Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo’llash borasidagi asosiy tamoyillar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo’llash borasidagi asosiy tamoyillar 
1.
Hamsuhbatingizdan qo’l cho’zgulik uzoqlikda turing. Albatta, bu uning sizga 
naqadar yaqinligiga bog’liq. Inson shaxsiy makonini besabab buzmang. 
Opponentingiz harakatlarini to’g’ri anglashga harakat qiling. Agar u shaxsiy makonni 
buzishga moyillik ko’rsatsa, shundagina unga yaqinlashing. 
2.
Sizning ovozingiz ochiq, samimiy, ishonchli, qat’iy, ammo tahdidsiz bo’lishi 
lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqqanlik, ishonch 
xislarini uzatishga sayi-harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa 
mayinlik olib kelishiga ishoning. 


92 
3.
Sizning qo’llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar 
barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo’lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar 
qo’llaringizni ko’kragangizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, ―Menga sening 
gaplaring qiziq emas, men o’zim bilaman, nima qilishni‖ degani bo’ladi. Agar 
qo’llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa qarata harakat qildirsangiz, 
qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi. Chunki, beixtiyor unga 
tegib ketishingiz mumkin.
4.
Ko’llaringiz yonga to’g’ri tushgan, oyoqlaringiz to’g’ri, gavdangiz ham to’g’ri 
bo’lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u 
yoq bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo’ling. 
5.
Hamsuhbatingizning ko’zlariga ko’zingiz to’g’ri va tik, ammo tahdidsiz 
qarasin. Gaplashayotganda hamsuhbatingizga qarama – qarshi tomonga, yoki boshqa 
xonaga qarab o’tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling. Qarshingizda turgan 
odamga ochiq nazar bilan qarang. 
6.
Hamsuhbatingiz bilan gaplashayotganda uning so’zlariga e’tiborli bo’ling. O’z 
e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing.
Odamlarning tana zabonini anglash bo’yicha ba’zi “tarjimalar” 

Agar odam sizning nima deyayotganingizni tushunmasa, u boshini bir 
yonga burib, qoshlarini taranglashtiradi, ko’pincha qoshlarini bir nuqtaga, markazga 
yaqinlashtiradi. 

Odamlar o’rtasidagi suhbatda qo’llarinigizni ko’krakda kesishtirib olsangiz, 
bu suhbatdan o’zingizni olib qochmoqchi ekanligingizni yoki o’zingizni himoyalash 
niyatigizni bildiradi. 

Sizga yoqib qolgan narsani ko’rsangiz, ko’z qorachiqlaringiz kengayadi. 

Siz kiygan kiyim siz haqingizda siz istagan axborotnigina bera oladi. 

O’z joyida tinch o’tira olmayotgan, barmoqlari yoki qalam bilan stolni 
taqillatayotgan odam o’zining asabiylashayotganini ko’rsatadi, yoki mavzu uni 
qiziktirmayotganligi, yoki uning shaxsiy makoniga ruxsatsiz kirganligingiz 
alomatidir. 

Agar ayol kishi sochlarini to’g’rilab, ularni siltab-siltab qo’ysa, demak siz 
unga yoqmoqdasiz 

Erkaklar chiroyli ayolni ko’rsalar qoshlarini yuqoriga ko’taradilar va 
ulaning kayfiyati yaxshilanadi. 

Agar odam yaxshi kayfiyatda bo’lsa va siz unga kulib qarasangiz, u ―Men 
unga yoqaman‖ deb o’ylaydi. Ammo mazkur odam yomon kayfiyatda bo’lsa-yu, siz 
haddan ziyod unga kulib qarasangiz, u ―Meni mazah qilyapti, ustimdan kulyapti‖ deb 
fikr qiladi. 

Qo’llarini cho’ntagiga solib olgan yigit, atrofdagilarga o’z mustaqilligini 
namoyon qilmoqchi bo’ladi, aslida u o’zini noqulay xis qilgani uchun va o’z 
komplekslarini (uyalyotgani, xavotiri, hayajonini) yashirmoqchi bo’lib, cho’ntakdan 
foydalanadi. 
O’z kursdoshlaringiz va do’stlaringiz hatti-harakatlarini yuqoridagi tamoyillar 
asosida baholashni boshlashdan avval, bu misollar har doim ham vaziyatga monand 
bo’la olmasligini nazarda tushing. Masalan, agar kimdir qo’llarini ko’kragida 


93 
kesishtirib turgan bo’lsa, balki u aslida sovuq qotgandir. Agar kimdir suhbatdan
oldin bir baklajka koko-kolani ichib olgan bo’lsa, balki shu sabab joyida tinch o’tira 
olmayotgandir. Agar kimdir sizga tana zaboni usulidan qanday xabar 
jo’natayotganligiga shubhangiz bo’lsa, u bilan oddiy suhbatda munosabatlaringizni 
aniqlashtirib oling. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish