§ 2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o„rni va vazifasi
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jahon miqyosida olinadigan bo„lsa –
parlamentdir. Parlament esa – qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi, shu
bilan birga vakillik hokimiyatining ifodasi hamdir.
Oliy Majlis – parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o„rnini aniqlash
1
Қаранг: Каримов И.А. шу асар, 37-бет.
362
uchun, avvalo parlamentning o„zini davlatchilikdagi, halq hokimiyatchiligini
amalga oshirishdagi rolini aniqlash, boshqacha aytganda shu haqda tassurotga ega
bo„lishi kerak.
Parlamentni vujudga kelishi – jahon davlatchilik tajribasidagi eng yirik
voqyea desa bo„ladi. Parlamentni vujudga kelishi
birinchidan,
ming yillar
davomida yashab kelgan davlat hokimiyatini bir kishi (monarx) qo„lida
to„planishiga barham berdi.
Ikkinchidan,
yakka hukmronlikni chegaraladi.
Uchinchidan
, davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirishi imkoniyatini
vujudga keltirdi.
To„rtinchidan,
hokimiyat ishlarida mamlakat aholisini
(fuqarolarini) ishtirok etishining samarali vositasi vujudga keldi.
Beshinchidan,
davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazoarti vujudga keldi.
Oltinchidan,
qonun
ishlab chiqish, qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo„ldi.
Parlamentizm vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvini eng
demokratik, davlat boshqaruvida ko„pchilikni ishtirokini ta'minlaydigan respublika
shaklini paydo bo„lishi va rivojlanishiga ta'sir qildi.
Parlamentizm vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya
qilishda yangi bosqich bo„ldi.
Shularni hisobga olgan holda har bir demokratik yo„ldan borayotgan
mamlakatlar o„z parlamentini shakllantirish, rivojlantirishiga alohida e'tibor beradi.
O„zbekistonning mustaqillikkacha bo„lgan davrini ko„radigan bo„lsak unda
oliy qonunchilik organi O„zbekiston Oliy Soveti hisoblangan. Lekin u shakli
nuqtai nazaridangina parlament (vakillik) organi bo„lib, mazmuni parlamentdan
ancha yiroq edi. Oliy Sovet vujudga kelib butun faoliyat ko„rsatgan davrda biror
marta muqobillik asosida saylov bo„lmagan. Uning vakillik xarakteri avvaldan
sun'iy ravishda belgilash asosida qurilar edi. Ya'ni uni tarkibida qancha ishchi,
qancha dehqon, qancha ziyoli, qancha ayol bo„lishi, milliy tarkibi avvaldan
belgilab qo„yilar, deputatlar mansablariga, lavozimiga qarab o„rnga ega bo„lar edi.
Oliy Sovet mustaqil hyech narsani hal qilolmas, faqat markaz manfaatiga mos
qonunlar qabul qilar yoki partiya ko„rsatmasi, irodasini qonunga aylantirar edi.
O„zbekiston parlamentga mustaqillik tufayli erishdi. Parlament tashkil
363
qilinishida O„zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasi “O„zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo„linishi prinsipiga asoslanadi” qoidasiga to„la amal qilishga va Oliy Majlisning
faoliyatini Konstitutsiyaviy asosda tartibga solishda alohida e'tibor berildi.
Konstitutsiyaning beshinchi bo„limidagi XXII bob “O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi” – deb nomlanib, uning moddalari Oliy Majlis
faoliyatini tartibga soladi.
Oliy Majlis – O„zbekiston O„zbekiston Respublikasi Parlamenti bo„lib,
qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga u oliy davlat vakillik
organidir.
Konstitutsiyaning 76-moddasida “O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
oliy davlat vakillik organi bo„lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”
– deyilgan.
Eng avvalo Oliy Majlis davlat organi. Uni davlat vakillik organi deb
yuritilishining sababi, u xalq vakillaridan iborat.
Oliy Majlis ikki palatadan, Qonunchilik palatasi – quyi palata, Senat yuqori
palatadan iborat.
Oliy Majlisning palatalarini tashkil bo„lishi, ularning a'zolarini tarkibini
ko„radigan bo„lsak ular aholining keng qatlamlarini vakili ekanligiga guvoh
bo„lamiz. Oliy Majlis palatalarining deputat va senatorlari orasida erkaklar va
ayollar, turli yoshdagi kishilar, turli kasb egalari, olimlar, turli partiya vakillari
borligini ko„ramiz. Ular halqning ishonch bildirgan va halqdan vakolat olgan
kishilardir. Ular Oliy Majlis palatalarida halq nomidan ish ko„radi. Shuning uchun
Oliy Majlisni davlatning vakillik organi deb qonunda belgilab qo„yilgan.
Oliy Majlis – vakillik organi sifatida qonunchilik hokimiyatini amalga
oshiradi. U mamlakatda yagona qonunchilik organi. Oliy Majlis qonunchilik
organi sifatida qonunlarni qabul qiladi, ularga o„zgartirish kiritadi va zarur hollarda
amaldagi qonunlarni bekor qiladi. Qonun qabul qilish bilan ular mamlakat ijtimoiy
hayotining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oliy Majlisni Konstitutsiya va qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi deb
364
belgilanishi, uning vazifasi faqat qonun qabul qilish bilan cheklandi degan
xulosani keltirib chiqarmaydi. Respublika Oliy Majlisi ham butun dunyodagi
parlamentlarga xos boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
O„zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlarini
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish.
2)
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining
tizimini, vakolatlarini belgilash.
3)
Davlat organlarining mansabdor shaxslari, a'zolarini tayinlash,
saylashda ishtirok etish.
4)
Mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish, ularni respublika
tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini
hal qilish.
5)
Qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimiyatini
(hukumat) faoliyati ustidan nazorat o„rnatish.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlanib borishi ijro hokimiyati
faoliyati ustidan vakillik hokimiyati, ya'ni parlament nazoratini kuchaytirishni
taqozo etmoqda.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bu masalaga alohida e'tibor
berilgan edi. Shu asosda Konstitutsiyaga kiritilgan o„zgartirishlar esa vakillik
hokimiyatining hukumat faoliyati ustidan nazoratini, hukumatni, Bosh vazirni
parlament oldida mas'uliyatini yanada kuchaytirishni ko„zda tutadi. Bu masalalar
xususida keyingi bandlarda alohida to„xtalib o„tamiz.
Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o„rnini aniqlaganimizda uning
qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishi, shu tufayli boshqa har qanday
hokimiyat organlarining faoliyatini belgilash, boshqa organlarni tuzishda ishtirok
etish, ijro hokimiyatining parlament oldida mas'uliyatligiga e'tibor berishimiz
lozim. Ana shu narsalar Oliy Majlisni boshqa hokimiyat tuzilmalariga nisbatan
365
ta'sirchan vositalarga ega hokimiyat tarmog„i ekanligini ko„rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |