Suhbatni doimiy saqlab turish bu oson ish emas.
Muloqotni saqlash ham shunday.
Bu har ikki tomondan ma’lum bilim va ko’nikmalarni talab etadi. Agar siz o’zingizni
ma’lum doirada begona his qilsangiz, nimalar haqida gapirishni bilmasangiz,
o’zingizning yaxshi suhbatdosh bo’la olishingizga shubha qilsangiz muloqot jonli
emas, balki rasmiy va sun’iy o’tadi.
Shu bilan birga, ba’zi odamlar o’z psixologiyasi va tarbiyasiga ko’ra muloqotni
―barbod‖ (sabotaj) etuvchilar qatoriga qo’shiladilar. Mana shunday odamlar
so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq berib
gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar. Birovlar, yoki
hodisalar tahlilida asosan tanqid ustun turadi. Ijobiy gapirish, ijobiy baho berish ular
uchun tabiiy qiyinchilik tug’diradi. Ular ko’pincha birovlarni ayblab, yoki ularga
laqab tirab, kesatib gapiradilar. Ular o’zini ―hamma ularga qarzdorday, ammo
qarzlarini qaytarmayotganday‖ tutadilar. Ko’pincha ular muhim ahamiyatga ega
bo’lgan axborotlarni yashiradilar. Ular o’zini ―ichimdagini top, agar topa olmasang,
sen aybdorsan‖ kabilida tutadilar. Ular axborot o’rtoqlashishni xush ko’rmaydilar.
Ba’zilar o’z suhbatini tergovday olib boradi. Ular so’zlari tahdid, shubha,
busaramjonlik bilan to’lgan bo’ladi. Ba’zilar esa, avval maqtab turib, so’ng biror
ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi aldanib
qolgandek xissiyot uyg’onadi. Ba’zilar nima to’g’rida gapirilsa ham, asosan maslahat
berishga o’tib ketaveradi. Kamdan kam odam o’z suhbatini hamkorlikda biror
yechimni qidirishga yo’naltira oladi. Ko’pchilik uchun o’z xissiyotlari, o’z qarashlari,
o’z fikrlari eng to’g’ri, eng aniq va eng o’ylangandek tuyuladi. Ba’zilar esa
suhbatlashishni bahs qilish, ko’p gapirish, birovlarning og’zidan so’zini olib qo’yish
deb anglaydi. Ular suhbatdoshi bilan xuddi so’zlashishida musobaqa
o’tkazayotganday o’zini tutadi. Ba’zilar esa buning aksi, birovning so’zlarini eshitish,
faqat uni tinchlantirishdan iborat deb, nuqul ―Hafa bo’lma‖, ―Asabiylashma‖,
―Hamma narsa o’tib ketadi‖ qabilida suhbat quradilar. Ammo ularning suhbatdoshiga
tinchlantirish emas, ularning so’zlari, mana shu so’zlar ortida turgan xissiyotlarni
hamdard bo’lib eshitish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlangan barcha holatlarda bir
tomon ikkinchi tomonga nisbatan ―sabotajlik‖ munosabatida bo’ladi.
95
Inson shunday tuzilganki, unga uning so’zlariga qilingan munosabat, ya’ni uning
shaxsiyatiga bo’lgan boshqa odam reaksiyasi juda muhim hisoblanadi. Muloqot
aslida faqat so’zlar orqaligina emas, balki yuqorida ko’rilgan barcha muloqot
komponentlari orqali olib boriladi. Ammo suhbat, ya’ni so’zlar eng katta axborot
almashuvga asos bo’ladi. Shu bois, siz ―sabotajlik‖ usulidan foydalangan holda
suhbat qursangiz, suhbat jarayoni har ikki tomonga ham qoniqish olib kelmasligi
mumkin. Agar siz suhbatdoshingizni asli hurmat qilmasangiz, u sizning mimikangiz,
ovozingiz, istehzoingiz orqali baribir mana shu asl munosabatni sezib, anglab turadi.
Shu bois, muloqotni barcha sanab o’tilgan xususiyatlarni nazarga olgan holda olib
borish talab etiladi. Agar siz atrofingizdagi odamlar bilan do’stona va iliq muomala
qilmoqchi bo’lsangiz, kuyidagi talablarga alohida e’tibor qaratmog’ingiz lozim:
Do’stona va iliq munosabat omillari
-
suhbatdoshingizga o’zaro tenglik tamoyili asosida muomala qilasiz, uni
suhbatdagi hamkor deb qabul qilasiz, uning maqsadlarini o’zingizga
bo’ysundirmaysiz;
-
suhbatdoshingizning o’z shaxsiy fikri mavjud bo’lishi mumkinligi huquqini
hurmat qilasiz, shu bois o’z fikringizni u albatta qabul qilishi lozimligi talab
etmaysiz, u sizning fikringizga qo’shilmasa, undan hafa ham bo’lmaysiz, chunki har
bir odamning o’z qarashi mavjud bo’lishi lozimligi tabiiy hol. Insonning
individualligi fikrlari va qarashlarida ham o’zini namoyon qiladi.
-
uning qarash va fikrlarini behurmat qilmaysiz hamda ular mavjudligi e’tiborga
olasiz. Masalan, ―Faqat ahmoqlar shunday deb o’ylashi mumkin‖, ―Sen asli aqli
pastroq odamsan-da, shunaqa xulosaga kelibsan‖, ―Xotinlarning asli aqli pastroq
bo’ladi, sendan bundan boshqa yana nimani kutardik...‖, ―Erkaklar har doim mana
shunaqa qo’rs bo’ladi, ―Siz ham odammisiz, gapga tushunadigan…‖ qabilidagi
jumlalar suhbatni keskinlashtiradi. Opponentingizning fikri noto’g’ri bo’lsa ham, bu
fikr – uning uchun o’z fikri bo’lganligi sababli qadrli ekanligin unutmaslik lozim,
unga o’z fikrini o’zgartirish uchun imkon berish dakror.
-
boshqa insonlarning o’z hayotiy tajribasi, xulosalari, qadriyatlari mavjudligini
hisobga olasiz. Har bir inson – alohida, mustaqil qadriyatdir. Fikrlar almashuvi zarur
holat, ammo fikrni majburlash, tanqid qilish, o’z fikrini ustun qo’yish orqali singdirib
bo’lmaydi.
Mana shu suhbatni ―sovuqlashtiruvchi‖ yoki ―iliqlashtiruvchi‖ omillar asosida o’z
harakatlaringizni sinab ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Tahlil nima narsalarni qilmaslik
lozimligini sizga ochiq ko’rsatadi. Inson o’z malakalarini tahlil qilishga o’tganda, u
o’z xato va kamchiliklarini tuzatishga ham o’tgan bo’ladi. Xato to’g’rilanmagunicha
xato hisoblanadi. Xato tuzatilgandan so’ng xato emas, balki yangi voqyelikka
aylanadi.
Shu bilan birga, ba’zan biz o’zimizni ham suhbat ―sabotajchisi‖ sifatida tutamiz.
Agar suhbatdoshimiz avvallari bizni hafa qilgan, bizning ko’nglimizga tegadigan gap
qilgan, yoki o’zi asli bizga yoqmaydigan odam bo’lsa, biz o’zimizni shunday
tutishimiz mumkin. Demak, bu hollarda ham bizning amallarimiz, so’zlarimiz
odamlarga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini bilish, xato holatlarning oldini
olishga teng keladi. Aslida, ―sabotajchilik‖ har ikki tomonga ham tavsiya etilmaydi.
96
Suhbat tomonlarning o’zaro munosabatini yorqin va aniq ko’rsatadigan ijtimoiy
voqyelik hisoblanadi.
Sizning suhbatdan maqsadingiz o’z suhbatdoshlaringizga o’zingiz haqidagi
ma’lum tartibda mujassam etilgan axborotlar tizimini uzatishdan iboratdir. Uning
maqsadi ham shunday. Ya’ni, ikkala tomon axborot almashuv orqali o’z
munosabatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Axborot almashuvni esa boshqa tomon
manfaatlarini buzgan holda olib borish – noto’g’ri va madaniyatsizlik alomati
hisoblanadi. Shu bois, muloqotni eng avvalgi shartlaridan biri – o’z suhbatdoshini
hurmatlash hisoblanadi.
Sizni to’g’ri va samimiy qabul qilinganingiz sizni xursand qilganidek, sizga
g’ayrli va adolatsiz munosabat sizning ko’ngligingizni og’ritadi, hafa qiladi. Sizning
fikrlaringiz, qarashlaringiz, xulosalaringiz tanqid qilanaversa, siz bunday holatlarni
o’zingizga nisbatan nohaqlik sifatida qabul qilasiz. Ammo hurmatli odam bo’lish
uchun faqat maqtovlar ichida yashash hyech ham shart emas. Odam birovlarning
maqtovi, hushomadisiz ham o’zini ulug’vor ko’rsatishi mumkinligi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |