Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi 
Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir
1
– deb qayd qilingan, 
Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g„oya 
Konstitutsiyada to„la o„z ifodasini topgan. 
Inson hayoti, Konstitutsiyada yashash huquqini belgilanishi va har 
tomonlama ta'minlanishi bilan kafolatlanadi. 
Konstitutsiyaning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning o„zviy 
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og„ir jinoyatdir” deb belgilangan. 
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi 
hayot kechirish bilan bog„liq bo„lganligi uchun, inson hayotiga har qanday tajovuz 
qonunga asosan jazolanadi. O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida inson 
hayotiga qilingan tajovuzlarga jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida 
kasddan odam o„ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayojon natijasida 
kasddan odam o„ldirish uchun, 99-moddada onaning o„z chaqalog„i (bolasini) 
o„ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek jinoyat 
kodeksida ehtiyotsizlik bilan odam o„ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib 


151 
odam o„ldirish uchun ham jinoiy jazo belgilangan. 
Og„ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o„lim jazosi orqali hayotdan maxrum 
qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog„liq xodisa. Bu ayrim davlatlarda 
oxirgi chora tariqasida ko„llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish 
jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu masalaga ham yondashuv o„zgarib 
bormokda. O„zbekiston XXI asrga ijtimoiy hayotning barcha sohalarini 
erkinlashtirish vazifasi bilan kirib keldi. Bu borada 2001 yil Ikkinchi chaqiriq 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 6-sessiyasida qabul qilingan “Jinoiy 
jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining 
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to„g„risidagi 
kodekslarga o„zgartirishlar va qo„shimchalar kiritish haqida”
2
gi qonun muhim rol 
o„ynaydi. 
Umuman O„zbekiston mustaqillikka erishgach, o„lim jazosini ko„llashni 
kamaytirishga harakat qildi. Mustaqillikka erishgan vaqtda Jinoyat Kodeksining 30 
dan ortik moddalarida o„lim jazosi belgilangan bo„lsa, 1994-yilda 13 ta moddada, 
1998-yilda 8 ta moddada, 2001-yilda 4 ta moddada o„lim jazosi ko„zda tutildi. 
2005-yil 28-yanvarda O„zbekiston Prezidenti, O„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi ma'ruzasida 
“Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz xal etishimiz lozim bo„lgan yana 
bir masala - bu jazolash tizimidan o„lim jazosini chiqarib tashlashdir”
3
deb qayd 
qildi. Shuni hayotga tatbiq etish uchun O„zbekiston Prezidenti “O„zbekiston 
Respublikasida o„lim jazosini bekor qilish to„g„risida”gi Farmon qabul qildi. 
Farmon asosida tegishli qonunlarga o„zgartirish kiritildi va o„lim jazosi mutlaqo 
bekor qilindi. Bu amalga oshirilayotgan ishlar bevosita insonning Konstitutsiyada 
belgilangan yashash huquqini ta'minlashni kuchaytirishga qaratilgandir. 
Insonning yashash huquqi to„la-to„kis bo„lishi uchun, yashashi, hayoti 
davomida hayotdan to„la bahramand bo„lishi va o„z imkoniyatlaridan to„la 
1
Қаранг. Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. -Т:. Ўзбекистон 1992. 39-бет.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 2001 й.
3
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 
модернизация ва ислох этишдир. -Т.; Ўзбекистон, 2005, 48-бет.


152 
foydalanishi uchun unga albatta erkinlik va daxlsizlik zarur. Shuning uchun 
Konstitutsiyaning 25-moddasida “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga 
ega. Hyech kim qonunga asoslanmagan holda xibsga olinishi yoki kamokda 
saklanishi mumkin emas” deb belgilangan. 
Erkinlik shaxsning o„z ixtiyori buyicha yashash, hayot kechirish imkoniyati 
bo„lib, faqat shaxs qonunlarga itoat etishi zarur. Mamlakatimizda har bir kishining 
erkinligi, uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta'minlanadi. Daxlsizlik degani shaxsning 
erkinligini cheklovchi kech qanday harakatlarga yul qo„yilmasligidir. Qonunda 
belgilangan asoslardan tashqari hyech kimning erkinligi cheklanishi, erkinlikka 
zarar yetkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda kishilarning erkinligini 
cheklashga yul qo„yadi. Ya'ni ular jinoiy harakat sodir etsa, yoki shunday harakat 
sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat bo„ladi. Lekin 
har qanday erkinlikni cheklash qonunga asosan va qonun vakolat bergan organlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari, ma'lum muddatga shaxslarni 
ushlab turishi, sud organlari qamoqqa olish haqida sanksiya (rozilik) berishi, va 
ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa erkinlikni cheklovchi jazolar berishi 
mumkin. 
Mamlakatimizda har bir kishini erkinligini yanada kengroq ta'minlash 
maqsadida va jahon tajribasiga tayangan holda shaxsni ushlab turish (ya'ni 
erkinligini cheklash) masalasini adolatli hal qilish uchun “Boshqa demokratik 
davlatlar kabi O„zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, 
boshqa protsessual majburiy choralarni qo„llash uchun sanksiya berish huquqlarini 
ham sudlarga o„tkazish kerak, deb o„ylayman”
1
– deb Prezident bu masalani kun 
tartibiga qo„ygan edi. Hamda shu masalani hayotga tatbiq qilish uchun 2005-yil 8-
avgustda “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqni ham sudlarga o„tkazish 
to„g„risida”
1
gi Farmon qabul qildi, va uning asosida tegishli qonunchilikka 
o„zgartirish kiritildi. Natijada shaxs daxlsizlini ta'minlash ko„chaytirildi. 
Bu masalani mohiyati to„g„risida O„zbekiston Prezident shunday degan edi: 
1
Каримов И.А. шу асар, 47 бет


153 
“Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya'ni 2008 yildan ehtiyot 
chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga 
o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi”
2


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish