Amalga oshirish tartibi


Elektron do‘konning ishlash va undan foydalanish tartibi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.05.2022
Hajmi0,61 Mb.
#609284
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-ma`ruza (1)

Elektron do‘konning ishlash va undan foydalanish tartibi. 
Elektron 
do‘kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron 
do‘konga qo‘yilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir. 
Ishtirokchi elektron do‘konga joylashtirilgan o‘z taklifida quyidagilarni 
ko‘rsatadi: 

taklif etilayotgan tovarning nomi; 

sotish narxi; 

tovarning eng ko‘p va eng kam to‘pi; 

tovarning rusumi va texnik parametrlari (texnik pasport yoki boshqa hujjat 
asosida); 

tovarning fotosurati; 

tovar etkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko‘rsatiladigan) 
hudud; 

tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat to‘g‘risidagi 
axborot; 

kafolat shartlari va muddati to‘g‘risidagi axborot; 

tovar ishlab chiqarilgan yil; 

tovarning yaroqlilik muddati; 

ishni bajarish, xizmatni ko‘rsatish muddati; 

zarur bo‘lganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat 
yoki sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi axborot. 
Davlat buyurtmachisi elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini 
o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va 
tovar (ish, xizmat) tanlangach, narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalanadi. 
Maxsus axborot portali avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini 
amalga oshirgan holda elektron do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish 
to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlaydi. 


Ishtirokchilar narxlar so‘rovida ishtirok etish to‘g‘risidagi taklif maxsus 
axborot portali tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida o‘z 
takliflarini berishga haqli. 
Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narxlar so‘rovida ishtirok etish 
to‘g‘risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining 
ofertasiga havolani o‘z ichiga oladi. 
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat 
buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‘yicha taklif 
kiritishga haqli. 
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash maxsus 
axborot portali tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. 
Maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan 
ijrochi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi. 
Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan davlat buyurtmachisi yoki 
ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining 
nomi g‘olib aniqlangan paytda maxsus axborot portalida aks ettiriladi. 
Maxsus axborot portali shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan 
tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda 
ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi. 
Agar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishtirokchilarning hech 
biri dastlabki taklifdan pastroq narxni taklif qilmasa, maxsus axborot portali davlat 
buyurtmachisi va ijrochi o‘rtasidagi bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi. 
Agar xarid qilish tartib-taomili yakuniga ko‘ra elektron do‘konda tovar (ish, 
xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi 
mustaqil ravishda tanlangan etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni amalga oshirishga haqli. Bunda Qonunning 43-moddasida 
belgilangan davlat xaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi. To‘g‘ridan- 
to‘g‘ri xarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan 
kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xarid uchun javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasida bo‘ladi. 
100 


Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar xaridlarni elektron do‘konda 
tartib-taomili orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga 
ishtirokchi oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi. 
Agar narx so‘rovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx 
buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo‘lsa, 
ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narxi va o‘zi tomonidan 
taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qo‘shimcha zakalatni xarid predmetining 
har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart. 
Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim 
tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi. 
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‘yicha takliflarni taqqoslash portal 
tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. 
Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan buyurtmachi yoki ishtirokchilar 
yakuniy natijalar e’lon qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va 
uning taklif qilgan narxi g‘olib aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish