Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Hamkorlik usuli – «BOYO’G’LI» 
«Men hamkorlikka doim tayyorman!» 
Siz o’z xarakteringiz, bilimingiz va o’zingizni tutishingiz bo’yicha doimo hamkor 
rolini o’ynashga tayyor odamsiz. Siz hamkorlik uchun ochiq va hozir inson 
hisoblanasiz. Shu bois, konflikt vaziyatda sizning butun diqqat–e’tiboringiz konflikt 
yechimini topshiga qaratilgan bo’ladi. Siz hyech kimni qoraralamaysiz, hyech kimni 
ayblamaysiz. Siz boshqalarning so’zlariga quloq tutasiz hamda boshqalarning his–
tuyg’ulari va ehtiyojlarini ham hisobga olasiz. Siz o’z emosiyalaringiz va 
tuyg’ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o’z hissiyotlaringizni 
to’la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, 
samimiyligingiz – hammasi konflikt yechimini topishga qaratiladi. Siz konflikt 
yechimiga qaratilgan turli fikr va yo’llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham 
adolatli yechimini topishga harakat qilasiz. Har ikkala tomonning manfaatlarini 
hisobga olish, ularning ikkalasi ham ―g’olib‖ bo’la olishi, qoniqish hosil qilishi siz 
uchun muhim. Siz umumiy ikki yoqlama foydali xukm chiqarish uchun harakat 
qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir 
necha variantlarini ishlab chiqa olasiz. Agar konflikt nazoratingizdan chiqib 
ketganligi hamda uni to’laqonli ravishda o’zingiz hal qilishga imkoniyatingiz 
yetmasligini his qilsangiz, yoki konfliktning zo’ravonlikka o’tib ketayotganligi 
anglasangiz, siz boshqalardan, ya’ni uchinchi bir tomondan yordam so’rashga doimo 
tayyor turasiz. Sizning qaroringiz kelishuvchilik, kompromiss va norozilikka rozilik 
elementlarini qamrab oladi. Siz konfliktlarni to’la yechimga olib kelishga qodirsiz. 
Usulning afzalliklari:
Odatda sizning ko’pchilik qarorlaringiz adolatli bo’ladi va 
ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch 
asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do’stlar, og’ayni-birodarlar, dugonalar ko’p 
bo’ladi. Sizga o’z xis-tuyg’ulari va sirlarini odamlar ishonadi. Siz boshqalarning 
qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan xis-tuyg’ularni 
e’zozlaysiz. Kerak bo’lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning 
xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago’ylik, mulohazakorlik kuchli 
bo’ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo’ysunadi. Siz 
o’zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo’lib umr kechirasiz. 
Usulning kamchiliklari:
Real hayotda ―boyo’g’li‖ bo’lish oson emas. U odamga 
juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to’g’ri 
keladi. Shu bois, hyech kim «boyo’g’li» bo’lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo’g’li» 
bo’lish odamdan ichki madaniyat, qadr – qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, 
mas’uliyat, jasorat va o’ziga ishonch talab etadi. Mazkur barcha xislatlarni o’zida 
tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish 
ham osonlik bilan kechmaydi. Adolat posboni bo’lishingiz hammaga ham 
yoqavermaydi, sizga qarshi bo’lganlar ham mavjud bo’ladi.


70 
Shunday qilib, konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo’lib, har bir inson o’z 
xarakteriga oid usulni qo’llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga 
o’zini yaxshi anglashi va o’z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va 
ko’maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, 
afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o’z xatti-harakatlarini tozalash 
ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi.
Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o’ziga xos malakalarni talab qiladi va 
aslida konfliktlarni boshqarish oson ish emas. Ammo konfliktlarni boshqarishga 
o’rgangan inson har doim o’z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab, 
ularning to’g’ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga 
keltira oladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish