yuqorida keltirib o‘tilgan 4 xarajat guruxi to‘lab beriladi. 
g‘aznachilik bo‘linmalari g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lov topshiriqnomalar asosida tashkilot 
va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish, kapital qo‘yilmalar va 
boshqa maqsadlar uchun to‘lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo‘yilmalar 
limitlari doirasida amalga oshiradi. 
Buning uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlar belgilangan tartibda ro‘yhatga olinadi 
va to‘lab beriladi. Budjet mablag‘lari hisobiga I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy 
majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to‘lovi uchun naqd pul mablag‘larini 
olishga so‘rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari 
asosida ro‘yxatga olinadi.


116 
Budjet tashkilot ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek xizmat safari 
xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari olishga g‘aznachilik bo‘linmasiga budjetdan 
mablag‘ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul 
mablag‘lari olishga so‘rovnoma va unga to‘ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi. 
Budjetdan mablag‘ oluvchilar naqd pul olish uchun moddiy javobgar shaxs (kassir)ga 
berilgan ishonchnomani g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar. 
Olinishi kerak bo‘lgan naqt pul g‘aznachilik bo‘limining banklardagi tranzit schyotiga 
yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lov topshiriqnomasi asosida g‘aznachilik tomonidan 
o‘tkaziladi. To‘ldirilgan chek budjet tashkiloti xodimi tomonidan bankka taqdim etiladi va 
bank tomonidan chekda ko‘rsatilgan mablag‘ to‘lab beriladi. Naqd pul berilganidan so‘ng 
reyestrning ikkinchi nusxasi (kassa chiqim jurnali) chek ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgi 
qo‘yilgan holda bank ko‘chirmasi bilan birga tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. 
G‘aznachilik bo‘linmasi bank ko‘chirmasi, reyestr va chekga asosan tegishli shaxsiy 
hisobvaraqda belgi qo‘yadi va budjet tashkilotiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma 
beradi, shu bilan birga budjet tashkiloti buxgalteriyasida keyingi hisoblarni yuritish uchun ish 
haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun berilgan 
so‘rovnomaning ikkinchi nusxasiga "TO‘LANDI" belgisini qo‘yib budjetdan mablag‘ 
oluvchiga qaytaradi. 
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi 
pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga 
oshiriladi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan pul mablag‘larini o‘tkazish quyidagi hollarda 
amalga oshiriladi: 
to‘lov topshiriqnomasida budjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-
faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to‘g‘ri ko‘rsatilganda; 
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar 
bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan budjet mablag‘lari summalari 
doirasida bo‘lganda; 
agar to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga 
olingan shartnomaga asosan, oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda, to‘lanishi 
lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmaganda; 
buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi 
hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to‘lovlarini 
o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda; 
to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada 
ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganda. 
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to‘lovi, jumladan avans to‘lovlarining to‘lanishi 
o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik 
bo‘linmalariga taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda 
to‘lov topshiriqnomasining "To‘lovchining nomi" ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi, 
"To‘lovchining hisob raqami" ustunida - g‘azna hisobvarag‘i, "To‘lov maqsadi" ustunida - 
budjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, budjet tasnifining tegishli kodi, 
to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. 
IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot yetkazib 
beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar 
bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki budjetdan 
mablag‘ oluvchilarning mahsulot yetkazib beruvchiga budjet (budjetdan tashqari) 
mablag‘larini (shu jumladan, avans to‘lovlarini) o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi boshqa 
hujjatlar asosida qabul qilinadi. 
G‘aznachilik bo‘linmasi budjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lov topshiriqnomalari 
asosida g‘azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari bo‘yicha xarajatlarni budjetdan mablag‘ 


117 
oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan budjet 
mablag‘lari limitlari doirasida amalga oshiradi. 
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi to‘lov topshiriqnomalari bilan 
quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: 
budjetdan mablag‘ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli moddalari bo‘yicha 
budjet mablag‘lari qoldiqlari summalari doirasida; 
agar to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga 
olingan shartnomaga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasidan oshmasa; 
hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar mavjud bo‘lganda va budjetdan mablag‘ oluvchining mahsulot yetkazib 
beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek budjetdan mablag‘ oluvchini mahsulot yetkazib 
beruvchiga budjet (budjetdan tashqari) mablag‘larini (shu jumladan, avans to‘lovlarini) 
o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida;
to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan mahsulot yetkazib beruvchining, shuningdek 
budjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturada 
yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mahsulot 
yetkazib beruvchining, shuningdek budjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va rekvizitlariga 
muvofiq bo‘lganida. 
Xarajat guruxlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalariga asosan to‘lovlar amalga 
oshirilgandan keyin g‘aznachilik bo‘limlari quyidagi shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ilova 
qilingan shahsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani budjet tashkilotlariga taqdim etadi. 
Budjet tashkilotlariga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan budjet mablag‘lari bo‘yicha 
shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko‘chirmalar taqdim etiladi. 
Ushbu ko‘chirmalarga asosan budjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya 
yozuvlari berilib 2- memorial order – budjet mablag‘larining xarakatiga doir jamlanma 
qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 2-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son 
shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli 
hisobot 
shakllari 
rasmiylashtiriladi
Budjet mablag‘lari bo‘yicha shahsiy hisobvaraqlarda kun oxiriga qoldiq bo‘lmaydi. Yani 
budjetdan moliyalashtirish amalga oshirilganda tegishli yozuvlar bilan 232 “Budjetdan 
moliyalashtirish” subschyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. G‘azna ijrosiga o‘tmagan 
budjet tashkilotlari budjet pul mablag‘lari bo‘yicha muomalalar banklarda ochilgan 
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqlarda ham hisoblashuvlar to‘lov topshirig‘i 
orqali amalga oshiriladi. Budjet pul mablag‘lari hisobvarag‘ida muomalalar amalga oshirilgan 
kun oxiriga hizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan hisob schyotidan ko‘chirma taqdim etiladi. 
Bu ko‘chirmaga asosan budjet tashkiloti buxgalteriyasi tomonidan tegishli yozuvlar berib 2- 
memorial order – Budjet mablag‘larining xarakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl 
rasmiylashtiriladi. 2-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal 
kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari 
rasmiylashtiriladi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish